9-Mavzu: Jamiyat va tarix falsafasi Reja


Download 108.5 Kb.
bet5/12
Sana16.06.2023
Hajmi108.5 Kb.
#1500657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Falsafa 9-mavzu

Siyosat. Jamiyatni boshqarishni amalga oshiruvchi davlat faoliyati va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va muassasalarning o‘z ijtimoiy muhim manfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchun xalq hokimiyati institutlaridan foydalanish borasidagi faoliyati siyosat sohasini tashkil qiladi. Davlat siyosatining asosiy vazifasi – jamiyatning yaxlitligini ta’minlash, aholini jipslashtirish, qarama-qarshi manfaatlarni ilgari suruvchi ijtimoiy birliklar va guruhlarning munosabatlarini oqilonalashtirish, mazkur vazifalarni hal qilish uchun huquqdan foydalanishdir. Davlat jamiyatning xo‘jalik, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jabhalarini mazkur jamiyat normal faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan darajada tartibga soladi.
Partiyalar va harakatlar siyosatining asosiy vazifasi – xalq hokimiyati institutlariga izchil ta’sir ko‘rsatishdir. O‘z siyosati bilan ular hokimiyat tuzilmasini yaratishda ishtirok etadilar, ularni qo‘llab-quvvatlaydilar yoki vayron qiladilar. Jamiyat rivojlanishining inqirozli davrlarida siyosatning asosiy vazifasi – hokimiyat uchun kurashish va uni turli ijtimoiy guruhlar o‘rtasida taqsimlashdan iborat. Shunday qilib, siyosat boshqaruvchilar va boshqariluvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa shakli sifatida amal qiladi. Davlat va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar faoliyati huquq bilan, shuningdek jamiyatda hukm suruvchi odatlar va an’analar bilan tartibga solinadi.
Siyosat – ongli yoki stixiyali harakatlar sohasi. U ijtimoiy guruhlar o‘z manfaatlarini, hokimiyat esa – o‘z siyosiy vazifasini anglab etishini nazarda tutadi. Siyosiy jarayon mazmuni va yo‘nalishi asosan fuqarolarning siyosiy mentaliteti bilan belgilanadi. Shu sababli siyosiy ong siyosiy tizimning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. U fuqarolarning hokimiyat institutlari bir-biri bilan jamiyat va davlatni boshqarishda o‘z ishtirokiga doir aloqalari haqidagi hissiy va oqilona, qadriyatlarga doir va normativ, oqilona va intiutiv tasavvurlarini qamrab oladi. U fuqaro o‘zining muayyan guruhga mansubligini va bundan kelib chiqadigan manfaatlarni anglab etishini, hokimiyatga, o‘z fuqarolik maqomiga, o‘z huquqlari, erkinliklari va burchlariga nisbatan siyosiy nuqtai nazarini anglab etishini nazarda tutadi. Siyosiy ong ijtimoiy guruhlarning manfaatlarini va ularning ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari tizimidagi ahamiyatini anglash sifatida mafkurani o‘z ichiga oladi. Siyosiy mafkura nazariy, dasturiy-siyosiy va empirik darajalardan tarkib topadi. Xususan, empirik daraja jamiyatning ayrim guruhlari siyosiy dasturlarni qay darajada o‘zlashtirganini tavsiflaydi. Siyosiy psixologiya siyosiy ong elementi sifatida ommaning siyosiy xulq-atvorini, ularning kayfiyati, mo‘ljallari va odatlarini tavsiflaydi. Ijtimoiy guruhlarning siyosiy psixologiyasi ommaning siyosiy xulq-atvorida onglilik va stixiyalilikning, oqilona va nooqilona harakatlarning o‘zaro nisbati bilan ajralib turadi.
Siyosiy ong ommaning siyosiy xulq-atvoriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. U stixiyali tarzda shakllanishi ham, izchil shakllanishi ham mumkin. Shu sababli davlat o‘z vazifalariga mos keladigan siyosiy ong shakllanishidan manfaatdor. Siyosiy ongning shakllanishida ommaviy axborot vositalari ayniqsa muhim rol o‘ynaydi. Ular «to‘rtinchi hokimiyat» deb nomlanishi bejiz emas.

Download 108.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling