9-mavzu Islom dini asoslari (3-ma`ruza )
Islom dinining marosimlari
Download 34.42 Kb.
|
9-mavzu (1)
Islom dinining marosimlari
Islomning boshqa dinlardan keskin farqi unda g‘oyat ko‘p marosimlar mavjudligi bo‘lib, marosimlar asrlar bo‘yi xalq ommasi hayotiga keng singib ketgan, barchani o‘z ta’siriga olgan, jamotchilik fikri va ijtimoiy psixologiyaga ta’sir qilib, turmush tarzi belgilangan, tartib-intizomga solib, odamlarni kollektivchilik, hamkorlikka o‘rgatgan, ulardan ma’lum darajada vaqt va sarf-harajat sarflashni talab etgan, musulmonlarning dunyoqarashi va iymon-e’tiqodini kengaytirib borgan. Islom marosimlari muayyan demokratik harakterga ega, ya’ni ularga rioya qilishda jamiyatdagi turli tabaqa, sinf va guruh, boylaru kambag‘allar birdek huquqqa va majburiyatga egalar, ammo imkoniyatlar darajasi turlicha. M a r o s i m l a r : Islom marosimlari o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra umumbashariy, umummilliy, oilaviy turli mazhab va yo‘nalishga xos bo‘lib, shodiyona yoki marsiyaviy harakterda bo‘ladi. Islom marosimlari majburiy, majburiy bo‘lmagan guruhlarga ajraladi: A) majburiy, ya’ni «farz» hisoblangan marosimlarga kalimai shahodat keltirish, namoz o‘qish, ro‘za tutish, zakot to‘lash, hajga borishlar kirib, ular rukn hisoblanadi va arkoni-din deyiladi; B) majburiy bo‘lmagan marosimlar «sunnat» deyiladi, ularga nikohdan o‘tish, o‘g‘il bolalarni sunnat qildirish (qo‘lini halollash), qurbonlik, mavlud, ashurlik, xatmi-qur’on, vafot etganlarni eslash uchun uch, yetti, yigirma, qirq, yil muddatlarini o‘tkazish va h.k. Musulmonlar uchun umumiy majburiyat, bajarmasa gunoh va jazoga loyiq deb hisoblangan marosimlar: har bir musulmon «fotiha» surasidagi 7-ta oyatni dilda aytib, iymon keltirishi, ya’ni «kalimai shahodat» orqali o‘zining Alloh bandasi va Muhammad payg‘ambarning ummati ekanini yodda saqlab, unga amal qilishi talab etiladi. Bu musulmonchilikning asosiy talabi bo‘lib, boshqa marosimlarning barchasi uning o‘rnini bosa olmaydi; Namoz - ikkinchi asosiy marosimdir. Musulmonlar har kuni besh vaqt namoz o‘qishlari shart. Namozlar: (1) Bomdod. (2) Peshin. (3) Asr. (4) Shom (5) Xufton. Namoz o‘qish uchun tahorat qilingan bo‘lishi shart, toza joy va joynamoz (yoki toza biror narsa, masalan, chopon) bo‘lishi kerak. Namoz o‘qiydigan shaxs pok va aql-xushida bo‘lish ham shart, ammo kayfi bor, tahorati buzilgan kishilar namoz o‘qishi mumkin emas. Namoz o‘z uyida, masjidda, jome’ masjidida juma namozlarida kollektiv bo‘lib o‘qiladi. Namozning ehtiyoti peshin, tavoruh, janoza kabi turlari ham mavjud. Og‘ir bemorlar, o‘zini o‘zi eplay olmaydigan qariyalar namoz o‘qishdan ozod etilganlar. Hojatga borishlik, badandan qon yoki yiring oqishi, qusmoq, mast bo‘lmoq, uxlamoq, xushdan ketmoq, yel qo‘yib yuborishlik, namozda qattiq ovoz chiqarib kulishlik, gumon qilishlik kabi holatlarda tahorat buzilgan hisoblanadi. Namoz vaqtlari va rakatlari
Ro‘za va ro‘za hayiti - islomning yana bir farz maro-simidir. Ro‘za tutish ham barcha musulmonlar uchun majbu-riy. Undan emizadigan yosh bolali onalar, og‘ir bemorlar, safarda yurgan kishilar, aqli-hushi o‘zida bo‘lmagan shaxslar ozod etiladi. Ro‘za tutish - Qur’onning vahiy qilinishi boshlangan Ramazon oyida 30 kun davomida bajariladi. Ro‘za tutish («og‘iz boylash») erta saharlik boshlanib to kechki iftor-likkacha davom etib, shu vaqt mobaynida ovqat yetmaslik, suv ichmaslik, nos, papiros, nasha kabilarni chekmaslik, cho‘mil-maslik shart. Ro‘za oyida iftorlik ziyofatlari xonadonlarda o‘tkaziladi, unda faqat ro‘za tutganlar qatnashmog‘i kerak. Ro‘za kunlari jamoat bo‘lib qo‘shimcha tavoruh namozi ham o‘qiladi. 30 kun ro‘za tutish tugagach, ro‘za hayiti o‘tkaziladi. Bu hayit umumxalq bayrami bo‘lib, unda arafalik qilinadi, hayit namozi o‘qiladi, vafot etgan avlodlar qabrlari ziyorat qilinadi, «yangi hayit» marosimi o‘tkaziladi va h.k. Ro‘za Allohga iymon-e’tiqod kuchaygan, Qur’on tilovatlari ko‘pay-gan tabarruk kunlar hisoblanadi. Mustaqil O‘zbekistonda ro‘za hayiti kuni bayram sifatida nishonlanib, dam olish joriy etildi. Prezidentimiz bu kuni dindorlarni muborak ro‘za hayiti bilan qizg‘in tabriklaydi. Ro‘za o‘g‘il bolalarga 12 yoshdan, qizlar uchun esa 9 yoshidan tutish buyurilgan. Ro‘za jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirishga yordam berishi mumkin; Zakot - islom farzlaridan biri. U diniy ahamiyatga ega bo‘libgina qolmay, balki muhim ijtimoiy ahamiyatga ham egadir. Zakot - bu musulmonlarning boyliklardan faqiru miskinlarga berilishi shart bo‘lgan Allohning haqqi. Islom ta’limotiga binoan sadaqa, ya’ni xayru-ehson ikki xil bo‘ladi: ixtiyoriy va majburiy. Zakot berilishi shart bo‘lgan majburiy sadaqa hisoblanadi. Zakot sadaqagina bo‘lib qolmasdan, balki u ibodatdir. Har bir musulmon ibodat qilmasligi mumkin bo‘lmaganidek molu dunyosi ma’lum miqdorga yetgach Islom ahlining zakot bermaslikka hech bir haqqi yo‘q. Zakotni inkor qilgan shaxs islom dinidan chiqqan bo‘ladi, ammo uni farz ekanini e’tirof etsayu, lekin amalda bajarmagan bo‘lsa gunohkor bo‘ladi. Zakotni balog‘at yoshiga yetgan (18 yoshga to‘lgan), hur va ozod kishilar, aqli hushi joyida, mol-dunyosi, ya’ni jamg‘armasi nisob miqdoriga yetgan va u shaxsiy mulk bo‘lsa, 12 oy ichida biron marta ham kamayib qolmasa, egasining kundalik ehtiyojlaridan ortiq bo‘lsa, ana shunday shaxs zakot to‘laydi. Nisob - zakot berilishi shart bo‘lgan mollarning o‘lchov miqdori bo‘lib, u mollarning turiga qarab turlicha bo‘ladi. Download 34.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling