9-mavzu mustaqillik yillarida o‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot


Download 86.31 Kb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi86.31 Kb.
#1158683
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-MAVZU

9-MAVZU MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDAGI MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT

REJA 1. Milliy g`oya va mafkura masalalariga yondashuv 2. Milliy urf – odatlar va an’analarning qayta tiklanishi 3.O`zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash orasidagi davlat siyosati

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992 yil 2 iyulda so‘zlagan nutqida shunday degan edi: “Dinga, diniy tashkilotlarga keng yo‘l ochib berildi. Buyuk hajga ilgari nari borsa besh-olti kishi borardi. Endi har yili minglab odamlar muqaddas joylarga emin-erkin ziyoratga borishyapti. Din odamzodni hech qachon yomon yo‘lga boshlamaydi. Din bu dunyoning o‘tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam bolasini hushyor bo‘lishga, harom yo‘llardan uzoq yurishga, yaxshi bo‘lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi. Biz dinga bundan keyin ham barcha shart-sharoitlarni yaratib beramiz. Diniy rasm-rusumlarga, bayram-larga, diniy tarbiya va ta’limga doimo jiddiy e’tibor beriladi”. (O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti ilgari surgan bu g‘oyalar bugungi kunda uning sadoqatli shogirdi, Sh.M.Mirziyoyev tomonidan muvaffaqiyatli ravishda amaliyotga tadbiq etilmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining beshinchi bandi bevosita shu masalaga qaratilgan).

Milliy istiqlol mafkurasi, O‘zbekistonning mustaqillika erishishi haqidagi siyosiy, ilmiy, nazariy, falsafiy, tarixiy, badiiy va diniy qarashlar majmui, xalqni kelajakka ishonch, e’tiqod ruhida tarbiyalovchi g‘oyaviy qurol, barcha toifa kishilarini shu maqsad yo‘lida birlashtiruvchi g‘oyat qudratli ma’naviy omil hisoblanadi.

Shundan kelib chiqib: — O‘zbekistonning mustaqillikka erishishini tarixiy muqarrar jarayonligini ko‘rsatish; — Yangi Konstitutsiyada qonunan maqsad qilib qo‘yilgan adolatli, demokratik, fuqarolik jamiyat haqida ilmiy-nazariy qoidalarni ishlab chiqish; — O‘zbekistonning kelajagiga ishonch va kishilarda yangi ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashni shakllantirishni milliy istiqlol mafkurasi uchun asos bo‘luvchi goyalar deyish mumkin.


Download 86.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling