9-mavzu. O’rta Osiyo arxitekturasi tarixining umumiy tavsifi
Download 36.93 Kb.
|
9-МАВЗУаа
Me’moriy maktablar. Markaziy Osiyo arxitekturasi umumiylikka ega bo‘lgan, yaxlit voqelikdir. Ayni vaqtda unda tabiiy-iqlimiy va tarixiy-madaniy sharoitga ko‘ra uning u yoki bu qismlarida katta-kichik me’moriy maktablar* vujudga kelgan. Ularni tasniflashda umumlashtirish nuqtai nazardan yirik maktab, maktab va maktab tarmog‘i darajalarini farqlash joizdir.
Markaziy Osiyo hududi doirasida yirik uch me’moriy maktablar mavjud. A. Turkmaniston, O‘zbekiston, Tojikistonlarning janublari. B. Xorazm – Amudaryoning quyi oqimi; Qoraqum va Qizilqum bilan o‘ralganligi tufayli madaniyatining o‘ziga xosligi bu erlarda kuchliroq. V. Markaziy osiyoning qolgan vodiylari. _________________________________________ Me’moriy maktab deyilganda ta’lim binosi emas, balki me’morlikdagi uslub va qoidalarning umumiyligi nazarda tutiladi. Markaziy Osiyo me’morligini to‘laroq o‘rganish nuqtai nazardan yirik me’moriy maktablar darajasidan ko‘ra me’moriy maktablar darajasi ahamiyatliroqdir. Markaziy Osiyoda etti me’moriy maktabni ajratish lozim. Ularning ta’sir doiralari quyidagicha. 1. Janubi-g‘arbiy maktab-Turkmanistonning janubiy qismida; maktabning uch: g‘arbiy (Kaspiy dengiziga tutash bo‘lgan), markaziy (Ashhabod atroflari va Xerirud vodiysi), sharqiy (Murg‘ob vodiysi) tarmoqlari bor. 2. SHimoli-g‘arbiy maktab-Amudaryoning quyi oqimida; maktabning o‘ziga xosliklari boshqa maktablarnikiga qaraganda kuchliroq. 3. janubiy maktab-amudaryoning o‘rta oqimidan o‘ng va chap qirg‘oqlarida, yuqori oqimidagi chap qirg‘oqlarida (Surxondaryodan); daryoning qismlariga (o‘rta va yuqori oqimlariga) monand ravishda maktabning ikki tarmog‘ini ajratish mumkin. 4. Markaziy maktab-Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida; maktabning g‘arbiy (Buxoro viloyati), sharqiy (Samarqand viloyati) va janubiy (Qashqadaryo viloyati) tarmoqlari mavjud. 5. SHarqiy maktab-Farg‘ona vodiysi; maktabning o‘ziga xosliklari hudud atrofi tog‘ tizmalari bilan qurshab olinganligidan kelib chiqqan. 6. SHimoli-sharqiy maktab-Qozog‘istonning janubiy, Qirg‘izistonning shimoliy erlarida; maktabning o‘ziga xosligiga o‘troq va ko‘chma hayot tarzi ta’sir ko‘rsatgan; tarmoqlari uchta bo‘lib, ular Sirdaryoning quyi va o‘rta oqimi erlarida hamda Qirg‘izistonning shimoliy qismida shakllangan. 7. SHimoliy maktab-Qozog‘istonning markaziy va shimoliy hududlarida shakllangan; maktab ko‘proq ko‘chma hayot tarzi talablariga javob bergan. Download 36.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling