9-mavzu. O’rta Osiyo arxitekturasi tarixining umumiy tavsifi
Download 36.93 Kb.
|
9-МАВЗУаа
9-mavzu. O’rta Osiyo arxitekturasi tarixining umumiy tavsifi “O‘rta Osiyo arxitekturasi tarixi” fani “San’at, arxitektura va shaharsozlik tarixi” fanlar siklida alohida ahamiyatga va o‘ziga xosliklarga ega. “O‘rta Osiyo arxitekturasi tarixi” fani o‘zining mazmuni va maqsadi bilan umumiy arxitektura fanidan farqli jihatlari mavjud. Avvalo bu fan bizning ajdodlarimiz arxitekturasini o‘rganadi. Qolaversa, bo‘lg‘uvsi ta’mirshunos me’morlarimiz ham O‘rta Osiyo arxitekturasi obidalari bilan ish ko‘radilar. Fanning maqsadi: talabani O‘rta Osiyo arxitekturasi xususiyatlarining kelib chiqishini, keyingi amaliy faoliyatda undan foydalanish uchun chuqur o‘rganib chiqishdan iborat. Ustod ajdodlarimiz qoldirgan me’moriy merosning ikki: moddiy va ma’naviy jihatlari mavjud. Moddiy jihati jismonan saqlangan (butunligicha yoki qisman) obidalarda mujassamlangan. Merosning ma’naviy jihati esa arxitekturaviy (hajmiy-fazoviy) muhit uyushtirish borasida yaratilgan xilma-xil, yuksak me’moriy usul va qoidalardan iborat. Mazkur qo‘llanma avvalo “Arxitektura” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan. Davlat mezoni bo‘yicha tuzilgan. “Dizayn” va “Landshaft arxitekturasi” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ham foydalanish mumkin. Tarkiban qo‘llanma materiali ibtidoiy davrdan XX asr boshlari (30-yillar)gacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli davrlarga bag‘ishlangan materialni bir xildagi tartibda berishga harakat qilingan: avval arxitekturaga ta’sir ko‘rsatgan davrga, uning bosqichlariga ta’rif berilib, keyin arxitekturaning tarmog‘i bo‘lgan shaharsozlikka (shaharlar turlariga, ularning tuzilishlariga, muhim shaharlar tavsifiga), so‘ngra arxitekturaning bosqichlari bo‘yicha tahlil qilinadi. Ashyo, konstruksiya, kompozitsiya, bezak masalalari ko‘rib chiqiladi. Imkoniyat boricha me’moriy maktablar xususiyatlari keltiriladi. Bino va inshootlar aksari tipologik tasnif: turar uy-saroy, karvon saroy, ibodatxona, ilm maskanlari, dafn inshootlari (maqbaralar), muhandislik qurilmalar (hammom, sardoba va h.k) bo‘yicha tahlil etiladi. Ayrim inshootlarga triada (funksiya, konstruksiya, estetika) bo‘yicha tarif beriladi. Unda gapning avvali me’morchilikning asosi bo‘lgan turar uylar to‘g‘risida, keyini esa turar uylar me’morligiga asoslangan mahobatli me’morlik to‘g‘risida bo‘ladi. Qo‘llanma fan o‘quv rejasida mashg‘ulotlarning ajratilgan turlariga mos ravishda tuzilgan. Unda mustaqil ishga ajratilgan soatlarda bajarish uchun mo‘ljallangan arxitekturaviy tahlil bayoni ham keltirilgan. Bu qism tahlil o‘tkazishga oid uslubiy ko‘rsatma, shaharsozlik va me’morlik bo‘yicha mavzular va chizma manbalari ro‘yhatidan iborat. Kitobda hududlarga oid o‘quv materialni keltirish tartibi quyidagicha bo‘lishiga harakat qilingan: -davr ta’rifi, bosqichlarga bo‘linish, siyosiy-iqtisodiy hamda madaniy hayot; eng muhim yo‘llar, yirik ariqlar, vohalar, shaharlarning va qishloqlarning joylashuvi; -shaharlarning miqdoriy ko‘rsatkichi- soni, nomlari, o‘rganilganlik darajasi hamda ularning (mumkinlik doirasida qishloqlarning ham) umumiy tuzilishlari va xususiyatlari; -muayyan shaharlar (tarhi, markazi ariqlari, devorlari, darvozalari va boshqalari); -me’moriy majmualar (shakllana boshlanishi, o‘zgarishi, yakuniy kompozitsiyasi); majmualar qaysi davrni ta’riflash ahamiyatliroq bo‘lsa, ular risolaning asosan o‘sha davrga oid qismida ko‘rib chiqilgan; masalan, Termizdagi Sulton Saodat majmuasi - XVI-XVII asrlar materiallari qatorida, Toshkentdagi Xazrati Imom XVIII-XIX asrlar materiallari qatorida tahlil qilingan; -qishloqlar yoki boshqa shaharsozlik (chunonchi bog‘chilik) asarlari; -me’moriy maktablar; -asosiy me’morlik maktablarining umumiy va xususiy jihatlari, jumladan, keng tarqalgan qurilish ashyolari, inshootlar tipologiyasi, konstruksiyasi, estetikasi (hajmiy-fazoviy echimi, bezagi); -turar uylar va saroylar; ularning shahar ichidagi va shahardan tashqaridagi namunalari; -boshqa dunyoviy inshootlar namunalari (ibodatxonalar, dafn imoratlari va boshqalar); -xulosa-davr yakuni. YOdgorliklarning tadqiq qilinishida yozma manbalarni o‘rganish katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston shaharsozligiga va me’morligiga oid manbalarini asosiy uch turkumga ajratish joizdir. 1-turkumdagi manbalarda shaharsozlik va me’morlikka tegishli ozmi-ko‘pmi ma’lumotlar boshqa mavzudagi bayonlar ichida uchraydigan adabiyotdan iborat: Avesta, antik mualliflar ma’lumotlari, Xitoy manbalari, arabiy, forsiy va boshqa tillarda ijod etgan o‘rta asr yozuvchilari-Ibn Xavqal,. Istarhiy, Narshaxiy, Maqdisiy,. Klavixo,. Vosifiy kabi mualliflarning kitoblari, klassik adabiyotimiz namoyondalari-Navoiy,. Bobur, Furqat kabi shoir va yozuvchilarning asarlari, ziyoratchilar uchun mo‘ljallangan safarnomalar, Vamberi, Bartold, Bartels, Ostroumov, Tolstov kabi Evropa va rus sayyoh va sharqshunoslarning asarlari, chor kolonializmi davridagi turli nashrlar (“Sadoi Turkiston”, “Turkestanskie vedomosti” ro‘znomalari), Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg kabi shaharlarning tarixiy arxivlaridagi manbalar (xabarnomalar, bayonlar va boshqalar). 2-turkumdagi manbalar bevosita me’morchilik va shaharsozlikka bag‘ishlangan maxsus maqola va kitoblardan iborat: turli hunarlarga, jumladan me’morlikka bag‘ishlangan o‘rta asr manbaalari (mas. G‘iyosiddin Koshiy risolasi, bog‘ tuzishga bag‘ishlangan «Irshod az-ziroa” risolasi, XVI asr Buxoro ustasining chizmalari, Ahmad Donish bajargan buxoro shahrining sxemalari). Bulardan tashqari mazkur turkumdagi manbalarga shaharsozlik va me’morlik to‘g‘risidagi V.SHishkin, YA.G‘ulomov, V.Lavrov, S.Masson, V.Masson, G.Pugachenkova, L.Rempel, V.Voronina, P.Zohidov, V.Nilsen, L.Mankovskaya kabi olimlarning ishlari, ayrim yodgorliklarni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotchilarning monografik tiynatidagi (xarakteridagi) asarlar, (mas. “Ishratxana” kitobi, V.Massonning “Oltintepa”, A.Asqarovning “Sopollitepa”, G.Pugachenkovaning Manas yoki Arab ota maqbaralari haqidagi asarlari) san’at tarixiga bag‘ishlangan asarlarning me’morlikka oid qismlari, “Arxitekturnoe nasledstvo” yillik nashrlaridagi maqolalar, 12 jildlik “Vseobщaya istoriya arxitekturы” kitoblaridagi O‘rta Osiyoga bag‘ishlangan 1- va 8-jildlar, me’moriy obidalarga bag‘ishlangan o‘zbek va rus tillaridagi bukletlar, ensiklopediyalardagi maqolalar kiradi. Bu o‘rinda yana shuni aytish joizki, O‘rta Osiyo me’morligini o‘rganishda xozirgacha ma’lum bo‘lmagan yozma manbalar kelajakda chiqishi muqarrar. Bunga bir misol. Qadimda turli kasb egalari uchun maxsus risolalar tuzilgan. Me’morlikka oid eski o‘zbek yozuvida bitilib, matni “basmala” bilan boshlangan risola mavjudligi to‘g‘risida og‘zaki ma’lumotlar bor. Afsuski, bunday risolalar o‘rganilmagan, matbuotda e’lon qilinmagan. 3 - turkumdagi manbalar eng yangi bo‘lib, ular Mustaqillik davridagi nashrdan iborat; bu manbalarda so‘ngi yillarda olib borilgan tadqiqot mujassam bo‘lgan; turkumda ayniqsa tarixiy shaharlarimizning yubileylari bilan bog‘liq bo‘lgan nashrlar alohida ahamiyatga egadir. Arxitekturani o‘rganishda chizmalar alohida ahamiyatga ega. O‘zbekiston hududida asosiy chizma manbalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga qarashli madaniyat ob’ektlarini saqlash va ulardan foydalanish boshqarmasida borchizmalar Toshkent Arxitektura-qurilish institutining “Arxitektura tarixi va nazariyasi” tahsilgohida ham mavjud. Download 36.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling