9-mavzu: maktab ta’limiga tayyorlash. Reja
Maktabhacha ta’lim tashkilotida bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashda
Download 109.95 Kb.
|
9-MAVZU MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shuningdek, gigiyena va oz-oziga hurmat
Maktabhacha ta’lim tashkilotida bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalashda:
- Jismoniy mashqlar va jismoniy o'yinlar; - Ertalabki badantarbiya mashqlari; - Asosiy harakatlar (yugurish, sakrash, tashlash, ilib olish, irg'itish, emaklab yurish, tirmashib chiqish, muvozanatni saqlash) mashqlari; - Umumrivojlantiruvchi mashqlar (qo'l va yelka, oyoq, gavda uchun mashqlar, saflanish va qayta saflanish, velosipedda uchish va suzish); - Chiniqtirish va sog'lomlashtirish - gigiyenik badantarbiya mashqlari, chiniqtirish, qomatni to'g'ri tutish ko'nikmasini tarbiyalash; - Ochiq havodagi sport o'yinlari (sakrab o'ynaladigan, irg'itib, ilib olib o'ynaladigan o'yinlar); - Ermak o'yinlar; - O'zbek xalq harakatli o'yinlari o'ynaladi. Shuningdek, gigiyena va o'z-o'ziga hurmat: - Uxlash gigiyenasi; - Shaxsiy gigiyenasi; - Ovqatlanish gigiyenasi; - Madaniy gigiyenik ko'nikmalarni aniqlash va o'z-o'zini hurmat qilish (o'ziga xos gigiyena, shikastlanishni oldini olish). Maktabga tayyorlashda maktabgacha yoshdagi bolalarda mayda matorikani rivojiantirish (ushlash, yopish, qirqish, bo'lish), qo'l barmoqlari va qo'llarni ishlatlsh alohida o'rin egallaydi. Bu bolani maktabda yozuvni muvaffaqiyatli egallashiuchun zamin hozirlaydi. Jismoniy tayyorgarlikbolada maktabga yetuklikni shakllantirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Maktabgacha yetuklikni aniqlashda bola sog'lig'ining holati va organizmning biologik yetukligini baholash (antropometrik ko'rsatkichlarga: suyak, mushak, nafas olish va yurak-qon tomir tizimining) rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko'p omilli tahlil, fiziologik funksiyalarning rivojlanishi darajasini baholashdan iborat. Bularga: - Partada uzoq vaqt o'tirish uchun zarur bo'ladigan tormozlash qobiliyatining rivojlanganligi; - Harakatlarini yaxshi boshqara olish (yozish, rasm solishga aloqador grafik vazifalarni bajarishda barmoqlarning mayda harakatlari); - Ijobiy va tormozlanishga xos shartli aloqalarni nisbatan tez hosil qilish hamda mustahkamlash; - Ikkinchi signal tizimining yetarlicha rivojlanganligi. Bu davrda bolaning bo'yi 120 sm ga yetadi, og'irligi 22-24 kg bo'lishi jismoniy norma hisoblanadi. Kun tartibi, chiniqtiruvchi muolajalar, muntazam jismoniy tarbiya mashg'ulotlari, xilma-xil harakatli o'yinlar va jismoniy mashqlar faol harakat tartibi bolalarni maktabda o'qishga jismoniy tayyorgarligini ta'minlashning zaruriy shartlari hisoblanadi. Download 109.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling