Tadbirkorlik shakllari va tadbirkorlik faoliyati


Download 6.76 Kb.
Sana13.07.2023
Hajmi6.76 Kb.
#1660076
Bog'liq
1543468284 68431

Kichik biznes va xususiy tadborkorlikning faoliyati va shakllari

Reja:

  • 1.Tadbirkorlik turlari va shakllari
  • 2.. Tijorat tadbirkorligi
  • 4. Moliyaviy tadbirkorlik
  • 5.Konsultativ tadbirkorlik
  • 6.Konsalting firma tomonidan mijozlarni jalb etish usullari

Tadbirkorlik turlari va shakllari

  • Barcha ko‘rinishdagi tadbirkorlik faoliyatlari turli belgilariga qarab toifalarga ajratiladi: xususan, faoliyat turi, mulkchilik shakli, mulkdorlar soni, tashkiliy-iqtisodiy shakllari, yollanma mehnatdan foydalanish darajasi va hokazolar bo‘yicha. Bulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Turi yoki qo‘llanilishi bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatlari - ishlab chiqarish, moliyaviy, tijorat-konsultativ va boshqa turlarga bo‘linadi. Bular barchasi birgalikda yoki alohida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.

Bu borada, odatda, muhim tadbirkorlikka oid qarorlar (masalan, yangi mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish) har doim oliy boshqaruvchilar tomonidan qabul qilinsada, bu quyi guruhlar albatta, ishtirok etadi.

  • Bu borada, odatda, muhim tadbirkorlikka oid qarorlar (masalan, yangi mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish) har doim oliy boshqaruvchilar tomonidan qabul qilinsada, bu quyi guruhlar albatta, ishtirok etadi.

Tijorat tadbirkorligi

  • Tovar birjalari. Tijorat tadbirkorligi bilan shug‘ullanuvchi-larning faoliyati tovar birjalari va savdo tashkilotlari bilan bog‘liqdir.
  • Tovar birjasi - ulgurji tovar bozorining shunday ko‘rinishiki, unda xaridor oldindan tovar namunasi bilan tanishmagan bo‘ladi. Tovar birjasida tijoratchi vositachilar va birja xizmatlari savdo-sotiq ishlarini birgalikda ishlab chiqilgan tartibga asosan amalga oshirish maqsadida ixtiyoriy birlashadilar.

Taklif qilinayotgan biznes-reja bilan amalga oshiriladigan ichki xo‘jalik mexanizmi quyidagilardan iborat:

  • 1. Bozorni tahlil qilish. Agrosanoat majmui korxonalarining rivojlanish tendensiyalari, potensial raqobatbardoshlar, potensial isge’molchilar.
  • 2. Tadbirkorlik loyihasining mohiyati. qishloq xo‘jalik mahsulotlari va xizmat turlari, ma’muriy va ishlab chiqarish personali, tadbirkor va uning sheriklari haqida ma’lumotlar.
  • 3. Ishlab chiqarish rejasi. qishloq xo‘jalik ekinlari agro texnikasi, pudratchilar xizmati, yer va suv resurslari, ishlab chiqarish obyektlari va ishlab chiqarish salohiyati, qishloq xo‘jalik texnikasi, ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash materiallari, o‘g‘it va boshqa materiallar yetkazib beruvchilar.
  • 4. Marketing rejasi. Narxlar, sotish kanallari, realizatsiya muddatlari, yangi mahsulot prognozi, maqsadli ko‘rsatkichlar.
  • 5. Tashkiliy reja. Mulk shakli, mulk va yer paylari, korxona muassislari va ishtirokchilari, boshqaruv organlari, ularning funksiyalari va soni, tashkiliy struktura, mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash shakli, ichki xo‘jalik bo‘linmalari va ularning o‘zaro munosabatlari.
  • 6. Xavf-xatarni baholash. Korxonaning ojiz tomonlari, muqobil strategiyalar. :
  • 7. Moliya rejasi. Daromadlar va harajatlar, pul tushumlari va chiqimlar, balans, o‘z-o‘zini qoplash nuqtasi, mablag‘lar manbalari va ulardan foydalanish.

Moliyaviy tadbirkorlik

  • Tijorat banklari. Yuqorida biz tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar tijorat banklari va fond birjalari bilan bog‘liq holda ish olib boradilar degan edik. Bozorning bu institutlarining mohiyati nimada?
  • Tijorat banki — pul omonatlarini (depozit) qabul qilish va mi-jozlar topshirigiga ko‘ra boshqa hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish ishlari bilan shug‘ullanuvchi, asosan tijorat tashkilotlariga haq to‘lash asosida kredit beruvchi aksiyadorlik ko‘rinishidagi moliya-kredit muassasadir. Tijorat bankining daromad manbai - depozit va qarz mablag‘larning foiz stavkalari o‘rtasidagi farqdir.

Konsultativ tadbirkorlik

  • Konsultativ xizmat moqiyati va bosqichlari. «Konsultant» lotincha so‘z bo‘lib, maslahat beruvchi ma’nosini anglatadi. Bu so‘z orqali ma’lum soha bo‘yicha maslaxat beruvchi mutaxassis tushuniladi. Chet el amaliyotida boshqaruv masalalari bo‘yicha pulli maslahat berish konsalting deb nomlanadi. Iqtisodiyot va boshharuv Yevropa Federatsiyasi konsultantlar Assotsiatsiyasining ta’biricha:

Konsalting xizmati bir marotabalik og‘zaki maslahatlar ko‘rinishida berilishi mumkin. Lekin ko‘p hollarda bu maslahatlar konsalting loyihalari ko‘rinishida berilib, o‘zida quyidagi bosqichlarni aks ettiradi:


muammolarni aniqlash (diagnostika);
qaror va loyihalar ishlab chiqish;
qaror va loyihalarni amalga oshirish.

Konsalting firma tomonidan mijozlarni jalb etish usullari

  • Konsalting xizmati bozorining o‘ziga xos xususiyati shundaki, tadbirkorlikning bu turi bilan shug‘ullanuvchi firma «o‘z tovarining namunasini», «xizmat namunasini» ko‘rsatish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun bunday firmalar oldida turgan, mijozlarni jalb etish masalasi, o‘ta muhimdir.
  • Mijozlarni jalb etish usullari turlichadir. Bularga: o‘z imkoniyatlarini reklama qilish, mijozlarni vositachilar orqali jalb etish, oldingi buyurtmachilar tavsiyasidan foydalanish kabilar kirishi mumkin.

Download 6.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling