9-Mavzu: Insonfalsafasi(Falsafiyantropologiya) Mavzu rejasi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana03.12.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1801280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
9-MAVZU

Biologizatorlik 
konsepsiyalari.Biologizatorlikkonsepsiyalarining 
tarafdorlari 
insonni uning tabiiy, biologik asosidan kelib chiqib tushuntirishga harakat qiladi
XVIII asr oxirida jamiyat hayotiga ayrim odamlarning o‘z mavjudligi uchun kurash 
maydoni sifatida qarashni taklif qilgan T.Maltus nazariyasini bunday 
tushuntirishga bo‘lgan birinchi jiddiy urinish deb hisoblash mumkin. Maltus 
fikricha, bu kurashda kuchlilar g‘olib chiqadi, kuchsizlar esa halok bo‘lishga 
mahkumdir. Mazkur kurashga tabiiy omillar turtki beradi. Xususan, aholi soni 
geometrik progressiya bo‘yicha ko‘payib boradi, tirikchilik vositalari taklifi esa 
faqat arifmetik progressiya bo‘yicha o‘sadi, bu esa muqarrar tarzda ocharchilik
epidemiyalar, urushlar va boshqa ijtimoiy tangliklarga olib keladi. Mazkur 
omillarga 
Maltus 
kuchlilarning 
yashab 
qolishini 
ta’minlovchi 
ijtimoiy 
munosabatlarning «tabiiy», muqarrar va hatto zarur tartibga solish vositalari 
sifatida qaraydi.
Demografik muammolarning echilmagani, shuningdek ular XX asrda yanada 
keskinroq tus olishi shunga sabab bo‘ldiki, Maltus g‘oyalari neomaltuzchilar deb 
nomlangan o‘z davomchilarini topdi va topishda davom etmoqda.
Biologizatorlik yondashuvlari XIX va XX asrlar chegarasida Darvinning tabiiy 
tanlanish haqidagi ta’limotini mutlaqlashtirib, nafaqat insonning kelib chiqishi, 
balki uning mohiyatini, pirovard natijada esa – butun ijtimoiy munosabatlar 
tabiatini tushuntirishga harakat qilgan sotsial-darvinistlarga ham xosdir. Hozirgi 
vaqtda bu yo‘nalishni odamlarga ham, hayvonlarga ham teng darajada xos bo‘lgan 
irsiyatga urg‘u beruvchi sotsiobiologiya davom ettirmoqda. Sotsiobiologlar fikriga 
ko‘ra, inson xulq-atvori ham, hayvon xulq-atvori ham irsiy omillar bilan belgilanadi 
va hech kim o‘z irsiyati ta’sirini – u xoh yaxshi bo‘lsin, xoh yomon – engishga qodir 
emas. 


Inson tabiati xususida shunga o‘xshash qarashlarga ayrim odamlarning boshqa 
odamlardan ustunligini faqat ularning «oliy» yoki «past» irqqa mansublik belgisiga 
ko‘ra e’lon qiluvchi irqchilik konsepsiyalarida ham duch kelish mumkin. Bu, 
xususan, «irqiy tozalik» uchun kurash olib borgan va «irqiy tanlanish»ni amalga 
oshirish g‘oyasini faol ilgari surgan fashistik mafkurada ayniqsa bo‘rtib namoyon 
bo‘ladi. Mazkur g‘oyalar zamirida asosan XIX asr oxiri – XX asr boshlarida keng 
tarqalgan «inson irsiyatining oliy sifati»ga qanday vositalar bilan va qay tarzda 
erishish mumkinligi haqidagi ta’limot – evgenika yotadi.
XX asr boshlarida bu ta’limot shu darajada keng tarqaldiki, ayrim mamlakatlarda 
davlat siyosati bilan uzviy bog‘landi. Xususan, 1920-1930-yillarda Daniya, 
Shvetsiya va Norvegiyada jamiyatda tabiiy tanlanishni ijtimoiy mustahkamlovchi 
irqiy qonunlar qabul qilindi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling