9-mavzu. Korxona qudratini boshqarish


Download 51.76 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi51.76 Kb.
#1404680
  1   2   3   4
Bog'liq
9-MAVZU. KORXONA QUDRATINI BOSHQARISH


9-MAVZU. KORXONA QUDRATINI BOSHQARISH

9.1.Korxona qudratini boshqarish texnologiyasining bosqichlari


9.2. Korxona qudratidan foydalanish dinamikasi va samaradorligining tuzilishini, uning bozordagi ulushini baholash
9.3.Korxona qudratini raqobatbardoshligini baholash
Tayanch iboralar: korxona, tashkilot, muassasa, tadbirkorlik faoliyati, korxona salohiyati, resurslar, xodimlar,rahbar, raqobat


9.1.Korxona qudratini boshqarish texnologiyasining bosqichlari

Har qanday tadbirkorlak faoliyatining muvaffaqiyati ko’proq xorijiy biznesda menejmentnig tarkibiy elementi bo’lgan korxona (bu yerda korxona ostida firma, kontsern, kompaniya, aktsiyadorlik jamiyati, kooperativ, ijara, kichik korxona va biznesning boshqa birliklari tushuniladi) xodimlarini boshqarishning to’g’ri tanlangan strategiyasiga bog’liq. Strategiyani tanlash o’z navbatida bir necha omillarga bog’liq: korxona salohiyati qanday hajmiga ega; korxona salohiyatining raqobatbardoshligi darajasi qanchalik yuqori; bozordagi uning ulushi qanday va u yetakchimi, raqibmi yoki orqada qoluvchimi; korxona o’zining oldiga qanday maqsadlar qo’ygan – yetakchilikni mustahkamlash, yetakchilar safiga kirish, “o’rtada” mustahkamlanish yoki inqirozdan qochish. Korxona qo’yilgan maqsadlarga ko’ra bozordagi hulqning u yoki bu strategiyasini tanlaydi. Bunda korxona salohiyatini boshqarish texnologiyasining o’zi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:



  • korxona salohiyatidan foydalanish dinamikasi va samarador- ligining tuzilishini, uning bozordagi ulushini baholash;

  • korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholash;

  • korxona salohiyati rezervlari va yo’qotishlarini tahlil qilish;

  • korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha strategiya va taktikani tanlash;

  • tanlangan strategiya va taktikadan kelib chiqqan holda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha tadbirlarni o’tkazish.

SHunday qilib, bozor sharoitlarida korxona salohiyatni boshqarish, mohiyatiga ko’ra, uning raqobatbardoshligini boshqarish (korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshiruvchi yoki pasaytiruvchi omillarni baholash va tahlil qilish, u yoki bu mo’ljallangan maqsadga erishish uchun tegishli strategiya va taktikani tanlash)dan iborat bo’ladi.To’g’ri strategiyani tanlash uchun menejerga hammadan avval iqtisodiy salohiyat nimadan iborat ekanligini bilish darkor.
Har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati – bu korxona ixtiyorida bo’lgan resurslar (mehnat, moddiy, nomoddiy, moliyaviy va boshqalar)ning majmuasi va uning xodimlari va menejerlarining tovarlar, xizmatlarni yaratish va kattaroq daromad olish maqsadida resurslardan foydalanish qobiliyatidir. Korxonaning iqtisodiy salohiyati to’rtta asosiy alomatlar bilan ta’riflanadi.
Birinchi alomat. Korxonaning iqtisodiy salohiyati – uning iqtisodiy faoliyatning u yoki bu sohasidagi haqiqiy imkoniyatlari bidan belgilanadi. Buning ustiga nafaqat amalga oshirilgan, balki qandaydir sabablar bo’yicha amalga oshirilmagan imkoniyatlar ham.
Ikkinchi alomat. Har qanday korxonaning imkoniyatlar ko’proq unda mavjud bo’lgan resurslar va ishlab chiqarishda ishga tushirilmagan rezervlar (iqtisodiy, sotsial)ga bog’liq. SHuning uchun korxonaning salohiyati yana ham ishlab chiqarishga jalb qilingan va ham jalb qilinmagan, ammo unda foydalanish uchun tayyorlangan resurslar va rezervlarning hajmi bilan belgianadi.
Uchinchi alomat. SHaxsiy va xorijiy tajriba bizni ishontirishicha, har qanday biznesda muvaffaqiyat uchun resurslarga ega bo’lish zarur, ammo hali bu yetarli emas. Biz resurslarning hajmi bo’yicha AQSH bilan tenglasha olishimiz va hatto undan ustun kelishimizdan qanday ma’no bor! Ishlab chiqarish natijalarichi? Amerikaliklar va bizning turmush darajamizchi? Bu qanchalik siyqa bo’lib yangramasin, yana mavjud resurslardan foydala- nishni bilmoq kerak. Bu esa – har qanday biznesda birinchi darajali vazifadir. Menejer shuni esdan chiqamasligi kerakki, korxonaning salohiyati nafaqat unda mavjud bo’lgan imkoniyatlar va resurslar bilan, balki uning ulardan tovarlar , xizmatlarni yaratish va kattaroq foyda olish maqsadida foydalanish qobiliyatilari bilan ta’riflanadi.

Download 51.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling