9-mavzu Mavzu: Turdi Farog'iy hayoti va ijodi Reja


yaxshi zamonlar ko’rdiman”


Download 236.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana26.12.2021
Hajmi236.14 Kb.
#182830
1   2   3   4
Bog'liq
Turdi Farogiy hayoti va ijodi

yaxshi zamonlar ko’rdiman” satri bilan boshlanadigan muxammasi ajralib turadi.  

O’n  ikki  band  oltmish  satrlik  bu  katta  muxammas  shoirning  o’ziga  xos 

afsusnomasidir. Unda birinchi band ,,yaxshi zamonlar” ko’rgan, ,,ayshi damodam” 

surgan, katta  davralar  tuzib,  ,,bazm-u  majolis”lar  qurgan  Turdining  o’tgan  davr-u 

davronlarni  qo’msashi  bilan  boshlanadi.  Ikkinchi  bandda  pushaymonlik, 

muallifning  afsusnadomatlari  beriladi.  U  barcha  baxtsizlikiarini  o’sha  kunlarning 

qadriga  yetmaganidan,  shukrona  keltirmaganidan  deb  biladi.  Aybni  o’zidan 

qidiradi. Muxammasning  uchinchi bandida  hayot tomonidan boshiga  yog’dirilgan 

balo-ofatlar  qayd  etiladi.  So’ng  odamlar  munosabatiga  ko’chadi.  Martabadan 

tushgan,  odamlar  nazaridan  qolgan  kishiga  yon-atrof,  qarindoshlar  munosabati 

shunday beriladi:  

Aqrabolar suhbatimdan or etar, qoshin chatar,  

Saib dillarda, nazarlarda karih suprindiman.  

,,Aqrabo”  —  yaqinlar,  qarindoshlar,  ,,salb”  —  yomon  ko’rgan, 

xushlamagan,  rad  etgan,  ,,karih”  —  ko’ngi1  aynituvchi  narsa  ma’nolarini 

anglatadi.  Demak,  yaqinlarim,  qarindoshlarim  suhbatimdan  or  etadilar,  qoshlarini 

chatadilar  (chimiradilar).  Men  ularga  yoqmayman.  Shu  sababli  yaqinlarini  uchun 

ko’ngil  aynituvchi  bir  uyum  axlat  —  suprindiman.  Shoir  aybni  hamisha  ham 

birovlardan  izlayvermaydi.  O’z  hayotiga,  xatti-harakatlariga  tanqidiy  qaraydi. 

Birinchi  navbatda,  o’zini  aybdor  biladi.  O’zi  aybdor  bo’lgani  holda,  o’zgalardan 

ayb  qidirgani  uchun  o’zini  gunohkor  sanaydi.  Turdining  nazarida.  bu  holatining 

sababchisi g’aflat, beparvolikdir  

Oh, bu umri kiromi sarfi g’aflat ayladim,  

G’ussai behuda asbobi nadomat ayladim.  

Bilmadim o’z aybimi, xalqqa mazammat’ ayladim.  

Oltinchi  bandda  shoirni  yana  xush  zamonlar  xotirasi  o’z  bag’riga  oladi. 

Hukmi — hukm, so’zi — qabul paytlari esiga tushadi. Shoir xotirasini kayfiyatga 

aylantiradi,  holatini  obrazli  yo’sinda  ifodalay  biladi.  Bir  vaqtlar  yuz  urug’i 

qozonining  qopqog’i  bo’lganini,  hozirda  esa,  o’sha  qozon  tagidagi  ,,yundi” 

(yuvindi) ekanini juda ta’sirli va o’ziga xos tarzda aks ettiradi. Maishiy holat. ruhiy 




sezimlar  ro’zg’oriy  narsalarga  o’xshatilgani  uchun  ham  kishining  esidan 

chiqmaydigan obrazlar paydo bo’ladi:  

Xush zamonlar yuz qazoni boshida sarpo’sh edim,  

Bu zamon yavg’on qazon ostida qolg’on yundiman.  

Tog’dan qulayotgan odam toshlarga urilib, pastga tushgunicha har yoqdan 

zarb  yeydi.  Suvga  cho’kayotgan  kishi  xas-hashakni  ham  najot  bilib  yopishadi. 

Yuksak  pillapoyadan  yiqilgan  kishi  yerga  borib  tekkandagina  nechog’lik 

balandlikdan  tushganini  anglaydi.  Turdining  tuyg’u-kechinmalarida  shu  holatlar 

o’z ifodasini topgan:  

Charxi dun qildi manga jabr-jafolar behisob,  

Gardishi davron berur har lahza yuz ming pechutob.  

Har son yeldim-yugurdim suv sonib mavji sarob,  

Tashnalab, gardi kudurat zeri poyinda xarob,  

Bahri davlatdin yiroq gardan shikasta mo’ndiman.  

Mo’ndi  deb  bezaksiz  oddiy  sopol  ko’zaga  aytadilar.  Shu  ko’zaning  ham 

og’zi uchgan va dastasi sirigan bo’lsa, qimmati yanada pasayadi. Bunday idishda 

suv  saqlamaydilar.  Shoir  o’z  qadrini  shikastlangan  ,,mo’ndi”  orqali 

tushuntirayotganining sababi shuki, banddagi uchinchi satrdan tasvirga suv tamsili 

kirib  kelgan,  mavjlangan  sarobni  suv  deb  o’ylab,  g’am-g’ussa  to’zonining  ostida 

xarob  hojatda,  tashna  lab  alfozda  har  tomonga  yelib-yugurganligi  aytilgandi. 

.,Bahr”  so’zining  ,,bahramand  bo’lish”dan  tashqari  dengiz  ma’nosi  ham  bor. 

,,Bahri  davlat”  birikmasida  shu  ikki  ma’no  ham  ifodalangan  va  o’z  badiiy 

xizmatini  bajargan.  Shoir  suv  bilan  bog’liq  tamsillarning  butun  bir  tizimini 

yaratgani  uchun  ham  mo’ndi  timsoli  uning  holatini  ifodalashning  eng  samarali 

vositasi bo’lgan. 

  

Turdi she’niyati hajman juda ixcham bo’lsa-da, mazmunan salmoqlidir. U 



ko’p  asrlik  tarixga  ega  milliy  she’riyatimizni  ijtimoiy-siyosiy  ohanglar  bilan 

boyitdi.  Xonliklar  davrining  sertashvish,  serg’alva  lavhalarini  badiiy  adabiyotga 

olib  kirdi.  Bu  bilan  XVI  asrdan  zulmatga    cho’kib  borayotgan  Turkistonning 

fojialarini  yaqindan  anglashga  yordam  berdi.  Shuningdek,  barcha  shoir-u 

yozuvchilardan oldin:  

Durahd-u tangchashm-u besar-u ya’jujvaj,  

Muxtalif mazhab guruhi O’zbekistondur bu mulk  

so’zlarini aytib, vatanimiz nomini birinchi marta tilga olgan, shaklga solgan 

adib bo’lib qoldi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, Turdi o’z davridagi hodisalar va 

kishilarni  hajviy  yo’nalishda  boricha  va  boridan  ham  ortiq  tarzda  ko’rsatgan  ilk 

miliiy shoirimizdir. U she’riyatni yangi ohanglar bilangina emas, xalqona ifodalar, 

jonli kundalik til bilan ham boyitishga xizmat qildi.  




Download 236.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling