9-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy faoliyati tahlili
Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan
Download 325.82 Kb. Pdf ko'rish
|
9-mavzu. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING MOLIYaVIY FAOLIYaTI TAHLILI
9.2. Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan
ta’minlash shakllari
Kichik biznesni kredit bilan ta’minlash deganda, bu ularga pul yoki tovar shaklidagi vositalarni ma’lum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi. Kredit munosabati ikki sub’ekt biri – pul egasi, ya’ni qarz beruvchi; ikkinchisi – pulga muhtoj, ya’ni qarz oluvchi o’rtasida yuzaga keladi. Kredit, tovar va pul ko’rinishidagi mablag’larni qaytarib berish, muddatlilik va foiz to’lash shartlari asosida berish natijasida yuzaga keladi. Kredit berilish muddatiga ko’ra, uch turga bo’linadi: 1. Qisqa muddatli kreditlar (muddati bir yilgacha bo’lgan kreditlar). 2. O’rta muddatli kreditlar (muddati bir yildan uch yilgacha bo’lgan kreditlar). 3. Uzoq muddatli kreditlar (muddati uch yildan ortiq bo’lgan kreditlar). Halqaro kreditlar berilish muddatiga ko’ra birmuncha farq qiladi. Bunda bir yildan besh yilgacha muddatga berilgan kreditlar o’rta muddatli, besh yil va undan ortiq muddatga berilgan kreditlar uzoq muddatli kreditlar deb hisoblanadi. Kredit va moliya tushunchalari o’rtasida bir tomondan, umumiy-lik bo’lsa, ikkinchi tomondan, farqli jihatlar mavjud. Agar moliya barcha xo’jalik sub’ektlarining o’ziga tegishli pul mablag’lari xususidagi aloqalarni anglatsa, kredit, bundan farqliroq, o’zga mulki bo’lgan pulni qarzga olib ishlatish borasidagi munosabatlarni bildiradi va bozor munosabatlarining bir elementi hisoblanadi. Moliya bilan kreditning umumiyligi shuki, ularning har ikkalasi ham pul mablag’lari yuzasidan bo’lgan munosabatlarni jamlash va ishlatish usulining har xil bo’lishidan kelib chiqadi. Moliyada o’z mulki bo’lgan pul resurslarini xohlagan vaqtda, xech bir xarajatsiz ishlatishi mumkin. Kredit esa o’zgalar pul mablag’i-ni haq to’lagan holda vaqtincha ishlatib turish va muddati kelganda qaytarib berishni anglatadi. Kredit tovar-pul munosabatlariga xos bo’lgan va pul harakatini bildiruvchi kategoriyadir. Kredit sub’ektlari har xil bo’lishi mumkin. Bularga korxona, firma, tashkilot, davlat va turli toifadagi aholi kiradi. Kredit ob’ekti – bu har qanday pul emas, balki faqat vaqtincha bo’sh turgan, berilishi mumkin bo’lgan pullar va tovarlardir. Bo’sh pul uch xil bo’ladi: - tadbirkorlar yoki katta puldorlar qo’lidagi pul, ya’ni kapital; - aholi qo’lidagi pul – ertami-kech ehtiyojni qondirish uchun to’plangan pul, egasi qo’lida kapital emas, balki iste’molni qondirish vositasi; - davlat ixtiyoridagi pul. Bu pul ham kapital (davlat korxonasi uchun), ham umumiy iste’mol pulidir. Qayd qilingan bo’sh pullar ssuda fondini (qarz fondini) tashkil etadi. Bo’sh pulllar quyidagi manbalardan kelib chiqadi: - amortizatsiya pulining muddati tugagunga qadar to’planib borishi. Ammortizatsiya puli har yili ajratiladi va u bir necha yildan keyin ishlatilishi sababli ma’lum davr bo’sh turadi; - ishlab chiqarishni o’stirish uchun foydadan investitsiya puli muqim ajratib boriladi, lekin bu pulni ma’lum miqdorda yig’ilgandan so’ng investitsiya qilish mumkin; - xom ashyo, yoqilg’i va materiallar uchun oldin sarflangan pul tovar sotilishi bilan egasiga qaytib beriladi, lekin ularni yangidan sotib olish shu vaqtning o’zida yuz bermaydi. Ammo bu mablag’lar dastlab joriy schyotga kelib tushadi. Bu resurslar depozit qilib rasmiylashtirilgindan keyingina kredit resurslari sifatida hisobga olinadi; - foydadan ajratilgan ijtimoiy fondlar pulining kelib tushish vaqti bilan ishlatish vaqti ham to’g’ri kelmaydi, natijada pul bo’sh qoladi;
- ish haqi pulining kelib tushishi va sarflanishi bir vaqtda yuz bermaydi. Ma’lumki, tovar sotilgach, pul tushib turaveradi, ish haqi har kuni emas, har 15 kundan so’ng beriladi. Natijada, ish haqi fondining puli ham bo’sh turishi mumkin; - fuqarolarning iste’molchi sifatida karilikni ta’minlash, qimmatbaho tovar olish, sayohat qilish yoki katta marosim o’tkazish uchun jamlangan puli bo’ladi, u yetarli mikdorga borguncha, yoki ishlatish fursati kelguncha bo’sh turadi; - davlat byudjetiga pul daromadlarining kelib tushishi va ularning sarflanishi ham bir vaqtda yuz bermaydi; - turli-tuman xayr-ehson va sug’urta pullarining hosil bo’lishi va ishlatilishi ham turli vaqtda yuz berganidan, uning bir qismi sarflanmay, bo’sh turib qoladi. Xullas, jamiyatdagi pul resurslari harakatining notekis bo’lishi, bir qism pulning bo’sh qolib, qarz fondiga aylanishi uchun imkon beradi. Kredit to’rt xil vazifani bajaradi:
Download 325.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling