3- mavzu Jamiyat Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Download 16.55 Kb.
|
8-sinf huquq. 3-mavzupdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiyat
- Abu Ali ibn Sino (980 -1037)
3- mavzu Jamiyat Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar 1. Siz jamiyat deganda nimani tushunasiz? 2. O‘zingizni jamiyat a’zosi deb hisoblaysizmi? 3. “Jamiyat” va “jamoa” tushunchalari orasidagi farqni qanday izoh laysiz? 4. Rasmlarda tasvirlangan odamlarning barchasini jamiyat a’zolari deb atashimiz mumkinmi? Bunda ayrim odamlarning chet el fuqa rolari bo‘lishi mumkinligini ham e’tiborga oling. 5. Rasmlarga qarab, ularda tasvirlangan har bir shaxsni tavsifl ab be rish ga hara kat qiling. Bunda ular orasidagi umumiyliklar va farqlarni alohida ko‘rsating. 6. Chaqaloq tug‘ilganida biz odatda, “jamiyatning yangi a’zosi dun yoga keldi”, – deb aytamiz. Bu e’tirof qanchalik to‘g‘ri? Fik ringizni asoslang. 16 Siz “jamiyat” so‘zini hayotda ko‘p bora eshitgansiz. Masalan, ko‘p gina fi r ma larning nomi yoniga “mas’uliyati cheklangan jamiyat” deb yozib qo‘ yil gan bo‘ladi. Bunday fi rmalarni bir necha kishi birgalikda tadbirkorlik faoliyati yuritish maqsadida tashkil qiladi. Ya’ni ular birgalikda faoliyat yuritish maqsadida kichik jamiyat tuzadilar. “Iste’molchilar jamiyati”, “Ko‘zi ojiz lar jamiyati”, “Faylasufl ar jamiyati” kabi atamalar ham qulog‘ingizga cha lingan bo‘lishi ehtimol. Bu jamiyatlarga o‘z navbatida iste’molchilar o‘z huquq larini birgalikda himoya qilish maqsadida, ko‘zi ojizlar birgalikda ish lab chiqarish yoki ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish maqsadida, faylasuf olim lar falsafa sohasidagi murakkab savollarga birgalikda javob topish, ham korlikda ilmiy izlanish olib borish maqsadida birlashadilar. Mana shu atalgan jamiyatlarning qay birini olmang muayyan odam lar ja mo asi muayyan maqsadlarni amalga oshirish maqsadida o‘zaro bir lashgan li gini ko‘ramiz. Lekin bu jamiyatlarning har biri tor ma’nodagi jamiyatga mi sol bo‘la oladi. “Jamiyat” atamasining keng, to‘la ma’nosini o‘rganish uchun yana sizning hayotingizdan misol keltiramiz. Kattalar sizga yoki o‘rtoqlaringizga “o‘sib, ulg‘ayib tinch farovon jamiyatimizning munosib a’zosi bo‘lib kamolga yetgin” degan tilaklar bildirganligining ko‘p marta guvohi bo‘lgansiz. Xo‘sh, bu holda qanday jamiyat haqida so‘z bormoqda? Siz bilan biz ay nan mana shu siz-u biz, katta-yu kichik barchamiz a’zosi bo‘lgan keng ma’nodagi jamiyat bilan tanishamiz. Eng qadimgi zamonlarda — ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar orasi da o‘ziga xos qoidalar mavjud bo‘lgan. Odamlar ilk bora to‘da, urug‘ jamoa lari va qabilalarga birlashganlarida o‘zlariga yo‘lboshchi, urug‘ bosh lig‘i va qabila boshliqlarini tayinlaganlar. Mehnat qurollarining takomil lashuvi jarayoni mehnat taqsimotini keltirib chiqargan va odamlar orasidagi tabaqalashuvga olib kelgan. Shuning uchun ham asosiy maqsadi va
Har qanday jamoa ham jamiyat bo‘lavermaydi. Lekin istalgan jamiyat jamoa hisoblanadi. Jamiyat murakkab jonli tuzilma bo‘lib, muttasil o‘zgarib, rivoj lanib turadi. Jamiyatni tashkil qiluvchi odamlar ko‘p yoki kam, boy yoki kambag‘al, teng huquqli yoki teng huquqli bo‘lmagan, o‘xshash yoki har xil bo‘lish la ridan qat’i nazar muayyan jamiyatning a’zolari hisoblanadilar. Ya’ni jamiyat inson siz, inson esa jamiyatsiz mavjud bo‘la olmaydi. Jamiyat – arabcha so‘z bo‘lib, jamoa, jamlangan, birlash gan de gan ma’nolarni bildiradi. Jamiyat – muayyan hududda yashovchi, o‘z ehtiyoj va man faat lariga ko‘ra birlashgan kishilardan iborat jamoa. Jamiyat turli odamlarning oddiy guruhi yoki jamoasi emas. Jamiyat – murakkab ijti moiy tuzilma. U – odamlarning o‘zaro munosabatlari, aloqalari mahsuli. Odam larning hayotini, eng avvalo, ishlab chiqarishni, turmush farovonligini ta’minlovchi iste’mol buyumlari yaratish va ularni o‘zaro ayirboshlash bilan bog‘liq muayyan mushtarak faoliyat zaminida kechadi. Boshqacha aytganda, jamiyat biologik qonunlar emas, balki odamlarning ijtimoiy qonunlari ustuvor bo‘lgan, muayyan shakllangan mushtarak birligidir. mash g‘uloti xususiy mulkchilik munosabatlari va mulkdorlar manfaatini muho faza qilishdan iborat bo‘lgan kishilarning maxsus guruhlari vujudga kelgan.
Mana shu vujudga kelgan guruhlar yoki kishilar jamoasi keng ma’nodagi ja mi yatning ilk, eng sodda ko‘rinishidir. Jamiyat birgalikdagi hayotiy faoliyatlari jarayonida birlashgan odamlar ning muay yan murakkab tuzilmasidir. Bu tuzilma unga kirgan a’zo lar, ya’ni odam larning oddiy guruhi yoki to‘plami emas, balki muayyan qoidalar ga asosan bir lashgan jamoasidir. Odamlar o‘z iste’moli uchun kerak li ash yolarni tay yorlab, ishlab chiqarib oladilar va o‘zlari yashashlari uchun za rur bo‘lgan ijti moiy shart-sharoitlarni ham o‘zlari yaratadilar. Inson jami yat a’zosi bo‘lar ekan shu ijtimoiy shart-sharoit og‘ushida yashaydi.
1. Jamiyatga berilgan quyidagi uchta ta’rifni o‘qing va: 1) ular o‘rtasidagi farqlarni toping; 2) ulardagi umumiy jihatlarni ifodalang; 3) nima uchun jamiyatga uch xil tarzda ta’rif berilgan deb o‘ylaysiz? A) Jamiyat — ma’lum hududda yashovchi o‘z manfaatlarini birgalikda himo ya qilish va ehtiyojlarini birgalikda qondirish uchun birlashgan kishi larning jamoasi. B) Jamiyat — mavqei, ijtimoiy kelib chiqishi va qiziqishlariga ko‘ra bir lashgan kishilar doirasi. D) Jamiyat — biror bir maqsad yo‘lida doimiy harakatdagi tashkilot. 2. Quyida qayd etilgan elementlardan
– Xalq, iqtisod, madaniyat, davlat, g‘oya, huquq, qonun. Javobingizni asoslang. Bunda jamiyatga beril gan har xil ta’rifl arga murojaat qiling. Rasmdagi odamlar guruhini jamiyat deb atasak bo‘ladimi? Nima uchun? 19 Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar 1. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar qanday kun kechirganlar? 2. “Har qanday jamiyat jamoadir” degan fi krni asoslab bering. 3. “Har qanday jamoa ham jamiyat bo‘la olmaydi” degan fi krni asoslab bering. 4. Jamiyat uchun iqtisodiy munosabatlarning qanday ahamiyati bor? 5. O‘zingizning jamiyatdagi rolingizni kuchaytirish uchun kelajakda nimalarga erishishni istar edingiz? 6. “Jamiyatni boshqaruvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi” degan mulohazaga siz qanday qaraysiz? Fikringizni asoslang. 7. “Jamiyat – ijtimoiy munosabatlar majmui, yig‘indisi”, – degan e’tirof zamirida nimalar yotibdi deb o‘ylaysiz? 5-6 kishidan bo‘lib guruhlarga bo‘- l i ning. 1. Shaklni har bir guruh alohida tahlil qilsin. 2. Har ikki doiraning bir-biri bilan kesishishi nimani anglatadi? 3. Uchchala doiraning bir-biri bilan birdaniga kesishishi-chi? 4. Har bir guruh chizmadan foydalanib “jamiyat” atamasiga ta’rif berishga harakat qilsin. Download 16.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling