9-Mavzu: Litosfera. Yer po’stining tuzilishi


Download 10.58 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi10.58 Kb.
#1494389
1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu Umumiy Yer bilimi

A) – Yer po’sti. Eng yuqori qatlam. Yer po’sti Yer shari hajmining 1 % ni, massasining 0,4 % ni tashkil etadi. Yer po’sti kimyoviy elementlardan, minerallardan va tog’ jinslaridan iborat. Yer po’sti tarkibida kislarod 47 %, kremniy 29.5 %, alyuminiy 8.05 %, temir 4.65 %, kalsiy 2.96 %, natriy 2.5 %, kaliy 2.5 %, magniy 1.87 %, titan 0.45 % va boshqalari 0.52 % kabi kimyoviy elementlar tarqalgan. Yer po’stida tarqalgan asosiy 9 ta element 99.48 % ni tashkil qiladi.
B) – yuqori mantiya. 300-400 km chuqurlikgacha davom etadi. Bu qatlam dunitlardan – magniy bn temirga boy bo’lgan silikat jinslardan tashkil topgan.
S) – o’tkinchi qatlam. 400-950 km chuqurliklarni o’z ichiga oladi. Bu qatlamdagi jinslar yuqori mantiyadagi jinslarga o’xshaydi.
D) – quyi mantiya. 950-2900 km chuqurlikni o’z ichiga olib asosan, temir, magniy kabi jinslardan tashkil topadi.
E) – tashqi yadro. 2900-4980 km chuqurlikda joylashgan. Bu qatlamda moddalar suyuq holda bo’lib, 2,2 mln atmosfera, harorat 4000 C ga teng.
F) – o’tkinchi qatlam. 4980-5120 km chuqurlikda joylashgan.
G) – ichki yadro. 5120 km dan Yerning markazigacha bo’lgan chuqurlikda joylashgan. Yerning bu qatlamida bosim 3,5 mln atmosferaga yetadi. Yadro asosan temir va nikeldan iborat. Harorati 5500 C ga teng.

3. Yer po’stining tuzilishi va tarkibi.

Materik turli Yer po’sti uch qatlamli yotqiziqlardan – Cho’kindi, granitli-metamorfik va bazalt kabi jinslardan tashkil topgan. Yuqori qatlam cho’kindi jinslar tashkil qiladi, qalinligi 10 km. ikkinchisi granitli- metomorfik qatlamning qalinligi 10-15 km, quyi qatlamning qalinligi 15-35 km bo’lib, bazalt jinslardan iborat.

Okean tur Yer po’sti materik turga nisbatan yupqa bo’lib, uning umumiy qalinligi 6 km dan 10 km gacha, okean tubi Yer po’stida ham cho’kindi qatlam qalinligi 0,6-1,0 km qalinlikda cho’kindi jinslar joylashgan. Quyi qismida qalinligi 5-14 km bo’lgan bazalt qatlam joylashgan.


Download 10.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling