Davlat krediti. Banklar davlatga ham qarz beradi. SHu bilan birga undan qarz ham
oladi. Bunda davlat krediti paydo bo’ladi. Qarz va uning foizi byudjet hisobidan
qaytariladi. Davlat krediti sharoitida qarz beruvchilar kamdan-kam hollarda banklar
bo’ladi. Ko’pincha bu vazifani aholi, firma, korxona va tashkilotlar bajaradi.
Davlat qarzni turli shaklda, avvalo, davlat zayomlari shaklida oladi. Zayom davlatning
qarzdorlik guvohnomasi bo’lib, u qarzni vaqti kelganda qaytarib olish va foiz to’lashni
kafolatlaydi. Zayomlarni markaziy va mahalliy xokimiyatlar chiqaradi. Zayomlar qarz haqi
to’lash jihatdan foiz to’lanadigan, yutuq chiqadigan, ham yutuq, ham foiz beriladigan va
ba’zan, foizsiz ham bo’ladi.
Kredit munosabatlarida davlat faqat qarzdor vazifasini o’tamay, qarz beruvchi rolini
ham bajaradi. Davlat o’z mablag’lari hisobiga bankda qarz fondini tashkil etadi, xazinadan
qarz ham beradi. Xazina qarzi davlat byudjetidan korxona, firma va tashkilotlarga ularning
moliyaviy sanatsiyasi uchun sarflanadi. Mazkur qarz ham ma’lum muddatga, qaytarib
berish va foiz to’lash sharti bilan beriladi. Ammo foiz g’oyat imtiyozli bo’ladi va daromad
olishni ko’zlamaydi. Davlat o’z qarzidan voz kechishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |