9-Mavzu: Litosfera. Yer po’stining tuzilishi
Download 10.58 Kb.
|
9-mavzu Umumiy Yer bilimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- D) – quyi mantiya.
- 3,5 mln
A) – Yer po’sti. Eng yuqori qatlam. Yer po’sti Yer shari hajmining 1 % ni, massasining 0,4 % ni tashkil etadi. Yer po’sti kimyoviy elementlardan, minerallardan va tog’ jinslaridan iborat. Yer po’sti tarkibida kislarod 47 %, kremniy 29.5 %, alyuminiy 8.05 %, temir 4.65 %, kalsiy 2.96 %, natriy 2.5 %, kaliy 2.5 %, magniy 1.87 %, titan 0.45 % va boshqalari 0.52 % kabi kimyoviy elementlar tarqalgan. Yer po’stida tarqalgan asosiy 9 ta element 99.48 % ni tashkil qiladi.
B) – yuqori mantiya. 300-400 km chuqurlikgacha davom etadi. Bu qatlam dunitlardan – magniy bn temirga boy bo’lgan silikat jinslardan tashkil topgan. S) – o’tkinchi qatlam. 400-950 km chuqurliklarni o’z ichiga oladi. Bu qatlamdagi jinslar yuqori mantiyadagi jinslarga o’xshaydi. D) – quyi mantiya. 950-2900 km chuqurlikni o’z ichiga olib asosan, temir, magniy kabi jinslardan tashkil topadi. E) – tashqi yadro. 2900-4980 km chuqurlikda joylashgan. Bu qatlamda moddalar suyuq holda bo’lib, 2,2 mln atmosfera, harorat 4000 C ga teng. F) – o’tkinchi qatlam. 4980-5120 km chuqurlikda joylashgan. G) – ichki yadro. 5120 km dan Yerning markazigacha bo’lgan chuqurlikda joylashgan. Yerning bu qatlamida bosim 3,5 mln atmosferaga yetadi. Yadro asosan temir va nikeldan iborat. Harorati 5500 C ga teng. 3. Yer po’stining tuzilishi va tarkibi.Materik turli Yer po’sti uch qatlamli yotqiziqlardan – Cho’kindi, granitli-metamorfik va bazalt kabi jinslardan tashkil topgan. Yuqori qatlam cho’kindi jinslar tashkil qiladi, qalinligi 10 km. ikkinchisi granitli- metomorfik qatlamning qalinligi 10-15 km, quyi qatlamning qalinligi 15-35 km bo’lib, bazalt jinslardan iborat.Okean tur Yer po’sti materik turga nisbatan yupqa bo’lib, uning umumiy qalinligi 6 km dan 10 km gacha, okean tubi Yer po’stida ham cho’kindi qatlam qalinligi 0,6-1,0 km qalinlikda cho’kindi jinslar joylashgan. Quyi qismida qalinligi 5-14 km bo’lgan bazalt qatlam joylashgan.Download 10.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling