9-mavzu mustaqillik yillarida o‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot
Download 86.31 Kb.
|
9-MAVZU
Mustaqillik yillarida Cho‘lpon, Fitrat. Behbudiy. Fayzulla Xo‘jayev, Ogahiy. Ajiniyoz, Berdaq va boshqa jamoat arboblari yubileylarini o‘tkazish yuzasidan ko‘rilgan chora tadbirlar ham ma’naviy hayotdagi muhim qadamlardir.Xususan, xukumatning maxsus qaroriga binoan,1999 -yil 17-dekabr kuni Xorazmda Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, 18-dekabr kuni esa Nukusda Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 175 yilligi, 1998-yil 24-oktyabr kuni esa Farg`onada Axmad al-Farg`oniy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandiBehbudiyning «Padarkush» asari, Fitratning «Qiyomat» qissasi va «Abulfayzxon» tarixiy dramasi nashr qilindi. Cho‘lponning ayrim she’rlari «Guliston» jurnalida, «Kecha va kunduz» asari esa «Sharq Yulduzi» jurnalida e’lon qilindi. Keyinroq ular alohida kitob holida nashr etildi.Ulug‘ shoir Abdulhamid Cho‘lponning adabiy-badiiy merosi xalqimizning bebaho ma’naviy mulkidir. Uning har bir asari, har bir she’ri odamlarni o‘zaro qamkorlikka, ijtimoiy adolat uchun kurashga, nohaqlikka nisbatan murosasizlikka da’vat etadi. Chulponning Xalq dengizdir, xalq to‘lqindir, xalq kuchdir.80-yillar oxiridagi ba'zi nomaqbul yo'l-yo'riqlarni ko'rsatib o'tish kerak. 1986- yil yanvar-fevralda O'z-kompartiyaning XXI syezdi bo'ldi. Syezdda «din millatchilik va shovinizmga har doim yo'l ochishini iqtisodiy, sotsial taraqqiyot-ga to'sqinlik qilishini, sotsialistik turmush tarzi, kommunistik ma'naviyatning qaror topishiga to'sqinlik qilishini har doim esda tutmoq кегак» - deb ko'rsatma berildi. Bunday yo'l-yo'riq 1986-yil oktabr oyida bo'lgan partiya Markaziy Komitetining III Plenumida yana bir bor ta'kidlandi.1980-yillar o'rtalarida o'zbek xalqi azaldan sevib, ardoqlab kelgan urf-odatlar va ma-rosimlar, bayramlar cheklab qo'yildi, ba'zilarining o'rniga boshqa bayramlar va marosimlar to'qib chiqarildi. Natijada avvalla-ri nishonlanadigan «Hosil bayrami», «Qovun sayli», «Gul sayli» va boshqa xalq bayramlari unutib qo'yildi. «Navro'z» bayrami esa avval taqiqlandi, so'ng sun'iy tarzda «Navbahor» bayramiga aylantirildi.Download 86.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling