9-mavzu: Ona tili lug’at tarkibining ma’no jihatidan tavsiflanishi


Download 8.04 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi8.04 Kb.
#1635141
Bog'liq
Ona tili va o\'qish savodxonligi 9-mavzu Hakimova Zumradxon


9-mavzu:Ona tili lug’at tarkibining ma’no jihatidan tavsiflanishi.

O'zbek tili lug'at tarkibida yuz bergan jiddiy o'zgarishlar munosabati bilan davr talabiga javob beradigan izohli lug'at yaratish zarurati kelib chiqdi va akademik A.Hojiyev rahbarligida O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori institutining (oldingi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti) bir guruh lug'atshunoslari tomonidan 2006 – 2008-yillarda 5 jildli “O'zbek tilining izohli lug'ati” yaratilgan va nashr etilgan edi. 

  • O'zbek tili lug'at tarkibida yuz bergan jiddiy o'zgarishlar munosabati bilan davr talabiga javob beradigan izohli lug'at yaratish zarurati kelib chiqdi va akademik A.Hojiyev rahbarligida O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori institutining (oldingi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti) bir guruh lug'atshunoslari tomonidan 2006 – 2008-yillarda 5 jildli “O'zbek tilining izohli lug'ati” yaratilgan va nashr etilgan edi. 

Lug'atga 80 mingga yaqin o'zbek adabiy tilida keng iste'molda bo'lgan so'z va so'z birikmalari, fan, san'at, madaniyat va texnika sohalariga oid terminlar, shevalarda qo'llanadigan so'zlar, tarixiy atamalar jamlangan.

  • Lug'atga 80 mingga yaqin o'zbek adabiy tilida keng iste'molda bo'lgan so'z va so'z birikmalari, fan, san'at, madaniyat va texnika sohalariga oid terminlar, shevalarda qo'llanadigan so'zlar, tarixiy atamalar jamlangan.
  • 2020-yilda ushbu izohli lug'at, mutaxassislar va keng o'quvchilar ommasining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo'lim boshlig'i, f.f.n. Abduvahob Madvaliyev tahriri ostida tuzatilgan holda 3 ming nusxada qayta nashr etildi.

Imlo (arab. — toʻgʻri yozish), orfografiya — soʻz va gaplarning, soʻz qismlarining fafika vositalari yordamida toʻgʻri yozilishi; muayyan tildagi toʻgʻri yozish qoidalari majmui. Bu qoidalar soʻzlarning tovush tarkibi hamda soʻz va uning morfologik tarkibining yozilishi, soʻzlarni qoʻshib yoki alohida yozish, bosh harflarni toʻgʻri qoʻllash, boʻgʻin koʻchirish va boshqa bevosita yozuv bilan bogʻliq boʻladi. Shu bois Imlo qoidalari vaziyatga koʻra oʻzgarib ham turadi. Kirill yozuvidagi oʻzbek adabiy tilining Imlo qoidalari 1940-yildan shakllana boshlagan boʻlsa, 1956-yilda. Oʻzbek adabiy tilida fonetik, morfologik, tarixiy-etimologik Imlo qoidalari amal qiladi.

Tarjima lug’ati


Tarjima — bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi. Tarjima millatlararo muloqotning eng muhim koʻrinishi. Asliyat va qayta tiklangan matn xususiyatiga qarab badiiy tarjima, ilmiy tarjima va boshqa turlarga ajratiladi. Asl nusxani aks ettirish tarziga koʻra tafsir, tabdil, sharh kabi koʻrinishlarga ham ega boʻlishi mumkin. Tarjima qad. davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasidagi oʻzaro aloqa, muloqot ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan. Tilmochlik deb ataladigan bu ogʻzaki turi hozirda ham saqlanib qolgan.
Zamonlar osha tarjimaga boʻlgan talablar yangilana boradi. Ammo uning ijodiy xarakteri, qayta yaratish sanʼati ekanligi oʻzgarmaydi. T.ning koʻlami va taraqqiyoti har bir xalqning maʼrifiy darajasiga bogʻliq va, oʻz navbatida, u millatning ijtimoiy tafakkuriga samarali taʼsir etadi. "Tarjima" termini bir tildan ikkinchi tilga oʻgirish jarayonini, shuningdek, tayyor tarjima asarini anglatadi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 8.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling