9-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy faoliyati tahlili
Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi
Download 325.82 Kb. Pdf ko'rish
|
9-mavzu. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING MOLIYaVIY FAOLIYaTI TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasodifiy xarajatlar (tabiiy ofatlar natijasida kelib chiqadigan xarajatlar).
Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi: a) to’g’ri va egri moddiy xarajatlar; b) to’g’ri va egri mehnat xarajatlari; v) boshqa to’g’ri va egri xarajatlar. Ma’lum davrdagi xarajatlar: a) sotish bilan bog’liq xarajatlar; b) boshqarish bilan bog’liq xarajatlar (ma’muriy xarajatlar); v) boshqa jarayonlar bilan bog’liq xarajatlar. Moliyaviy faoliyat bilan bog’liq xarajatlar: a) foizlar bo’yicha xarajatlar; b) xorijiy valyutalar bilan bog’liq operatsiyalarda kurslarning salbiy farqi; v) qimmatbaho qog’ozlarni qayta baholash; g) moliviy faoliyat bilan bog’liq boshqa xarajatlar.
Korxonalarning xo’jalik faoliyatining yuritishi davomida kelib tushadigan daromadlari o’z xususiyatlariga ko’ra quyidagicha guruhlanadi va u hisobotlarda quyidagi asosiy bo’limlar bo’yicha aks etadi: - sotishdan tushgan sof tushumlar; - asosiy faoliyat sohalaridagi boshqa daromadlar (operatsion daromadlar); - moliyaviy faoliyat sohalaridagi daromadlar; - tasodifiy daromadlar. Sotishdan tushgan sof tushumlar – mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumlardan, qo’shimcha qiymat solig’i, aktsiz solig’i, eksport solig’i (sotib oluvchi tomonidan beriladigan ayrim skidkalar) va boshqa to’lov hamda ajratmalarni olib tashlagandan keyin qolgan qismi sifatida hisoblanadi. Korxonalarning eksport faoliyati bilan bog’liq operatsiyalardan tushgan foyda va daromadlarni hisoblash, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumlar hajmini aniqlash kabi belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Asosiy faoliyat sohalaridagi boshqa daromadlar (operatsion daromadlar) hisobot bo’limining «Boshqa daromadlar va tushumlar» moddasida ko’rsatiladi. Ushbu daromadlarga: - xo’jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun turli xildagi sanktsiyalar, jarimalar, penyalar, shuningdek, keltirilgan zarar va kamomadlarni qoplash; - hisobot yilida, o’tgan yildagi daromadlar va foydalarni hisoblash natijasida topilgan summa;
- mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish yoki ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog’liq bo’lmagan boshqa daromadlar, ya’ni renta daromadlari, xizmat ko’rsatish tarmoqlaridan tushgan daromadlar, korxona tizimidagi oshxonalar va kafelar hisobidan kelib tushadigan tushumlar; - asosiy fondlar va korxonaning boshqa mol-mulklarining faoliyatidan kelib tushadigan moliyaviy daromadlar kiradi. Moliyaviy faoliyat sohalaridagi daromadlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: - royalti (litsenziya bitimida ko’rsatilgan narsadan foydalanish huquqi uchun sotuvchiga vaqt-vaqti bilan pul o’tkazib turish) va transferta (egasining nomi yozilga n qimmatbaho qog’ozlarni bir kishi nomidan boshqa kishiga o’tkazish) kapitallarini to’plash; - korxona tizimida faoliyat ko’rsatayotgan tarmoqlarning qim-matbaho qog’ozlarga qo’shgan ulushlaridan kelib tushadigan dividendlar hisobidagi daromadlar; - valyuta schyotlari bo’yicha kurslar farqining ijobiy saldolari; - sho’’ba korxonalarning qimmatbaho qog’ozlarga sarflangan mab-lag’larini qayta baholash hisobidan kelib tushadigan foydalar va boshqalar. Tasodifiy foyda yoki daromadlar – xo’jalik faoliyatini yurgizish davomida ko’zda tutilmagan tasodiflar, hodisalar, e’tiborga olinmagan jarayonlar va voqealar tufayli vujudga keladigan daromadlardir. Bularga, asosiy faoliyat yurgizish davomida ifodalangan hisobotlarda aks yetgan boshqa daromadlar bo’limi moddasidagi daromadlar kiritilmaydi. Xo’jalik faoliyatini yuritish davomida korxonalar o’z mablag’lari darajasini aniqlashi va nazorat qilishi muhim o’rin tutadi. CHunki mulkiy javobgarlik, tuzilgan kontraktlar va shartnomalar asosida kelib chiqadigan o’zaro kelishmovchiliklar yoki muammolar mana shu mulkka bo’lgan egalik huquqlari bo’yicha kafolatlanadi. Mulkiy javobgarlik, mulk shaklidan qat’iy nazar, faqat korxonaning o’z mablag’lariga quyilishi mumkin. O’z mablag’larning mikdori buxgalteriya balansi ma’lumotlariga asosan aniqlanadi. Mulk formalaridan qat’iy nazar, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisobida bo’lgan o’z mablag’lari summasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: O’mab. = BV – (M + Mmaj.o’s. – Mmaj.so’n.) – Ddeb.qarz. – Z;
Bunda:
BV – balans valyutasi summasi; M – uzoq muddatli va qisqa muddatli majburiyatlar passivini ikkinchi va uchinchi bo’limlari; Mmaj.o’s. – majburiyatlarning o’sishi – oxirgi hisobot davri uchun balans ma’lumotlari bilan taqqoslaganda kontrakt imzolagan kunga qarz olingan va jalb qilingan mablag’lar; Mmaj.so’n. – kontraktni imzolash sanasi va oxirgi hisobot davri uchun balansni tuzish sanasi o’rtasidagi davrda majburiyat-larning so’nishi; Ddeb.qarz. – da’vo qilish muddati tugagan debitorlik qarzlari; Z – zararlar summasi.
Download 325.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling