9-mavzu Mavzu: Turdi Farog'iy hayoti va ijodi Reja


Turkona  xirom  aylamoq”,  ,,Dil  mulkini  yag’mo  aylamoq”,  ,,Tufrog’da  jon


Download 236.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana26.12.2021
Hajmi236.14 Kb.
#182830
1   2   3   4
Bog'liq
Turdi Farogiy hayoti va ijodi

,,Turkona  xirom  aylamoq”,  ,,Dil  mulkini  yag’mo  aylamoq”,  ,,Tufrog’da  jon 

bitishi”, quyoshning ko’rinmog’i uchun ,,subh yaqo yirtmog’i”  lozimligi kabi 

o’xshatish va qiyoslarda bir olam mazmun, joziba bor. Ayni paytda, bu  — ishqiy 

manzaragina  emas.  Unda  tasavvufiy-falsafiy  ma’no  ham  bor.  Yorning  siymosida 

Alloh va uning sifatlari namoyon bo’lib turibdi. Shunga ko’ra, bu g’azal so’fiyona 

ruhga ham egadir.  

Boshqa  bir  asari  ,,Burun”  radifli  muxammas  bo’lib,  u  sof  tasavvufiy 

she’rdir.  Shoir  o’quvchini  atrofdagi  har  bir  narsaga  ibrat  ko’zi  bilan  boqishga, 

umrni  zoye  ketkazmay,  afsusnadomatga  o’rin  qoldirmay  yashashga,  vaqtni 

g’animat  bilib,  ,,haqiqat  yo’liga  kir”ishga  undaydi.  She’r  shunchaki  tashviqiy, 

da’vat  xarakterigagina  ega  emas.  Unda  insonning  umri,  hayotni  mazmunli, 

keyinchalik afsus chekmaydigan tarzda kechirish uchun zarur bo’ladigan ma’naviy 

talablar  haqida  falsafly  mushohada  yuritilgan.  Shoir  so’fiyona  istilohdan  o’rinli 

foydalanib. inson tabiati to’g’risida iztirobli qarashlar manzarasini ta’sirli chizgan:  

Jismi qonundin nafas tori uzulmasdan burun.  

Boshingga davri qazo bazmi qurulmasdan burun,  

Jibayi jon tiyri rixlatdin sokulmasdin burun,  




Ey ko’ngul, qasri asosi tan buzulmasdin burun,  

Toqi abro’ , kursiyi dandon to’kulmasdin burun.  

Turdi  ezgu  ishlarni  kechikmay  qilish  lozimligini  inson  umrining  bir 

lahzalik  ekanini  ko’rsatish  orqali  ta’kidlaydi.  Shoir  o’z  fikrini  ramz  bilan 

ifodalaydi:  qonun  deb  atalmish  sozdan  tori  uzilmasdan  oldin  ovoz  chiqqaniday, 

odam  ham  boshiga  o’lim  bazmi  qunilmay,  jon  sovuti  yo’qlik  o’qidan  teshilmay, 

tiriklik  asosi  —  tan  buzilmay,  egilgan  qosh-u  tizilgan  tishlar  to’kilmay  turib, 

insonga xos ezgu ishlarni qilishga ulgurishi kerak. Turdi odam o’zining eng qattol 

va  ayovsiz  yovi  —  nafsni  yengishga  bel  bog’lashi.  qiyomatda  Yaratgan  huzurida 

yorug’  yuz  bilan  turish  uchun  fursatning  borida  harakat  qilish  lozimligini  ifoda 

etadi:  

Sindirub isyon xumini, to’k nadomat ashkini.  

Tavba jomin no’sh qil, paymona to’lmasdin burun.  

Inson  paymonasi  to’lmasdan  burun  Alloh  belgilagan  tartiblarga  rioya 

etmaslik,  uning  qahriga  sabab  boladigan  ishlar  qilishdan  to’lgan  isyon  xumini 

sindirishi, ko’zlaridan pushaymon yoshlarini tokishi, tavba jomini ichishi lozimligi 

juda  ta’sirchan  va  o’ziga  xos  tarzda  tasvirlanadi.  Turdi  fikrini  yalang’och  tarzda 

ifodalamaydi, balki uni esda qoladigan badiiy libosga o’rab beradi. Shuning uchun 

ham shoirning bu muxammasi kishi ruhiyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.  

Shoirning  aksariyat  she’rlarida  zamonning  shiddatli  sadolari  o’z  ifodasini 

topgan.  

Jumladan,  ularda  shoirning  baxtli-baxtsiz  kunlari,  atroflda  yuz  berib  turgan 

voqealarga  jonli  va  qaynoq  munosabati, bir  tomondan, olqish, ikkinchi  tomondan 

g’azab-u  nafrat,  bir  tomondan,  pushaymonlik,  ikkinchi  tomondan,  yaxshi  kunlar 

xotirasi  bilan  yashash  singari  g’oyat  murakkab,  ziddiyatli  kechinmalar  namoyon 

bo’ladi. Shoir g’azallaridan biri o’zaro birlikka bag’ishlangan bo’lib,  

Tor ko’ngullik beklar, man-man demang, kenglik qiling,  

To’qson ikki bovli o’zbak yurtidur tenglik qiling  

matla’si bilan boshlanadi. She’rning dastlabki satrlaridayoq mamlakatda kuchayib 

borayotgan  notinchlik,  beklarning  bir-birlari  bilan  yurt  talashishga  kirishgani  his 

etiladi.  Shoir  ularni  ,,kenglik”ka  chaqiradi.  Yurtni  tasarruf  etishda  toqson  ikki 

o’zbek  urug’ini  ,.tenglik”ka  undaydi.  Unig’  ajratishga,  ayirmachilikka  qarshi 

chiqadi:  

Birni Qipchoq-u Xito-yu birni Yuz, Nayinan demang,  

Qirq-u Yuz, Ming son bo’lub, birjon oyinlik qiling.  

Qipchoq, Xitoy, Yuz, Nayman, Qirq, Ming — bular o’zbek urug’larining nomlari. 

Baytning  ikkinchi  satrida  qirq,  yuz,  ming  so’zlari  urug’  nornidan  tashqari  sonni 

ham  araglatib,  shoir  kishilarni  bo’linmaslikka,  birlashishga  chaqirayapti.  Keyingi 

baytda 

bu 


fikr 

yanada 


kuchayadi:  

Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to’ng’a kirib,  

Bar o’ngurluk, bir tirizlik, bir yaqo, yenglik qiling.  

She’rda  birlashish  fikri  xalqimizda  keng  tarqalgan  ,.Bir  yoqadan  bosh 

chiqarrnoq”  iborasi  asosida  berilmoqda.  Shoir  bu  ramziy  iborani  yanada 

kuchaytirgan, barchani ,,bir to’n”ga ,,kiritgan”. To’nning ,,yaqo”, ,,o’ngur” (etak), 




,,yeng”, ,,tiriz” (yelka qism)i vositasida birlik g’oyasini jonli va xalqona ko’rsatib 

berishga muvaffaq bo’lgan.  

Tarixiy  voqealar  guvohki,  shoirning  birlik  haqidagi  da’vatlari  samarasiz 

qoldi. Beklar, urug’ boshliqlari ,,man-man”likni davom ettirdilar. Yurtni talon-taroj 

qilish, bosh-boshdoqlik davom etdi. Bu hol shoirni o’yga botirdi:  

Kuyar til shammayi gar holatiridin aylasam taqrir.  

Giribon chok o’lur, etsa qalam dardi dilim tahrir,—  

deb  boshlanadi  shoir  g’azallaridan  biri.  E’tibor  qilaylik:  Agar  holatimdan 

ozginasini  tilga  olsam,  tilim  kuyadi.  Qalam  dilimdagi  dardni  bayon  etsa, 

yoqavayron  bo’ladi. Shoirona  ifodalangan  bu  satrlarda  juda katta  alam  va  armon 

yashirinib yotibdi. Bu alam sababi yurt boshliqiarining aql-u idrokka xilof ravishda 

o’zaro janjal va kurashlarga berilganidir. Ifoda ham shoirona: ,,tilga olsa til kuyad’. 

,,qalam  tahrir  etsa”,  ,,giribon  chok” (yoqasi vayron)  bo’ladi.  Yoqavayron  so’zida 

ikki ma’no ifodalangan. Birinchisi — xarob bo’lish, ishdan chiqish. Ikkinchisi — 

qalamning yoqasi yirtilishi. ya’ni uchi chiqarilishini ham anglatadi.  

She’rda insoniy dard tasviri borgan sari quyuqlashganini ko’rish mumkin:  

Shabi hijroniming poyoni tay o’lmaz, toyiri gardun  

Mahu xurshed o’lub ikki qanoti aylasa shabgir.  

Shoir o’z ahvolining g’oyat mubolag’ali ifodasini beradi:  

Taqdir  qushi  oy  va  quyoshdan  qanot  yasab,  tuni  bilan  uchganida  ham 

hijronim tunining adog’iga yeta olmaydi...  

Shoirning ijtimoiy iztiroblari uning shaxsiy hayoti fojialari bilan qo’shilib 

ketgan. Bular ichida eng og’iri — qadrsizlik, yo’qchilik. Uning boshida ,,bir otning 

somon  va  yemi”dan  ,,tog’day  g’am”  bor.  ,,Yo’qluq  za’fi  vahm-u  biymi” 

(yo’qchilik  holsizligi.  vahima-qo’rquv)dan  ko’ngli  —  yuz  pora.  Hayot  — 

shafqatsiz. Quyidagi satrlarda shoirning shu ruhiy holati o’z ifodasini topgan:  

Qad bukub, bo’ynum egub, tegdi oyoqlarga boshim,  

Ahli dunyo poyho’si xizmat-u ta’zimidin.  

,,Ahli  dunyo”  birikmasi  ,,boy-badavlatlar”,  ,,imkoniyat  egalari”  degan 

ma’nolarni  beradi.  ,,Poybo’s”  qo’shma  so’zining  asl  ma’nosi  ,,oyog’ini  o’pish” 

demakdir.  Shoir  sababi  tirikchilik  uchun  o’zidan  past  kishilar  xizmatini  qilishga 

majbur  bo’lganini,  sha’ni  oyoqosti  etilganini,  vijdon  va  haqqoniyatga  xiyonat 

qilinganini  so’ngsiz  alam,  iztirob  bilan  tilga  oladi.  U  holatini  bayon  etar  ekan 

yozadi:  

Dil—kabobim, qon—sharobim, ashki hasrat—nuqli bazm,  

Etti qassomi azalning xizmati tan’imidin.  

,,Nuql”  —  taftbosti,  gazak.  ,,Qassomi  azal”  —  taqdirni  belgilovchi 

ma’nosida,  ya’ni  Allohga  ishora.  ,,Tan’im”  —  halovat;  in’om.  Qiyin  so’zlarning 

ma’nosini bilib olgach, baytning mazmunini aniqiash osonroq ko’chadi: Shoirning 

dili  —  kabob,  ichadigan  sharobi  —  qon.  Bunday  bazm,  maishatning  gazagi  — 

hasrat  ko’z  yoshlari.  Taqdirni  bituvchining,  ya’ni  Yaratganning  unga  ko’rsatgan 

in’omi  shu  bo’ldi.  Bu  ma’lum  darajada  taqdirga  ham  isyon  edi.  Shoir  hayotdan 

shunchaki  yozg’irmaydi,  hasrat-u  nadomatini  shunchaki  izhor  etmaydi,  balki 

ko’nglidagi  tuyg’ularni  o’zgalarga  ham  ta’sir  etadigan,  ularni  ham  bezovta 

qiladigan 

ifoda 


yo’siniga 

sola 


biladi.  


Turdi  metin  irodali,  qaysar  va  qaytmas  kishi  edi.  U  ajdodlaridan,  ularning  shonli 

yo’lidan ulkan iftixor tuyardi. Buni shoirning ,,Turdiman” radifli g’azali tahlilidan 

bilsa bo’ladi. She’rning matla’si:  

Qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum Turdiman,  

Kelturan amvojg’a bahri talotum Turdiman  

satrlari bilan boshlanadi. Turdi, garchi hozirda ,,nochiz” (qo’lidan hech bir 

ish  kelmaydigan  qatra)  esa-da,  o’zining  ,,zoti  qulzum”  (dengiz-u  ummonlar 

naslidan)  ekanini  biladi.  Ikkinchi  misrada  shoir  o’zini  dengizlarni  chayqatib 

po’rtanalar  hosil  qilgan  dovulga  qiyos  etadi.  Lekin  baxtsizlikni  qarangki,  ,,qirq, 

yuz, ming aqrabolar” (qarindoshlar) undan nafrat etadilar... Bu tuyg’u kechinmalar, 

ya’ni,  bir  tomondan,  shirin  o’tmish  xotiralari,  ikkinchi  tomondan,  oyoq-osti 

qilingan izzat-nafs, bir vaqtlar saltanatning yuksak maqomlarida bo’lgan arbobning 

tuban  ijtimoiy  mavqega  tushib  qolganidagi  iztirobli  o’ylari  shoirning 

muxammaslarida ham davom etadi. Bu jihatdan, uning ,,Yod mandin kim berur, 




Download 236.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling