9-mavzu. O’zbek xonliklarining
Download 385.85 Kb. Pdf ko'rish
|
семинар онлайн
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlash va o‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar.
- Tasvirlangan voqeliklardan qanday xulosalar chiqarish mumkin
- 10-mavzu. Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi. Sovet hokimiyatining O’zbekistonda amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy siyosati (2 soat)
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
- Ushbu xulosaga munosabatingiz qanday Adabiyotlar
- Keys 1 Tasvirlangan voqeliklardan qanday xulosalar chiqarish mumkin
- Adabiyotlar
- 12-mavzu. O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirilish Reja
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1.
- Bu borada amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tahlil qilib bering. Adabiyotlar
9-mavzu.
Mustamlakachilik zulmiga milliy ozodlik harakati. Jadidchilik Reja: 1. Podsho Rossiyasining Turkistonni zabt etish uchun olib borgan harbiy harakatlari. 2. Rossiya imperiyasi hukmron doiralarining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati: o‘lka iqtisodiyotining imperiya manfaatlariga bo‘ysundirilishi. 3. Mustamlakachi hukmronlikka qarshi Turkiston xalqlari olib borgan ozodlik harakatlari (XIX asr 80-90 yillari). 1916 yilgi xalq qo‘zg‘oloni. 4. Jadidchilik harakati.
1. Podsho Rossiyasining Turkistonni zabt etish uchun olib borgan harbiy harakatlari haqida so‘zlab bering. 2. Rossiya imperiyasi hukmron doiralarining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati: o‘lka iqtisodiyotining imperiya manfaatlariga bo‘ysundirilishining sabablarini aytib bering. 3. Mustamlakachi hukmronlikka qarshi Turkiston xalqlari olib borgan ozodlik harakatlari (XIX asr 80-90 yillari) va 1916 yilgi xalq qo‘zg‘oloni haqida nimalarni bilasiz? 4. Jadidchilik harakati va milliy uyg‘onish haqida so‘zlab bering.
1916 yil birinchi jahon urushining iqtisodiy asoratlari mehnatkash aholi bo’ynida og’ir yuk bo’lib turgan vaqtda Nikolay 11 ning «Imperiyadagi begona xalqlar erkak aholisini harakatdagi armiya rayonlarida harbiy inshootlar va shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo’lgan boshqa har qanday og’ir ishlarga jalb qilish» haqidagi farmoni chiqdi. Ushbu farmonga ko’ra Sibir, O’rta Osiyo, Qozog’iston, Kavkaz ortidan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo’lgan 400 ming kishini mardikorlikka olish boshlanib ketdi. Bu farmonga ko’ra, o’lkadagi har besh xonadondan mardikor olinadigan bo’ldi. Tasvirlangan voqeliklardan qanday xulosalar chiqarish mumkin? «Jadid» arabcha so’z bo’lib, «yangi» degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun ham yangilik va islohotchilikka intiluvchi, yangilik yaratuvchi faoliyat bilan mashg’ul bo’lgan taraqqiyparvar, ilg’or ruhdagi milliy ziyolilar tarixda «jadid» degan nomga musharraf bo’ldilar. Ularning harakati esa jadidchilik deb nomlandi. Bu harakatning paydo bo’lishi bevosita o’sha davrdagi ichki muhit hamda tashqi xalqaro maydondagi ijtimoiy-siyosiy va demokratik yangilanishlar bilan bog’liq bo’ldi.
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – Toshkent: Sharq, 1998. 2. Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar edi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2005. 3. Murtazaeva R.X. va boshqalar. O‘zbekiston tarixi. Darslik. – Toshkent, 2003. 4. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligidavrida. O‘zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. – Toshkent: Sharq.2000. 5. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Meros, 2002.
1. Fevral inqilobining Turkistonga ta’siri. 2. Oktyabr to‘ntarishi. Turkistonda sovet mustabid tuzumining o‘rnatilishi. 3. Turkiston (Qo‘qon) Muxtoriyatining tashkil topishi va unga sovet hokimiyati tomonidan chek qo‘yilishi. 4. Turkiston mintaqasida sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat va uning tarixiy ahamiyati
1. 1917 yil fevral inqilobining Turkistonga ta’siri, muxtoriyatchilik harakati haqida aytib bering. 2. Oktyabr to‘ntarishi. Turkistonda sovet tuzumining o‘rnatilishi, bolsheviklarning mustamlaka va shovinistik siyosati haqida so‘zlab bering. 3. Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning faoliyati haqida nimalarni bilasiz? 4. Turkiston mintaqasida sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat va uning tarixiy ahamiyatini aytib bering. 5. 1920-1921 yillardagi yer-suv islohoti va yangi iqtisodiy siyosat (NEP) haqida nimalarni bilasiz?
Jadidchilik 1917 yilda ma’rifatchilik harakatidan siyosiy harakat darajasiga allaqachon ko’tarilgan edi. O’sha 1917 yilning o’zida to’rt marta Butunturkiston musulmonlari qurultoyi o’tkazildi. 1917 yil 16-23 aprelda Toshkentda bo’lgan II-qurultoyda demokratik Rossiya tarkibida Turkiston Muxtoriyatini tashkil etish g’oyasi olg’a surildi. Bu g’oya Turkiston xalqlarining o’z milliy davlatchiligini tiklash yo’lidagi dastlabki qadami edi. Tasvirlangan voqeliklardan qanday xulosalar chiqarish mumkin? Toshkentda nashr qilingan «Ulug’ Turkiston» gazetasida yozilishicha, «Qurultoy Mulla Muhammadxo’ja eshon va Mulla Siddiqxo’ja eshonlarning boshqaruv shakli haqida»gi nutqlarini tinglab, duoyu ijobat ila Turkiston Muxtoriyatini tayin etishga jazm qildi. Qurultoy muxtoriyatga «Turkiston Federativ Respublikasi» degan nomni qo’yib, parlament respublikasi asosida tuzilajak bo’lg’usi davlat tuzumining bosh tamoyil va me’yorlarini belgilab berdi. Keys Yer-suv islohoti 1922 yil kuzida o’z poyoniga etdi. Uni amalga oshirish davomida hamma joylarda, qishloq va ovullarning yersiz va kam yerli mahalliy dehqonlarini birlashtirgan «Qo’shchi» uyushmalari tashkil etila boshladi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, «Qo’shchi» Turkiston dehqonlari uyushgan birinchi tashkilot emas edi. 1918 yildayoq Toshkent «Dehqon» ittifoqi vujudga kelgan edi. Markaz Turkiston o’lkasiga asosiy xom-ashyo bazasi sifatida qarab kelganligi bois, o’lka qishloq xo’jaligining bosh sohasi hisoblangan paxtachilikni rivojlantirishga alohida e’tiborini qaratgan. Xususan, RKP(b) MKning 1922 yil 11 yanvaridagi «Turkiston Kompartiyasiga» deb nomlangan xatida, Turkiston Kompartiyasining qishloq xo’jaligi sohasidagi faoliyatida birinchi o’ringa sug’oriladigan yerlarda ekin maydonlarini tiklash, paxtachilikni rivojlantirish hamda mavjud sug’orish tizimini tuzatish masalalari hal etilishi lozimligi ta’kidlangan edi. Tasvirlangan voqeliklardan qanday xulosalar chiqarish mumkin? 20-30 yillarda mustabid tuzumga qarshi fikr bildirganlarni ta’qib ostiga olish avj oldi. Ayni shu paytda «18 lar guruhi», «inog’omovchilik», «qosimovchilik» kabi siyosiy ishlar to’qib chiqarilgan edi. Ushbu xulosaga munosabatingiz qanday? Adabiyotlar 1. O‘zbekiston tarixi (1917-1994 yy.) – Toshkent: O‘qituvchi, 1996. 2. O‘zbekiston qaramlik va mustaqillik yillarida. – T., 1996. 3. Murtazaeva R.X. va boshqalar. O‘zbekiston tarixi. Darslik. – Toshkent, 2003. 4. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Meros, 2002. 5. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. O‘zbekistonning yangitarixi. 2-kitob. – Toshkent: Sharq.2000. 6. R.Abdullayev, M.Rahimov, Q.Rajabov. O’zbekiston tarixi (1917-1990 yillar). I kitob.- Toshkent: “O’zbekiston” . 2019 11-mavzu. O’zbekistonda sovet davlatining amalga oshirgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy siyosati va uning oqibatlari ( 1946-1991 ( 2 soat ) Reja: 1. Sobiq ittifoqda ma’muriy buyruqbozlik tizimi va totalitar tuzumning qaror topishi. Milliy respublikalar huquqlarining cheklanishi 2.O’zbekistonda “katta terror” yoki “Quloqlar operatsiyasi” va uning oqibatlari 3. Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi 4. XX asrning 46-85-yillarida O’zbekisron iqtisodiy hayoti 5. “Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik” madaniyatning oqibatlari 6. Ekologik muammolar. Orol fojiasi 5. Sovet Ittifoqida turg’unlik holati. XX asrning 80-90-yillarida O’zbekistonning ijtimoiy siyosiy hayoti
Tasvirlangan voqeliklardan qanday xulosalar chiqarish mumkin? O’zbekiston hukumati milliy harbiy qo’shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdi. 1941 yil 13 noyabrdan 1942 yil martigacha 14 ta milliy harbiy qo’shilma, jumladan, 9 ta o’qchi brigada, 5 ta otliq askarlar diviziyasi tuzilib frontga jo’natildi. Umuman, urush boshlarida 6,5 million kishidan iborat bo’lgan O’zbekiston aholisining 1.433.230 tasi urushga safarbar etilgan. Ularning ko’pchiligi mardlik namunalarini ko’rsatib, jangovar orden va medallar bilan taqdirlandi. Chunki ota va onalar, O’zbekiston xalqi o’z o’g’lonlarini frontga jo’natar ekanlar, ularga bosqinchilarga qarshi sharaf bilan kurashish, o’tmishda bosqinchilarga qarshi kurashlarda g’olib chiqqan qahramonlarning jangovar jasoratlaridan namuna olishni, mard, botir askar bo’lib, dushmanlar ustidan g’alaba qozonishlarini tilab qolgandilar .
2-jahon urushidan keyingi yillardan 1991 yilga qadar bo’lgan davr sobiq Ittifoq tarkibida bo’lgan O’zbekiston xalqi uchun nihoyatda og’ir kechdi. Xalq xo’jaligini tiklash ishlari, eng muhim xomashyo bo’lgan paxta etishtirish ishlari o’tkir tus olib, paxta yakkahokimligini keltirib chiqardi. Aholi turmushi og’irlashdi. 80-yillarning o’rtalariga kelib SSSRning parchalanishi real ob’ektiv haqiqatga aylanib qoldi. Milliy ongni o’sishi, o’zbek tili masalasini kun tartibiga qo’yildi. R. Nishonov boshchiligidagi respublika rahbariyati bu harakat o’rtaga tashlagan muammoni hal qilishga emas, aksincha bu harakatni «jamiyatga qarshi» deb, uni barham toptirishga, qonunchilik, oshkoralik va ommaviy talablarga rioya qilish oqimiga burib yuborishga urindi.
Demokratik taraqqiyparvar kuchlar qo’ygan masalani I.Karimov boshchiligidagi yangi rahbariyat o’z vaqtida anglab etdi va uni hal etishga kirishdi
1. O’zbekistonning sovet totalitar tizimi domiga olina borishi jarayoni qay tarzdakechgan? 2. Respublikamiz milliy kuchlarini bo’lib tashlash Markazga nima uchun kerak bo’ldi? 3. “Inog’omovchilik”, “Qosimovchilik” singari guruhlar hamda ularning faoliyatito’g’risida soxta “ishlar” to’qib chiqarishdan ko’zlangan maqsad nima edi? 4. Nima sababdan o’tgan asrning 30-yillarida O’zbekistonda rahbar kadrlar qatag’on qilindi va ularga qanday “ayblar” qo’yildi? 5. Ilg’or o’zbek ziyolilarining qatliom qilinishini qanday izohlash mumkin? 6. Totalitar tuzum ma’murlarining inson huquqlari va erkinliklari masalasi borasidagi munofiqligi va ikkiyuzlamachiligini siz qanday izohlaysiz? 7. Yer-suv islohotining birinchi va ikkinchi bosqichio’rkazilshi va oqibatlari haqida ma’lumot bering.
8. Kollektivlashtirish va quloqlashtirish siyosati, uning oqibatlarini tushuntirib bering. 9. Urushdan keying yillarda O’zbekistonda sanoatning qaysi tarmoqlari rivojlantirildi? 10. “Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat”ning oqibatlari haqida fikr bildiring. 11. Ekologik muammolarning kelib chiqish sabalarini ayting. 12. Orol dengizining qurishi qanday salbiy oqibatlarga olib keldi? 13. “Paxta ishi” va uning oqibatlari haqida gapiring
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – Toshkent: Sharq, 1998. 2. Karimov I.A.O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. – Toshkent, 1995. 4. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent: O‘zbekiston, 2012. 5. Murtazaeva R.X. va boshqalar. O‘zbekiston tarixi. Darslik. – Toshkent, 2003. 6. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Meros, 2002. 7 Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova. O’zbekiston tarixi.Darslik, – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2006.
8. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligidavrida. O‘zbekistonningyangitarixi. 2-kitob. – Toshkent: Sharq.2000. 9. R.Abdullayev, M.Rahimov, Q.Rajabov. O’zbekiston tarixi (1917-1990 yillar). I kitob.- Toshkent: “O’zbekiston” . 2019 10. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. O‘zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. – Toshkent: Sharq.2000. 11. Shamsutdinov R. O’zbekistonda sovetlarning quloqlashtirish siyosati va uning fojeali oqibatlari. – T.: Sharq,2001 12. R.Abdullayev, M.Rahimov, Q.Rajabov. O’zbekiston tarixi (1917-1990 yillar). I kitob.- Toshkent: “O’zbekiston” . 2019
1. O‘zbekiston davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi – o‘zbek xalqi hayotida mislsiz tarixiy voqea. 2. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. 3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. 4. O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlarini shakllantirish yo‘li. «O‘zbek modeli». Uning tamoyillari.
1. O‘zbekistonning mustaqillikka erishish arafasidagi ijtimoiy-tarixiy jarayonlar haqida ma’lumot bering. 2. I.A.Karimov – O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi va etakchisi sifatida ko‘rsatgan ma’naviy jasorati haqida so‘zlab bering. 3. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? 4. O‘zbekistonning o‘z xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li, siyosiy islohotlar haqida so‘zlab bering.
Mustaqil O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tarixiy an’analarga, dunyo tajribalariga, o‘lkaning o‘ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni siyosiy jihatdan tubdan isloh qilish yo‘llarini ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita bosh vazifa: 1.Eski ma’muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish; 2.Yangi davlatchilikning huquqiy va siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalarini hal qilishdan iboratdir. Davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishning yo‘llarini ko‘rsatib berar ekan, Birinchi Prezident I.A.Karimov eng avvalo bu vazifa hokimiyat barcha tarmoqlarining bir- biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlashga bog‘liqligini uqtiradi.
1. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992. 2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – Toshkent: Sharq, 1998. 3. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. 1-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. 4. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –Toshkent: O‘zbekiston, 2012. 5. Murtazaeva R.X. va boshqalar. O‘zbekiston tarixi. Darslik. – Toshkent, 2003. 6. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Meros, 2002. 7. Mustaqil O‘zbekiston. O‘zbekistonning yangi tarixi. 3-kitob. –Toshkent: Sharq. 2000.
1.Iqtisodiy islohotlar, uning strategiyasi, ustuvor yo‘nalishlari va bosqichlari. 2. Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi. 3. Diniy qadriyatlar va islom ma’naviyatining tiklanishi. 4. O‘zbekistonning milliy istiqlol g‘oyasi, uning aholi ongiga singdirish zarurati.
1.Iqtisodiy islohotlar, uning strategiyasi, ustuvor yo‘nalishlari va bosqichlarini aytib bering. 2. Mustaqillik yillarida ma’naviy qadriyatlarning tiklanishini qanday izohlaysiz? 3. Diniy qadriyatlar va islom ma’naviyatining tiklanishi borasida qanday tadbirlar amalga oshirildi? 4. O‘zbekistonning milliy istiqlol g‘oyasi, uning aholi ongiga singdirish zarurati haqida gapirib bering. Keys O‘zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib o‘zimizning ijtimoiy –iqtisodiy taraqqiyot yo‘limizni belgilash dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi bo‘lib qoldi. O‘zbekiston tanlagan islohotyo‘l iijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilib dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o‘zining hayotiyligini namoyish etmoqda.
1. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992. 2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – Toshkent: SHarq, 1998. 3. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. 1-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. 4. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –Toshkent: O‘zbekiston, 2012. 5. Murtazaeva R.X. va boshqalar. O‘zbekiston tarixi. Darslik. – Toshkent, 2003. 6. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Meros, 2002. 14- mavzu: O’zbekiston va jahon hamjamiyati Reja: 1. XXI asr bo’sag’asida xalqaro vaziyat.Mustaqil O’zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo’shilishi 2. O’zbekiston va Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi 3. Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida hamkorlik aloqalari 4. O’zbekistonning Osiyo mamlakatlari bilan o’zaro manfaatli aloqalari 5. O’zbekistonning AQSH va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorligi
1. O’zbekiston qachon BMT ga qabul qilindi? 2. 1999 yil noyabrda YXXT ning Istambul sammitida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov qanday taklifni ilgari surdi? 3. “Shanxay forumi” yoki “Shanxay beshligi ” qay tariqa vujudga kelgan? 4. YUNESKOning jfhon madaniyqadriyatlar ro’yxatiga kiritilgan shaharlarni ayting Adabiyotlar 1. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992. 2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – Toshkent: SHarq, 1998. 3. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. 1-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. 4. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –Toshkent: O‘zbekiston, 2012. 5. Murtazaeva R.X. va boshqalar. O‘zbekiston tarixi. Darslik. – Toshkent, 2003. 6. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O‘zbekiston tarixi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Meros, 2002. Download 385.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling