9-mavzu: O’spirinlik davrining psixologik xususiyatlari. Oilaviy hayotga psixologik tayyorlash. Psychological features of adolescence. Psychological preparation for family life. Reja


Ilk o’spirinlik davrida yoshlarning shaxsiy xususiyatlari


Download 49.24 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi49.24 Kb.
#1567798
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9 mavzu 3 kurs

Ilk o’spirinlik davrida yoshlarning shaxsiy xususiyatlari
O’spirinlarni hali to’la katta deb hisoblab bo’lmaydi, chunki ularning shaxsiy xususiyatlarida hali bolalikni kuzatish mumkin. Bu ularning fikrlarida, berayotgan baholarida, hayotga va o’z kelajaklari munosabatlarida ko’zga tashlanadi. Ko’pchilik o’spirinlar maktabni tugatish vaqtiga kelib ham kasb: tanlashga nisbatan mas’uliyatsiz yondashadilar. Bu davr o’spirinning axloqan o’z-o’zini anglashi shuningdek, axloqning yangi bosqichiga o’tishi bilan harakterlanadi. Intellekti yaxshi rivojlangan o’spirinlar kattalarni tashvishga solayotgan masala muammolarini tushuna oladilar va ularni muhokama eta oladilar. O’spirinlar juda ko’p muammoli savollarga javob o’ylaydilar. Ularning diqqatini ko’proq axloqiy masalalar tortadi. Agar kichik maktab yoshidagi o’quvchilar uchun axloqiy masalalarni yechish manbai - bu ular uchun o’qituvchilar bo’lsa, o’smirlar bu savollarga javobni ko’proq tengdoshlari davrasida qidiradilar, o’spirin yoshdagilar esa savollarga to’g’ri javobni topishda ko’proq katta kishilar foydalanadigan manbalarga murojaat etadilar. Bunday manbalar asosan real, ko’pqirrali, murakkab insoniy munosabatlar va ilmiy-ommabop, badiiy, publisistik adabiyotlar, san’at asarlari, matbuot, radio, televideniya bo’lib hisoblanadi. Bugungi o’spirinlarga hayotga nisbatan hushyor, aqliy-amaliy qarash, erkinlik va mustaqillik xos. Ular haqqoniy bo’lish tushunchasiga ham real tarzda yondashmoqdalar. Masalan: o’tgan yillardek «haqqoniylik bu hammaga bir xil emas, balki har kimning imkoniyatiga qarab va hammaning ishiga yoki inson manfaatlariga qo’shgan hissasiga qarab belgilanadi», deb tushunadilar va talqin etadilar. Maktabni tugallash vaqtiga kelib, juda ko’p o’smirlar axloqiy jihatdan shakllangan va ma’lum axloq normalari qat’iylashgan xususiyatlariga ega bo’ladilar,
O’spirinlarda axloqiy dunyoharash bilan bir qatorda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, madaniy, diniy va boshqa sohalar bo’yicha ma’lum bir qarashlar vujudga keladi, juda ko’p yillardan beri o’spirinlarni yaxshilik va yomonlik, haqiqat va noqonuniylik, axloqiylik va axloqsizlik masalalari tashvishlantirib keladi. Hozirgi davr o’spirinlari har bir narsaga ishonuvchan yoki salbiy munosabatlarga xos bo’lmay, balki hayotga real, aqliy, amaliy haraydigan, ko’proq erkin va mustaqil bo’lishga intiluvchi yoshlaridir.
O’spirinlar ongli ravishda egallangan axloq normalari asosida o’z hatti-harakatlarini yo’lga solishga intiladilar. Bu esa, avvalo o’spirinning o’zini anglashining o’sishida namoyon bo’ladi. O’zini anglash murakkab psixologik struktura bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- birinchidan, bolada tashqi olamdagi predmet ta’siridan paydo bo’lgan sezgilari o’z tanasi bilan farq qila boshlaganda vujudga keladi;
- ikkinchidan,o’zining shaxsiy «MEN»ligini aktiv faoliyati asosida anglashi;
- uchinchidan, o’zining psixik xususiyati va hislatlarini anglashi;
- to’rtinchidan, ijtimoiy, axloqiy o’z-o’ziga baho berishning ma’lum sistemasini anglashi. Mana shu elementlarning barchasi bir-biri bilan funksional va genetik bog’langandir. Lekin, bularning hammasi sizga ma’lumki, bir vaqtning o’zida shakllanmaydi. Bolaning «men»ligini anglashi taxminan 3 yoshda paydo bo’ladi, bunda bola shaxsiy olmoshni ishlata boshlaydi. Masalan: men, meniki, mendan va hokazo, o’zining psixik sifatlarini anglash va o’z-o’ziga baho berish o’spirinlik yoshida borgan sari ko’proq ahamiyat kasb eta boshlaydi.
O’spirinlar har joyda o’zini ko’rsatish xususiyatiga ega bo’lgan o’smirlik vaqtidayok, o’zlarining shaxsiy xususiyatlarini kuzata boshlaydilar. Ya’ni o’zlarining tashqi qiyofalariga tanqidiy haray boshlaydilar: bo’yining pastligi yoki aksinchasi, semizlik, yuzidagi husnbuzarlar yigit va qizlarni bezovtalantiradi, ular iztirob chekadilar. Kech yetiladigan o’g’il va qizlar yashirin kechinmalar kechiradilar. Kishining o’z obrazi - bu o’spirinlikning o’zini anglashi ancha muhim komponent bo’lib hisoblanadi.
O’spirinlikda o’z shaxsiy hislatlariga baho berish kuchayadi. O’spirin ham o’smir singari o’z qadr-qimmatini, uning nimalarni qilishga arzishi va nimalarga qodir ekanligini benihoya bilgisi keladi.
Kishi o’zi qo’lga kiritgan yutuqlari natijasi bilan baholaydi. Masalan: bola qiyin vaziyatda o’zini yuqotmaydi yoki yosh bolani yong’indan qutqazdi - «Men qo’rqoq emasman» deydi. Ma’lum qiyin topshiriqni bajaradi. «Men qobiliyatliman» - deydi. Axloqqa oid bunday hatti-harakatlar, o’spirinning o’z qatiyligini sinashi hamdir.
Ijtimoiy taqqoslash, ya’ni o’zi haqidagi boshqa ishlarni fikrlarni solishtirishdan iboratdir. Masalan: uvchilar tomonidan «mardlik» deb ma’qullangan hatti-harakatni qiyin «qalbaki o’rtoqlik» deb aytadi. Bunda bolalar o’z hatti-harakatlari to’g’risida o’ylab, bosh qotira boshlaydilar. Shaxsiy «men» obrazi, juda murakkabdir. Xatto kattalarning o’zini anglashi qarama-qarshiliklardan xoli emas. O’spirinlarda yanada kuchliroq bo’ladi. Ba’zi o’spirinlar o’zini kuzatish uchun kundalik daftarlar tutadi. Bu holat qizlarda ertaroq va ko’proq uchraydi. Bu holat shunchaki o’sishni bildirib qolmasdan, balki shaxsda mohiyat jihatidan tubdan boshqacha tarzda o’z shaxsiyatining ma’naviy-ruhiy fazilatlarini, ijtimoiy turmush tarzi, maqsad va vazifalarini anglashi, ularni oqilona baholash zaruratini aks ettiradi. Undagi o’z-o’zini anglash, turmush, yashash, ish, mehnat va sport faoliyatlari tarzida bilan namoyon bo’ladi. uv muassasa, mikromuhitidagi odatlanmagan vaziyat, shaxslararo munosabatlar va muomala ko’lamining kengayishi o’ziga xos tipologik aqliy, axloqiy, irodaviy, hissiy xususiyatlarini oqilona baholash, qo’yilayotgan talablarga javob berish tariqasida yondashish, o’z-o’zini anglashini jadallashtiradi. O’spirin uvchilarining o’z-o’zini anglashga aloqador o’ziga xos xususiyatlari mavjud, ular dastavval o’zlarining kuchli va zaif jihatlarini, yutuq va kamchiliklarini aniqroq baholash imkoniyatiga ega bo’ladilar.
O’spirin uvchining o’smirlik davridagi boladan o’zgacharok yana bir xususiyati - bu murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon hissini anglash, o’z qadr-qimmatini e’zozlashi, sezishi va fahmlashga ko’proq moyilligidir. O’spirin o’quvchida o’zini anglash negizida o’zini tarbiyalash istagi tug’iladi. Natijada unda o’z-o’zini tarbiyalash vositalarini saralash, ularni kundalik turmushga tadbiq qilib ko’rish ehtiyoji vujudga keladi. Lekin, o’zini tarbiyalash jarayoni o’spirin ruhiyatidagi mavjud nuqsonlarga barham berish, ijobiy hislatlarni shakllantirish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki voyaga yetgan kishilarga xos ko’pqirrali, umumlashgan idealga mos ravishda tarkib toptirishga yunaltirilgan bo’ladi. O’quvchilar o’zida shaxsning eng qimmatli fazilatlarini, o’quv va mehnat malakalarini ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam ravishda egallab borishga, shaxsning muayyan bir fazilatlari va hislatlarini hosil qilishga harakat qiladilar; o’z-o’zini tarbiyalash muammolarini, yaxlit ma’naviy ruhiy qiyofani shakllantirishga intiladilar.
O’spirin o’quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni o’quv muassasa, jamoat tashkilotlari, pedagoglar jamoasining tarbiyaviy ta’siri doirasida bulmog’i shart. Toki o’z-o’zini tarbiyalashning takomillashtirishi jamoada munosib o’rin egallashga, ijtimoiy burchni anglash, foydali mehnatga jalb etish ishiga xizmat kilsin. O’z-o’zini tarbiyalash to’g’ri izga solib yuborish uchun uyg’un birlikni tashkil etgan tarbiyaviy chora-tadbirlar majmuasi tarzida ta’sir o’tkazish jamoa majburiyati, o’zaro yordam va nazorat qilish, o’zaro baholash va tanqid qilish kabilar maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy turmushda uchraydigan ba’zi bir yaramas yurish-turish ko’rinishlariga, illatlariga qaqshatqich zarba berish, ularning ta’siridan yigit va qizlarni asrash, yot tashviqot mohiyatiga qarshi kurash olib borish pedagoglar jamoasining bosh vazifasidir. O’spirinlarda balog’atga yetganlik tuyg’usi takomillashib borib, o’z-o’zini haror toptirish, o’z ma’naviy qiyofasini ifodalash tuyg’usi o’sib o’tadi. Bu narsa ularning alohida shaxs ekanligini tan olishga intilishida o’z ifodasini topadi. Buning uchun ayrim yoshlar turli modalarga mayl qo’yish, tasviriy san’atga, musiqaga, kasb-hunarga, tabiatga maftunkor qiziqishlarini namoyish qilishga harakat qiladilar. O’quv va mehnat jamoalari ta’sirida matonat, jasurlik, sabr-toqat, kamtarlik, intizomlilik, halollik kabi insoniy fazilatlar takomillashadi. Xudbinlik, loqaydlik, munofiqlik, laganbardorlik, dangasalik, qo’rqoqlik, g’ayirlik singari illatlarning barham topishi tezlashadi.
O’spirinlar shaxsining shakllanishi jarayonida jamoat tashkilotlarining roli alohida ahamiyat kasb etadi.Ularda faollik, tashabbuskorlik, mustaqillik, qat’iyatlilik, mas’uliyatlilik, o’z harakatlarini tanqidiy baholash singari fazilatlari barharor xususiyat kasb etib boradi. O’spirin yigit va qizlarning jamoatchilikda faol ishtirok etishi orqali muayyan tashkilotchilik qobiliyati namoyon bo’ladi. O’zining kimligi, qandayligi, qobiliyatlari, o’zini nimaga hurmat qilishini aniqlashga intiladilar. Do’st va dushmanlarining kimligi, o’z istaklari, o’zini va tevarak-atrofni, olamni yaxshi bilishi uchun nima qilish kerakligini anglashga harakat qiladi. Ma’lumki, o’spirinlarning hamma savollari anglangan bo’lmaydi. Ba’zan o’spirinlar o’zlaridan hech qanoatlanmaydigan, o’z oldilariga haddan tashkari ko’p vazifalar qo’yadigan, lekin uning uddasidan chiqa olmaydigan bo’ladi. Mana bulardan ko’rinib turibdiki, o’spirinlar o’z-o’zini analiz qilish teranligi va yuksak talablarni bajarish kerakligini o’zida aks ettira boradi. Bu esa o’spirinlarning kelgusi yutuqlari shartlaridan biridir.
O’z-o’zini hurmatlash va uning xususiyatlari quyidagilardan iborat. Demak, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, shaxsning erta o’spirinlikdagi eng muhim hislatlaridan biri o’z-o’zini hurmatlash, o’z-o’ziga baho berish hamda o’zini shaxs deb tan olish yoki olmaslik darajasidir. O’spirinlar o’zlarida shaxsning muayyan kompleks sifatlarini hosil qilishga intiladilar. O’z-o’zini tarbiyalash masalalarida bir butun ma’naviy psixologik qiyofani shakllantirish masalasi qiziqtiradi, Bunda shaxs ideali va namunaning mavjudligi katta ahamiyatga ega. Masalan: o’g’il bolalar - qahramonlik, yaxshi ota, o’qituvchi, vrach yoki badiiy asar hamda kinofilmdagi obrazlarni o’zlariga ideal deb bilsalar; qizlarimiz mehnatkash ayol, jozibali jamoat arbobi, nazokatli uy bekasi yoki ilmiy xodim va hokazo. O’zaro munosabat va emosional hayot o’z mavqyeini belgilashning murakkab muammolarini o’spirinning o’zi hal qila olmaydi. Bu masalani o’spirinning ota-onasi, o’z tengqurlari, o’qituvchilar ishtirokida ularning qo’llab-quvvatlashida hal qila oladi.
Kishilik jamiyati yuzaga kelibdiki, insonlar orasidagi ijobiy va salbiy munosabatlar barcha kishilarning diqqat markazida muhim masalalardan bo’lib kelgan. Shuning uchun bu masalalar qadim zamonlardan boshlab xalq og’zaki ijodi namu­nalarida, doston, qo’shiq va yertaklarda, donishmandlarning fikr va harashlari sifatida o’ziga xos ravishda munosabat bildirish va tahlil qilish obekti bo’lib kelgan.
Qaysi mutafakkir yoki olim, shoir yoki yozuvchining asar­larini olib ko’rmang, ularning hech qaysisi o’z ijodiy faoliyatida inson hissiyotlarining yeng kuchli va sirlisi, serjilo va sehrlisi hisoblangan muhabbatni chetlab o’ta olmagan. Insoniyat bar yekan, muhabbat odamni sirli tuyg’ular olamiga yetaklagan, uni yengib bo’lmas g’ovlardan o’tishga va chqilarni zabt yetishga undagan, uni rag’batlantirgan, unga baxtiyor onlarni tuhfa yet­gan. Hatto o’lim to’shagida yotgan kishiga ham umid bag’ish­lab, hayot nash’asini surdirgan, oddiy kunlariga kamalak jilo­larini arg’umon yetgan, uning atrof-muhitni hamda o’zligini idrok qilishi uchun turtki bo’lgan. Shaxs ruhiyatida hatto o’ziga ham noma’lum bo’lgan qudratni kashf yetgan. Ko’hna va hamisha navqiron hisoblangan bu insoniy tuyg’u hammaga barobar aziz va muqaddasdir.
Sharqda qadimgi Xitoy ilmiy qarashlarida Konfusiy ta’limoti, Hindistonda Budda, Islom olamining muqaddas Qur’on va hadislarida insonlar orasida yaxshi insoniy muno­sabatlarini haror toptirish lozim ekanligi aytib o’tilgan. Deyarli bir davrda, boshqa-boshqa joyda Hindistonda Budda, Xitoyda Konfusiy ta’limotlarida bir g’oya, qarash shakllanganini kuza­tish mumkin: «O’zingga ravo ko’rmagan narsani boshqalarga ravo ko’rma». Konfusiy merosida asosan odamlar orasidagi munosabat, insonparvarlik, do’stlik, insonni sevish jihatlariga keng o’rin berilgan: «Odamlarni sevish va iliq munosabatda bo’lish deganda o’zini inkor yetish yemas, balki boshqa odamlarni ham, o’zini ham bir xil ko’rish kerak» yekanligi talqin yetilgan.
Islom olamining muqaddas kitobi Qur’onda insoniy munosabatlarni tushunish uchun insonlar tomonidan faqat yaxshilik, yezgulik, do’stlikni amalga oshirish kerakligi (79-oyat, Niso surasida), insonlar orasida faqat va faqat yaxshl muno­sabatlar amalga oshirish lozimligi (160-oyatda), bunday munosabatlarni amalga oshirish yesa yaxshilik alomati yekanligi 63, 98, 139-oyatlarida bayon yetilgan.
Hadislarda yesa yaxshi insoniy munosabatlarni qay yo’sinda olib borish lozimligi tushuntiriladi: «Oralaringda salom berishni tarqatinglar, bir-birlaringga muhabbatlaring ziyoda bo’ladi» (142-hadis); shuningdek katta yoshdagilarga ye’tiborli bo’lish (373-hadis); ilm ahliga e’tiborli bo’lish (141-hadis), ota-onalar va farzandlarga mehrli bo’lish kabi munosabatlar asosiy mavzu sifatida yoritiladi.
Yaxshi insoniy munosabatlar va u bilan bog’liq axloq-­odob, tartib-qoidalar O’rta Osiyo mutafakkirlarining o’rganish, kuzatish va munosabat bildirish masalalaridan bo’lib kelgan.
Abu Ali Ibn Sino o’zining «Donishmandnoma» asarida har bir kishi baxtli bo’lishi uchun o’zidagi axloqi, odobi, yurish­ turishi va atrofdagilarga munosabatini ijobiy qilishi kerakligini o’qtiradi. Abu Ali ibn Sino o’z asarlaridan birida kuchli muhab­batni izohlar yekan, uni kasallik sifatida ta’riflaydi va «davola­nish» yo’llarini ko’rsatib o’tadi: muhabbat o’tida qiynalib azob chekayotgan ikki qalbni birlashtirishni maslahat beradi. Shuningdek u yana ma’lum obektiv sabablarga ko’ra, ya’ni dinidagi, salomatligidagi, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishidagi va shu kabi tafovutlarga asoslanib qalblarni birlashtirish imkoni bo’lmasa, unda odamning ruhiy xususiyatlariga ko’ra turlicha davo choralarni qo’llashni tavsiya yetgan. Masalan, hissiyotni boshidan kechirayotgan odamni sevgilisidan sovutish, hissiyot­ni zaiflashtirish, hissiyotni boshqa shaxsga ko’chirish, chalg’itish, organik yehtiyojlarni qondirish orqali muhabbat his­larni susaytirish shular jumlasidandir.
Abu Rayhon Beruniy yesa insonning tashqi qiyofasi, uning axloqiy qiyofasi bilan uzviy bog’liqligini, kishidagi olijanoblik va orastalik insonlar bilan muomalasida muhim o’zak yekanligi­ni asoslaydi. Yusuf Xos Hojib insonlar bilan do’st bo’lish uchun asosiy kalit «bu tildir, til tufayli kishi o’z ilmi, aqliga jilo beradi. So’zni o’ylab so’zlash, uning ulug’ bo’lishiga olib keladi, yoki o’ylamay so’zlansa, uning qadrini tushiradi» kabi fikrlari orqali insoniy munosabatlarda muomalaga yuqori ye’tibor berish ke­rakligini uqtiradi.
Xoji Ahmad Yassaviy hikmatlarida yesa har bir insonning orzusi insonlar bilan yaxshi munosabatda bo’lish, do’st ort­tirish, sevish va sevilish yekanligi ko’rsatib berilgan.
Faylasuf shoir Umar Xayyom ruboiylarda ikki kishi orasidagi munosabatlarda bir-biriga do’stlik, mehr ko’rsatish, ye’tibor berish shu insonlarning shaxs sifatida rivojlanishiga kat­ta zamin yaratishi ifodalanadi.
Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shahri» asarida axloq-­odobga loyiq inson ikki fazilatiga yega bo’lmog’i lozimligi va bu fazilatlar tarkibida muomala odobi, insonlarning o’zaro bir-biri bilan xush muloqotligi, do’stligi kabilarni kiritadi. Mutafakkirning fikricha, insonga uni go’zal amallar qilishi uchun yo’naltiriladigan odat mahsuli bo’lishiga yetuk xulq lozim. Xulqning yaxshiligi hatti-harakatlarda me’yor qay darajada saqlanganligi bilan belgilanadi. Odobni esa u badavlatning davlatini bezaydigan va kambag’alning kambag’alligini o’g’ir­laydigan axloqiy hodisa sifatida ta’riflaydi.
Kaykovusning «Qobusnoma» asarida: «Shundoq kishini do’st tutinginki, senga uning suhbatidan rohat kesin. Shunda uni qabul qil, chunki oshiqlik boshqa va do’stlik boshqadir», - deyilgan bo’lsa, «Xotamnoma» asarida yesa saxiylik, to’g’rilik, rostgo’ylik, sevgi va sadoqat, odamlar o’rtasidagi do’stlik va muruvvat, tinchlik va farovonlik kabi yezgu g’oyalar tarannum yetilgan.
Alisher Navoiyning «Mahbub-ul-qulub» asarida kishi xulq­-atvorida namoyon bo’ladigan odob va tavoze do’stlik paydo bo’lishida yeng asosiy shart sifatida haraydi:»Tavoze-kishiga halqning muhabbatini jalb qiladi, odamlarni u bilan do’stlashtira­di. Tavoze - do’stlik gulshanida toza gullar ochadi va gulshanda oshnolik va ulfatchilik bazmiga xilma-xil gullar sochadi».
Sharq mutafakkirlari asarlarining tahlilli shuni ko’rsatadiki, ularrning boy va sermazmun meroslari o’ziga xos yensiklopediya hisoblanadi. Bu merosni biz ib, o’rganib shu kunlarda ham uni hayotga tatbiq yetish kerakligini tan olamiz.
Qadimgi yunon faylasufi Aflotun (Platon) o’z dialoglarida insondagi hislardan bo’lmish sevgi-muhabbatning ma’nosini tushuntirib deydi: «Muhabbat hissi mangu, negaki u na tug’il­ganini, na mag’lubiyatini, na ko’payganini, na kamayganini bi­ladi». Aflotun muhabbat haqidagi fikrlarini rivojlantirib, odamlar uning haqiqiy ahamiyatini anglab yetmasliklari, «agar ular muhabbatning haqiqiy kuchini va qudratini anglab yetganlarida yedi, ular uning uchun buyuk haykallar qurib, katta qurbonliklar keltirar yedilar. .. «, deydi. Aflotun harashlariga ko’ra sevgi va muhabbat tuyg’ulari insondagi tana go’zalligini ko’rish bilan cheklanmaydi, buning uchun qalb go’zalligini ham tushunish lozim yekanligi, muhabbat yo’lida o’ziga xos bilimlar va yo’l yegallanishi kerakligi uqtiriladi. Deyarli yigirma olti asr avval aytilgan bu fikr va harashlar bizning davrimizda ham o’z ijti­moiy ahamiyatini, qadrini va qimmatini yotmagandir.
Arastu (Aristotel), qadimgi yunon faylasufi birinchi navbat­da muhabbat tuyg’usida oila va jamiyat uchun foyda qidiradi, masalan, oilada muhabbatning maqsadi do’stlik yekanligini uqti­radi. Arastu fikricha, sevgidagi do’stlik hissiy intilishga nisbatan ye’tiborliroqdir, sevgi shu tufayli aksariyat holda do’stlikdan ke­lib chiqadi. Agar u ko’p holda do’stlikdan kelib chiqsa, demak, do’stlik sevgining maqsadi yekanligi ayon bo’ladi.
Qadimgi rim so’z ustasi, faylasufi Mark Tuliy Siseron yesa bu tuyg’uni qandaydir mavhumlik deb haraydi. Bu insonda tel­balik, aqlsizlikni vujudga keltiradi, shuning uchun undan saqlanish lozim yekanligini uqtiradi. Siseron: «Agar muhabbat tabiiy hissiyot bo’lganida yedi, u holda hamma sevardi, doimo sevardi, o’ylamasdan, uyalmasdan, to’yinmasdan sevardi».
Yunon axloqparvar faylasufi Plutarx harashlarida insoniylik va ma’rifat g’oyalari mujassamlashgan. Uning fikrlari asosan oilaviy munosabatlarni barharor olib borishga, shaxsning o’zini bilib olib boshqalarga munosabat ko’rsatishi kerakligiga qaratil­gandir. Uning fikricha, sevish sevilishga nisbatan ancha ma’quldir, chunki, sevish orqali kishi ko’p nuqsonlardan, xato­lardan halos bo’lishi, atrofidagilarni boshqacha tushunishi va boshqacha munosabatda bo’lishga qodir bo’la olishiga kuch topa oladi.
G’arb faylasuf mutafakkirlarining harashlari va asarlarida, diniy harashlarda sevgi, do’stlik kabi yemosional munosabatlar va hissiyotiar mavzusi markaziy o’rinni yegallagan. Biroq ularda ilgari surilgan ilmiy g’oyalar bu hislarning inson uchun ahamiyati yoki zararini ta’kidlash bilan, shu tushunchalarga ta’rif berish darajasida qolgan.

Download 49.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling