9-Mavzu: Insonfalsafasi(Falsafiyantropologiya) Mavzu rejasi


Insonnning bioijtimoiymohiyati


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/18
Sana03.12.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1801280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
9-MAVZU

Insonnning bioijtimoiymohiyati. Falsafiy antropologiya echadigan muhim 
muammolar orasida inson biologik va ijtimoiy mohiyatining o‘zaro nisbati 
to‘g‘risidagi masala alohida o‘rin egallaydi. Inson jonli tabiatning bir qismi, 
shuningdek biologik evolyusiya mahsuli ekanligi hozirgi zamon tabiatshunosligi 
fanida nafaqat olimlar va mutaxassislar, balki ma’rifatli odamlarning keng doirasi 
uchun ham aniq-ravshan va deyarli shak-shubhasiz dalilga aylandi. Har bir inson 
o‘z biologik xususiyatlari: genetik kodi, vazni, bo‘yi, mijozi, terisi va sochining 
rangi, yashash muddati va shu kabilarga ko‘ra betakrordir. Biroq ayni vaqtda inson 
ijtimoiy mavjudot ekanligi, uning o‘ziga xosligi va betakrorligi odamzotning 
ijtimoiy tabiati, u kamol topgan, ta’lim-tarbiya olgan, madaniy va axloqiy 
qadriyatlar va mo‘ljallarni o‘zlashtirgan ijtimoiy muhit bilan belgilanishi ham shak-
shubhasizdir.
Ayni shu sababli inson individi nafaqat biologik, balki ijtimoiy mavjudot sifatida 
ham o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Boshqacha aytganda, insonning kamol topishi 
jamiyatda va faqat jamiyatda yuz beradi.
Insonni tushunishda dualizm va monizm. Odamlar o‘rtasidagi biologik va ijtimoiy 
farqlarni va ularni betakrorligini tan olishdan inson tabiatining yaxlitligini 
tushunishga nisbatan ikki muhim yondashuv: dualistik va monistik yondashuvlar 
kelib chiqadi.
Qadim zamonlarda vujudga kelgan insonga nisbatan dualistik yondashuv shundan 
iboratki, odamzot, bir tomondan, moddiy organizmdan, boshqa tomondan esa – 


mustaqil mohiyat sanaladigan va bu organizmni boshqaradigan nomoddiy jondan 
tashkil topgan mavjudot sifatida qaraladi. Bu yondashuv, masalan, boqiy g‘oyalar 
dunyosida yashaydigan o‘lmas jon inson tug‘ilayotgan paytda uning tanasiga xuddi 
zindonga tushgandek kirib o‘rnashadi, uning o‘limidan keyin esa vujudni tark etib, 
yana g‘oyalar dunyosiga qayta, deb hisoblagan Platon falsafasida ayniqsa bo‘rtib 
namoyon bo‘ladi. Jonlarning o‘lmasligi g‘oyasi Sharq falsafiy an’anasiga ham 
xosdir.
Hozirgi olimlarning aksariyati qo‘llab-quvvatlaydigan inson talqinining monistik 
konsepsiyasi inson ruhiyati, uning tuyg‘ulari, fikrlari, emotsiyalari va kayfiyati 
inson organizmining tarkibiy qismi sanalgan bosh miya nerv hujayralari hayot 
faoliyatining mahsulidan o‘zga narsa emas, degan tushunchadan kelib chiqadi. Bu 
yondashuv tarafdorlarining fikriga ko‘ra, ruhiy hodisalar qandaydir nomoddiy 
asosga ega, deb hisoblash uchun etarli dalillar mavjud emas, shu sababli ruhiyat 
tabiatini tushuntirishda inson organizmida yuz beradigan moddiy jarayonlar 
chegarasidan chetga chiqishning hojati yo‘q.
Shunday qilib, tavsiflangan muammo inson o‘z tabiatiga ko‘ra faqat biologik 
mavjudotmi yoki faqat ijtimoiy mavjudotmi, degan masala bilan bog‘lanmaydi. U, 
hech shubhasiz, ham biologik, ham ijtimoiy mavjudotdir.
Ammo bu ikki asosning o‘zaro nisbati qanday, ularning biri ikkinchisidan 
ustunroqmi va inson mohiyatini nima belgilaydi – bu endi qizg‘in bahs-
munozaralar predmetidir. Mazkur masalalar hanuzgacha o‘zining uzil-kesil 
echimini topgani yo‘q, hozirda mavjud turli biologik, psixologik va falsafiy 
maktablar bu savollarga har xil javoblar beradi.
Yuqorida zikr etilgan muammoning echimiga nisbatan mavjud yondashuvlar 
orasida insonning bioijtimoiy tabiatini tushunishga nisbatan qarama-qarshi nuqtai 
nazarlar ifodasi sanalgan biologizatorlik va sotsiologizatorlik konsepsiyalari 
alohida o‘rin egallaydi. Bunda ularning har biri boshqasini butunlay rad etmaydi


ammo insonning muayyan bir (biologik yoki ijtimoiy) tabiatini ustunroq qo‘yadi 
yoki hatto mutlaqlashtiradi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling