№
|
Maktablar nomi
|
Namoyondalar
|
Turli maktablarning boshqaruv ta’limotiga qo‘shgan hissasi
|
1
|
Ishlmiy menejment maktabi 1340-1400 yillar
|
Amir Temur
|
-Mamlakatni idora qilish va saltanatni boshqarish uslubi, strategiyasi va taktikasini joriy qilish
- XIV-XV asrlar voqealari va ijtimoiy xayotni o‘zida aks ettirgan qimmatli asar Temur tuzuklarini yaratdi. Mazkur asarda bayon etilgan boshqarish yo‘l-yo‘riqlari, qonun-qoidalari, pand-nasixatlari O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida xizmat qilmoqda.
- Kuchli davlatni barpo etish, davlat hokimiyatining qaysi ijtimoiy toifalariga tayanishi, mansabdor shaxslarni ularning sifatlariga ko‘ra tanlash va vazifalarga mukammal bo‘lgan ta’limotni yaratadi.
- Buyuk davlat arbobi , dunyoviy bilimlarning sohibi bo‘lgan Sohibqiron markazlashgan davlatni barpo etishi orqali o‘rta asrlarda buyuk shaxslar etishib chiqishi uchun moddiy , g‘oyaviy zaminni yaratdi.
|
2
|
(1885-1920) yillar
|
F.Teylor G.Emirson va boshqalar
|
- Vazifani bojarishning maqbul usullarini topish maqsadida ilmiy tahlilni qo‘llash.
- Vazifani bajaruvchi eng maqbul xodimni tanlash va uning o‘qitilishini ta’minlash.
- Vazifani samarali bajarilishini ta’minlovchi xodimlarni zarur resurslar bilan ta’minlash.
- YUqori mehnat unumdorligini ta’minlash maqsadida xodimlarni muntazam rag‘batlantirib turish.
|
3
|
Mumtoz yoki ma’muriy menejment (1920-1950)
|
A.Fayol, M.Veber va boshqalar
|
- Boshqaruv prinsiplarini rivojlantirish.
- Boshqaruv funktsiyalarini bayon etish.
- Tashkilotni yalpi boshqarishda sistemali yondoshuvni asoslash.
|
4
|
“Inson munosabatlari” maktabi (1950 yildan hozirgacha)
|
E.Meyo, R Laykert va boshqalar
|
- Mehnat unumdorligini oshirish maqsadida o‘zaro munosabatlardan qoniqish hosil qiluvchi usullarni qo‘llash.
- Kompaniyaning siyosati va istiqbolini xodimlarning xulq-atvoriga asoslangan holda tashkil etish.
|
5
|
Miqdoriy tizimli yoki zamonaviy menejment (1950 yildan hozirgacha)
|
G.Saymon, P.Druker , E.Deyl va boshqalar
|
- Murakkab boshqaruv muammolarini chuqurroq tushunish maqsadida turli modellarni ishlab chiqarish va qo‘llash.
- Murakkab vaziyatlarning echimi bo‘yicha boshqaruv xodimlariga yordam beruvchi miqdoriy usullarni ishlab chiqish.
|