9-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy faoliyati tahlili
Download 325.82 Kb. Pdf ko'rish
|
9-mavzu. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING MOLIYaVIY FAOLIYaTI TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktseptli-rambursli kreditning
- qarz foizi yoki kreditning foiz stavkasi
Firmaviy kredit – bu bir mamalakat firmasi tomonidan ikkinchi mamlakatdagi
firmaga berilgan kreditdir. Uning eng keng tarqalgan turi – bu eksportyorning importyorga tovarlarni to’lov muddatini kechiktirish asosida sotishga asoslangan kreditdir.
beriladigan kreditlar. Agar eksport qiluvchi import qiluvchining to’lovga qobilligiga shubxa qilsa yoki to’lov yig’indisini tezda olishni xohlasa, ushbu kreditdan foydalaniladi.
uchinchi mamlakat banki tomonidan aktseptlanadi va importyor vekselda ko’rsatilgan yig’indini aktseptlangan bankiga o’tkazadi. Ma’lumki, xususiy banklar ham halqaro tashkilotlar (Halqaro valyuta fondi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo rivojlanish banki va boshqalar) kabi halqaro kreditlar beradilar. Ammo ularning kreditlarning berish shartlari bir-birinikidan jiddiy farq qiladi. Bu farqlar quyidagilardan iborat: - halqaro tashkilotlar, odatda, uzoq muddatli kreditlar beradi. Xususiy banklar esa, asosan qisqa muddatli kreditlar berish bilan shug’ullanadi; - halqaro tashkilotlar beradigan kreditlarning foiz stavkasi kichik. Odatda, yiliga 7- 9%ni tashkil qiladi. Xususiy banklarniki esa nisbata yuqori, ko’pchilik hollarda 18-20%dan iborat bo’ladi; - halqaro tashkilotlar iqtisodiyotni barqarorlashtirish dastur-lari asosida kredit beradi. Bunda aniq dasturlar ularning ekspertlari tomonidan ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari halqaro tashkilotlar kredit oluvchi mamlakatlardan ma’lum ko’rsatkichlarga – byudjet defitsitini yalpi milliy mahsulotga nisbatan ma’lum nisbatini, inflyatsiyaning oylik darajasi va hokazolarga rioya etilishini talab qiladi; xususiy banklar esa, bu taxlitdagi dasturlarga, ko’rsatkichlarga rioya qilishni talab etmaydi; - xususiy banklar beradigan halqaro kreditlar hajmida ta’minlangan kreditlarning salmog’i katta bo’ladi. Halqaro tashkilotlarning kreditida esa aksincha, ularning salmog’i, odatda, kichik bo’ladi. Kredit jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini pullarga ehtiyojmand bo’lgan sub’ektlar o’rtasida taqsimlaydi. Bu taqsimlash jarayoni qayta taqsimlash deyiladi, chunki bu mablag’lar moliya kategoriyasi yordamida birlamchi taqsimlash jarayonidan o’tgan mablag’lardir. Bizga ma’lumki, moliya kategoriyasi yordamida milliy daromad dastlabki taqsimlanganda to’rt yirik qismga bo’linib ketadi: - moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lgan xodimlarning ish haqi; - moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning foydasi; - banklar bergan kredit uchun foiz stavkasi; - yer egalarining yer rentasi. Bu pul mablag’lari banklarning kredit resurslari uchun manba hisoblanadi. Masalan, ish haqini olaylik, korxonalarda ish haqi, odatda, oyiga 2 marta to’lanadi. Ish haqiga mo’ljallangan mablag’lar ishlatilgunga qadar kredit berish maqsadlariga ishlatilishi mumkin. Yoki korxonalar foydasi hisobidan tashkil etiladigan fondlarni olaylik. Ular ham kredit resursi sifatida ishlatiladi. Kreditning asosiy sharti – bu qarz uchun haq to’lash. Bu haq qarz qilingan summaga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Qarz foizi pul bozorida amal qiladi. Bozorga chiqarilgan pulning narxi foiz bo’ladi. Boshqa tovarlardan farqliroq, qarz pulining narxi – bu uning ma’lum to’lov ehtiyojini qondirish xossasidagi foydalanganlik uchun beriladigan haq bo’ladi. Qarz puli kapital sifatida yoki odatdagi to’lov yoki harid vositasida ishlatiladi. Mana shuning uchun ham qarzdor shaxs pul egasiga foiz stvakasini to’laydi. Foiz stavkasi oldindan belgilanadi. Kreditning foiz stavkasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
KFS = KF / KM * 100; Bu yerda, KFS – kreditning foiz stavkasi, %; KF – qarz foizi, so’m; KM – qarz miqdori, so’m. Kreditlarning foiz stavkasi mamlakatning ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi. Halqaro kreditlarning foiz stavkasi esa jahon ssuda kapitallari bozorida aniqlanib, bu bozorlarning asosiy qismi London, Tokio, Nьyu-York, Frankfurt, Parij va Bryussel shaharlarida joylashgan. Kreditlarning foiz stavkasi turli omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Bu omillarning asosiylari quyidagilardir: Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, ya’ni bozorda qanday mikdorda qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday mikdorda qarzga beriladigan pul chiqarilgan. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif tushsa, u kamayadi.
Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi, aniqrog’i shu pulning iste’mol qiymati. Qarz puli tadbirkor uchun ko’p foyda keltirsa yoki iste’molchi ehtiyojini to’laroq qondirsa, foiz yuqori bo’ladi, aks holda u pasayib ketadi. Bunda pulni hozir ishlatishdan tegadigan naf taqqoslanadi. Download 325.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling