9-mavzu. O’rta Osiyo arxitekturasi tarixining umumiy tavsifi


O‘rta Osiyo me’morligining asosiy jihatlari


Download 36.93 Kb.
bet2/5
Sana09.10.2023
Hajmi36.93 Kb.
#1696391
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-МАВЗУаа

O‘rta Osiyo me’morligining asosiy jihatlari. Me’morlikning shakllanishi uning jug‘rofiy sharoiti bilan chambarchas bog‘liq. U ko‘p jihatdan keskin kontinental iqlim-juda issiq yoz, nisbatan sovuq qish hamda ikki ulkan sahro-Qoraqum va Qizilqum, Orol dengiziga quyuluvchi Sirdaryo va Amudaryolari, shimolda bepayon Qozog‘iston cho‘llari va janubi-g‘arbda past-baland tog‘lar bilan xarakterlanadi. Garchand markaziy Osiyo zaminida inson juda qadimdan yashay boshlaganidan buyon geologik, iqlimiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan bo‘lsada, ular biz ko‘rib chiqadigan zamonlarda me’moriy qonun-qoidalarni sezilarli darajada o‘zgartirgan emas. SHuni ham takidlash joizki, ba’zan daryo o‘zanini o‘zgartirib sohildagi shaharlarni (masalan, Kat, Axsikatni) yuvib ketgan, vohalarning chegaralari o‘zgarib turgan. CHunonchi, Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida madaniy tepalar shaklidagi arxeologik yodgorliklarning ko‘pligi, qadimda bu joylar juda obod bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyo hududida qadimdan odamlar cho‘llarda chorvachilik bilan, vohalarda dehqonchilik bilan, tog‘ oldilarida esa har ikkisi bilan ham mashg‘ul bo‘lishgan. Dehqonchilik uchun yaroqli erlarning nisbatan kamligi ularning nihoyatda e’zozlanishiga sabab bo‘lgan. Insonning mazkur ikki faoliyat turlari, ularning fazoviy muhitlari yonma-yon bo‘lib, bir-birini to‘ldirib turgan. Xunarmandlik markazi bo‘lmish shaharlarda ba’zan nafaqat xunar bilan, balki dehqonchilik bilan ham mashg‘ul bo‘lishgan.
Markaziy Osiyo arxitekturasining tarixi jahon arxitekturasining tarixi tarkibiy qismi bo‘lib, u bilan chambarchas bog‘liqdir. Markaziy Osiyo arxitekturasining rivoji jahon arxitekturasining rivojlanish qonuniyatlariga binoan kamol topdi. Unga tutash bo‘lgan mamlakatlar arxitekturasi ta’sir ko‘rsatdi va o‘z navbatida bu mamlakatlar arxitekturasiga, ayniqsa Temur va temuriylar davrida ta’sir ko‘rsatdi.
Davrlar. Markaziy Osiyo arxitekturasi tarixida olti asosiy davrlarni ajratish maqsadga muvofiqdir.
1. Ilk davr (m.av. VIII asrgacha)-arxeologik davrlardan tashkil topadi; yodgorliklari Markaziy Osiyo arxitekturasining juda qadimiyligini isbot etadi.
2. Qadimgi davr (m.av. VIII-m. V asrlar) – Markaziy Osiyo arxitekturasining dastlabki rivojga yuz tutgan davri hisoblanadi.
3. Ilk o‘rta asrlar (VI-XIII asr boshi)-yangicha arxitektura shakllanishi va rivoj topishi bilan xarakterlanadi.
4. O‘rta asrlar (XIII-XVII asrlar)-o‘z ichiga Markaziy Osiyo me’morligining eng cho‘qqisi bo‘lmish Temur va temuriylar me’morligini ham qamrab oladi.
5. XVIII-XIX asr 1-yarmidan iborat davr arxitekturasida halq me’moriligi ahamiyati o‘sadi.
6. XIX asr 2-yarmi XX asr boshini qamrab olgan davr-Ovrupo arxitekturasining jihatlari namoyon bo‘ladi.
Zikr etilgan asosiy davrlarning tarkibida me’morligi bilan yaqqol farqlanib turadigan davrlar ham mavjudkim, ular quyida ajratilib ko‘rib chiqiladi.

Download 36.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling