9-mavzu: maktab ta’limiga tayyorlash. Reja


Bolanimaktabta’limigapsixologiktayyorlash


Download 109.95 Kb.
bet9/9
Sana22.02.2023
Hajmi109.95 Kb.
#1221081
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-MAVZU MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH

4.Bolanimaktabta’limigapsixologiktayyorlash.
Psixologik tayyorgarlik tushunchasi - maktab ta'limi nuqtayi nazaridan 1-sinfga qadam qo'yayotgan bola psixik rivojlanishidagi muhim sifat ko'rsatkichlarining majmuasi bo'lib hisoblanadi. Bu tayyorgarlik bolaning o'qishga intilishi, o'quvchi bo'lish ishtiyoqida bilish faoliyati va tafakkur operatsiyalarining yetarlicha yuqori darajasi, bolaning o'quv faoliyati elementlarini egallash, iroda va ijtimoiy rivojlanishning muayyan darajasida namoyon bo'luvchi asoslangan tayyorgarlikni o'z ichiga oladi. Bolaning maktabta'limiga psixologik tayyorgarligining barcha komponentlari bolani sinf jamoasiga olib kirish, o'quv materiallarini ongli-faol egallash, maktabga oid majburiyatlarni bajarishni qamrab oladi.
Maktabhacha ta’lim tashkilotida bolalarni yangi psixologik mavqelarini yaratishdan iborat bo'lib, uning xususiyati guruhdagi barcha bolalar uchun ahamiyatii bo'lgan kelajakda maktabga kirish istiqbolidir. Bu istiqbol bolalar kechinmalari, qiziqishlari, mtilishlarining birligini yaratib, tarbiyachilar undan bolalar jamoasining umumiy maqsad - maktabga puxta tayyorlanish asosida jipslashtirish maqsadida foydalanadilar.
Tayyorlov guruhiga o'tish bolalarda yangi holat kattaliklarini anglashlariga asoslangan "yetuklik" hissiyotini yaratadi. Tarbiyachi ta'lim-tarbiya jarayonlarida bolalarning katta ekanliklaridan faxrlanish, o'quvchi bo'lishga intilish, xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarish va javobgarlik hissini tarkib toptiradi.
"Ilk qadam" dasturida belgilab qo'yilgan ijtimoiy-hissiy rivojlanish talablarini bajarish, bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqat qilish doirasini kengaytirish, o'z fikrini mustaqil ayta bilish qobiliyati, o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlasha olish, hissiy kechinmalarni so'z bilan ifodalashi, jamoada o'zini tuta bilishi, o'zini shaxs sifatida anglashi, o'zini hurmat qilishi, qadr-qimmatini bilishi, "men" konsepsiyasi, kattalar yordamida kamchiliklarini bartaraf etish kabilar psixologik tayyorgarlik asosini tashkil etadi. Bu yoshdagi bolalarda o'zidan kichiklarga g'amxo'rlik hissi jadallik bilan rivojlanadi. SHag uchun sovg'alar tayyorlash, "konsertlar" uyushtirish, birgalikdagi o'yin faoliyatlari bo'lajak o'quvchi uchun katta ahamiyatga ega. Bu ishlar bo'lajak o'quvchining ma'naviy tajribalarini boyitadi, shaxsning insoniy xislatlari xayrixohlik, saxiylik, yaxshilik, rahmdillik sifatlarini tarkib toptiradi.
Tayyorlov guruhi bolalar mavqeyidagi o'ziga xos xususiyat ularning ijtimoiy zonasini kengaytirishdir. Shunday qilib,maktabgacha yoshdagi bolalar psixologik mavqeyida bo'lajak o'quvchilarda ma'naviy sifatlarni shakllantirishning katta imkoniyatlari mavjuddir.
Download 109.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling