9 mavzu: ishchi joylar tashkil qilish reja


 Elektr montaj ishlarini bajarishga tayyorlash


Download 28.86 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi28.86 Kb.
#1543249
1   2   3   4
Bog'liq
9 MAVZU

1.2. Elektr montaj ishlarini bajarishga tayyorlash 

 
Elektr montaj ishlarini bajarishdan oldin quyidagi tashkiliy ishlar bajarilishi 
kerak: 

- buyurtmachi muhri bilan tasdiqlangan “ishni bajarishga” texnik-loyiha 


hujjatlarini pudratchi olgan bo„lishi kerak; 
- yetkazib beruvchi, korxona va pudratchi bilan kelishib texnologik ketma-
ketlikni hisobga olib jihozlar keltirilish jadvalini etkazuvchi korxona, shaxsan shef 
montaj vakili bilan o„zaro munosabatda bo„lib montajda murakkab elektr jihozlar 
sonini yirik va og„ir-murakkb elektr asbob-anjomlar montaj joyiga etkazish 
shartlari kelishib olinadi; 
- mehnat himoyasi bo„yicha tashkiliy qoidalari va bajarilishi ko„zda tutilgan 
me‟yorlari va elektr jihozlar akt bo„yicha qurilish ob‟ektining bo„laklari montajga 
qabul qilish amalga oshirilgan yong„inga qarshi atrof muhitni himoyasi amalga 
oshiriladi. 
Elektr ta‟minot tizim jihozlarini montajga qabul qilishda uni qarab chiqish 
olib boriladi. Ishlab chiqarish korxona kafolat muddati amaldaligi va hamma 
narsalar borligi tekshiriladi. Tekshirish natijalari kerakli akt bilan hujjatlashtiriladi. 
Elektr jihozlar montajida tekshirish olib borilmaydi. Texnik shartlar yoki 
soha standartlarida va davlat qo„llanmalarida bu ko„zda tutilgan bo„lgan 
hollardagina va yana korxona ko„rsatmasi buzilib uzoq vaqt saqlangan hollarda 
tekshirilishi mumkin.
Shakli o„zgargan va shikastlangan elektr jihozlar shikastlangan joylari va 
nuqsonlari bartaraf qilinganidan keyingina montajga olinadi. 
Saqlanish muddati tugagan elektr jihozlar va asbob-anjomlar davlat 
standartlarida yoki texnik shartlarda ko„rsatilishiga ko„ra montajga, faqat montaj 
oldi tekshirish ishlari o„tkazilib nuqsonlari to„g„rilanib va sinov natijalariga binoan 
yaroqli deb hisoblangach qabul qilinadi. 
Bajarilgan ishlar natijalari, elektr jihozlar pasporti va boshqa hujjatlariga 
tuzatish kiritilib kerakli akt tuziladi va bajarilgan ishlar ko„rsatiladi. 
Elektr montaj ishlari boshlanishidan oldin ochiq taqsinlash qurilmalar 
(TQ)larda bosh pudratchi rejalashtirilgan ishlarnii tugatishi kerak, ob‟ektni yer osti 
yo„llari, kabel kanallari, shinalarini o„rnatish va elektr asbob-anjomlar 
fundamentlarini qurish, TQ atrofini to„siqlash, shikastli maydon, yer osti ob‟ektlari 

va moy yig„ish idishlarini tayyorlash ishlari tugallanishi kerak. Izolyator 


shodalarini va asbob-anjomlarni mahkamlash uchun kabel kanallarida va 
tunellarda o„rnatish detallari kabel konstruksiyalarini mahkamlash uchun 
o„rnatilishi kerak. Bino ichida va ob‟ektlarda elektr asbob-anjomlarni montajga 
topshiriladigan ishni boshqaruvchi yoki to„g„ridan to„g„ri qurilishni bajaruvchi 
tomonidan doimiy chuqurlar arxitektorlik–qurilish chizmalarida ko„zda tutilganlari 
tagliklar devordagi teshiklar va qoplamalardagi elektr tarmoqlarida nazorat 
kabellarini joylashtirish va elektr asbob-anjomlarni siljitish uchun kerakli bo„lgan 
ishlar bajarilgan bo„lishi kerak.



Download 28.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling