9-mavzu Mavzu: Turdi Farog'iy hayoti va ijodi Reja


Download 236.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana26.12.2021
Hajmi236.14 Kb.
#182830
  1   2   3   4
Bog'liq
Turdi Farogiy hayoti va ijodi



9-mavzu 

Mavzu: Turdi Farog'iy hayoti va ijodi 

Reja: 

1.  Turdi Farog’iy hayoti. 

2.  Turdining lirik shoir sifatidagi imkoniyatlari. 

3.  Muxammaslari  tahlili 



 

Tayanch tushuncha va iboralar:Nodir Muhammad, ,,Turkona xirom 

aylamoq”, ,,Dil mulkini yag’mo aylamoq”, ,,Tufrog’da jon bitishi”, quyoshning 

ko’rinmog’i uchun ,,subh yaqo yirtmog’i”, ,,Qassomi azal” 

 

Ulkan hajviy va lirik iste’dod egasi, shoir Turdi Farog’iy haqidagi dastlabki 



ma’lumotlar  XX  asrning  20-  yillarida  paydo  bo’ldi.  Kattaqo’rg’onlik  adib 

Abdulhamid  Majidiy  (1902—1938)  uning  bir  dasta  qo’lyozma  she’rlarini  topib, 

matbuotda  e’lon  qildi  va  u  haqda  dastlabki  ma’lumotni  berdi.  So’ng  mashhur 

yozuvchi  va  olim,  professor  Abdurauf  Fitrat  maqola  bilan  chiqdi.  Sekin-astalik 

bilan  u  haqda  tadqiqot  ishlari  boshlandi.  Turdining  ismi  sharifi,  hayot  yo’lidagi 

sanalar  to’la  ma’lum  emas.  ,,Turdi”  taxallusidir.  Ayrim  she’rlanida  bu  taxallus 

,,Farog’iy”  bilan  yonma-yon  keladi.  Shunga  qaraganda,  uning  ikki  taxallusi 

bo’lgan.  Shu  sababli,  uni  Turdi  Farog’iy  deb  atagan  ma’qul.  Shoirning  bizgacha 

yetib kelgan she’rlari orasida bir qator tarixiy shaxslarning nomlari uchraydi. Turdi 

ularning  ayrimlariga  she’r  bag’ishlagan,  ba’zilarini  tanqid  qilgan.  Xullas,  bu 

she’rlar  bizga  ular  muallifining  qaysi  davrda  yashaganini  aniqlashga  yordam 

beradi.  

Ma’lum  bo’lishicha,  Turdi  o’zbeklarning  yuz  degan  uru’idan.  Buxoroda, 

ashtarxoniy  hukmdorlardan  Nodir  Muhammad  va  uning  o’g’illari  hukmronligi 

yillarida  yashagan.  Nodir  Muhammad  1640-  yilda  taxtga  chiqqan.  1645-  yilda  u 

Xorazmga  qo’shin  tortadi.  Bundan  foydalangan  xo’jandlik  Boqi  Yuz  (u  yuz 

urugidan  bo’lgani  uchun  shunday  atalgan)  degan  kishi  xonga  qarshi  isyon 

ko’taradi.  Nodir  Muhammad  uni  bostirish  uchun  o’g’li  Abdulazizni  yuboradi. 

Abdulaziz  isyonchilar  tomoniga  o’tib  ketadi.  Uni  xon  qilib  ko’taradilar.  Nodir 

Muhammad  hajga  ketadi.  Mutaxassislar  Turdini  mana  shu  isyonchilar  safida 

bo’lgan, deb taxmin qiladilar. Tabiiyki, isyonchi larni qo’llagan Abdulazizxonning 

ishonchli kishilaridan biriga aylangan va saroyga yaqin bo’lgan.  

Biroq  zamon  alg’ov-dalg’ov  bo’lganidek,  shoirning  qismati  ham  g’oyat 

murakkab  kechadi.  Nodir  Muhammadning  ikkinchi  o’g’li  Subhonqulixon  Balx 

hokimi edi va otasidan so’ng Buxoroga qattiq ko’z tikkan edi. Aka-uka o’rtasidagi 

kurash  o’ttiz  yildan  ortiqroq  davom  etdi.  Nihoyat,  1680-  yilda  Subhonqulixon 

Buxoro taxtini akasidan tortib oladi. Turdining tashvishli kunlani boshlanadi.  

Negaki, Abdulazizxonning yaqin kishisi bo’lgani uchun Subhonqulixon o’ziga uni 

ham  dushman  hisoblar  edi.  Shu  sababli,  Turdining  80-  yiliardan  keyingi  hayoti 

darbadarlikda,  xor-zorlikda  kechadi.  U  Subxonqulixonni  ayovsiz  hajv  qiluvchi 

asarlar yaratdi, undan tinmay nolidi. Lekin keyingi tadqiqotlar Subhonqulixonning 

ilm-ma’rifatli,  hatto  tibbiyotga  oid  maxsus  kitob  yozgan  bir  ziyoli  odam 

bo’lganligini  ko’rsatdi.  Turdining  she’rlarida  uning  bu  xislatlari  tasvirlanmaydi. 



To’g’ri,  barcha  imtiyozlaridan  mahrum  bo’lgan  Turdidagi  alamzadalikni  ham 

hisobga olgan taqdirda, birgina Subhonqulixonning o’z akasiga qarshi o’ttiz yildan 

ortiqroq  vaqt  mobaynida  tinimsiz  kurash  olib  borganligining  o’zi  bu  shaxsdagi 

fazilatlarga 

bir 

muncha 


soya 

tashlaydi.  

Turdi  taxminan  1640-  yillarda  tug’ilib,  XVII  asrda  Buxoro  xonligida  yashagan. 

Murakkab  hayot  yo’lini  bosib  o’tgan.  Mutaxassislar  uning  1699—1700-  yillarda 

vafot  etganini  taxmin  qiladilar.  Shoirning  bizgacha  hammasi  bo’lib  o’n  sakkiz 

she’ri  yetib  kelgan.  Hajmi  —  434  misra.  She’rlarning  o’n  ikkitasi  —  g’azal, 

beshtasi  —  muxammas,  bittasi  —  fard.  She’rlardan  ikkitasi  fors  tilida, qolganlari 

o’zbekcha yozilgan.  

Turdining  she’rlarini  mavzu  yonalishiga  ko’ra  ishqiy-falsafiy  va  ijtimoiy-

siyosiy  kabi  ikkiga  bo’lish  mumkin.  Chamasi,  shoirning  ishqiy-falsafiy  she’rlari 

uning  siyosiy  ishlarga  aralashuvidan  oldin  yozilgan.  Shulardan  ikkitasi  alohida 

e’tiborga sazovor. Biri — boryo’g’i uch baytdan iborat ixchamgina g’azal:  

Turkona xirom ayladi ul sho’xi diloro,  

Dil mulkini bir go’shai chashm ayladi yag’mo.  

Tufrog’da jon bitsa ravodur, na ajab gul,  

Cho’x sarvi sihi etdi nihon ko’zlari shahlo.  

Har qanda g’ami do’sti dilporani istar,  

To subh yaqo yirtmadi, mehr o’lmadi paydo.  

Ul  sho’x  go’zal  turkona  yurib  keldi.  (Nega  turkona?  Mumtoz  she’riyatda 

bu so’z ,,shiddatli” ma’nosini beradi. Demak, satrdan ,,Ko’ngil bezagi bo’lgan bu 

sho’x go’zal shiddatli yurish qilib keldi” ma’nosi chiqadi). Yor ko’zining bir cheti 

bilan ko’ngul mamlakatini talon-taroj etdi, bosib oldi. Tuproqda gul emas, jon unsa 

ajablanmang,  zero,  bu  shahlo  ko’zlar  qanchadan-qancha  sarvqomat  go’zallarni 

yerga kirgizmadi. Tong yoqasini yirtmaguncha, quyosh paydo bo’lmaganidek, har 

qayerda  ham  g’amning  do’sti  dili  g’amdan  pora  bo’lgan  do’stni  istaydi.  

G’azalda  yorning  kirib  kelishi  g’oyat  jonli  va  rangin  tasvinlangan.  




Download 236.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling