9-Mavzu: Litosfera. Yer po’stining tuzilishi

Yer po’sti va Litosferaning tuzilishi

Download 10.58 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi10.58 Kb.
#1494389
1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu Umumiy Yer bilimi

Yer po’sti va Litosferaning tuzilishi

Yer po’sti Cho’kindi jinslardan tashqari Magmatik va Metomorfik tog’ jinslardan iborat.

Yer po’sti Cho’kindi jinslardan tashqari Magmatik va Metomorfik tog’ jinslardan iborat.

Yerning ichki qismidagi cho’g’day qizigan magmaning yer betiga chiqib sovishidan vujudga keladi. Magmatik jinslar o’zining vujudga kelish sharoitiga ko’ra chuqurdagi yoki intruziv hamda oqib yuzaga chiqqan yoki effuziv deb 2 ga bo’linadi.

Intruziv jinslar granit, granodiorit, sienit, diorit, gabbro kabi tog’ jinslaridan iborat.

Effuziv jinslar esa vulqonlar otilishidan chiqqan lavaning yer yuziga chiqib, sovub, qotib qolgan tog’ jinslarga liparit, traxit, andezit, bazalt kabilar misol bo’ladi.

Metamorfik tog’ jinslar

Kuchli bosim va harorat ta’sirida o’zgarishidan hosil bo’ladi. Bu jarayonlar ta’sirida cho’kindi va otqindi tog’ jinslari o’zining avvalgi xususiyatlarini o’zgartirib yuboradi. Natijada slaneslar kristalli slanislarga, ohaktosh va dolimit marmarga, kvarsli qum va qumloq toshlar kvarsit jinslarga aylanadi.

Cho’kindi yo’l bilan vujudga kelgan jinslarning 50 % ni loy va loyli slanes, 23,6 % ni qum va qumtosh, qolganlarini ohaktosh, dolimitlar, lyos va lyossimon yotqiziqlar tashkil etadi.

Yer po’stidagi tog’ jinslari muayyan minerallarning yi’g’indisidan iborat. Minerallar esa tabiiy kimyoviy birikmalar bo’lib, Yer po’stida sodir bo’ladigan fizik, kimyoviy jarayonlar natijasida vujudga kelgan. Hozir yer po’stida 2500 dan ortiq minerallar mavjud bo’lib, ular kimyoviy va kristallarning tuzilishi jihatidan quyidagilarga bo’linadi:

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling