9-mavzu: O‘zbekiston respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar. Reja
Download 57.89 Kb.
|
9-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O‘ZGARISHLAR.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari.
9-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O‘ZGARISHLAR. Reja: Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari. Aholini turmush darajasini yuqori darajada ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati. Tayanch so‘z va iboralar:Ijtimoiy soha, aholi daromadi, arzon uy-joy, korrupsiya, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, aholi turmush darajasi, ijtimoiy soha, kam ta’minlangan oila, ishsizlik nafaqasi. Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash, yo‘l-transport muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki. O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish. Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘zbekistonda mustaqillik e’lon qilingandan so‘ng aholi turmush darajasini yuqori daraja ta’minlash, inson manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va uni har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki davridayoq, davlat ijtimoiy siyosatining asoslari yaratilib, amalga oshirila boshlandi. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosat ustuvor yo‘nalish hisoblanadi va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir: ♦ Ijtimoiy siyosatni o‘tkazishda davlatning boshqarish funksiyasiga egaligi; ♦ Ijtimoiy islohotlarning bosqichma-bosqichligi; ♦ Aholining yashash darajasini keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik; ♦ Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari mahallalar orqali aholiga aniq manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish; ♦ Ijtimoiy islohotlarning iqtisodiy va huquqiy asoslarini yaratish. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilangan: ♦ Aholining iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash; ♦ Mahsulot, xizmat va uy-joyning kuchli ichki iste’mol bozorini shakllantirish; ♦ Aholining to‘lov talablarini keng miqyosda qondirish va uning o‘sishini ta’minlash; ♦ Aholining daromad va mulkka egalik darajasining keskin tabaqalashuvining oldini olish; ♦ Ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan zarur kafolatni ta’minlash. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda davlat ijtimoiy siyosati quyidagi asosiy yo‘nalishlarda olib borilmoqda: ♦ Davlat ijtimoiy iste’mol fondlarini tashkil etish va ulardan jamiyatning har bir a’zosining foydalanishini kafolatlaydigan qonunlarni qabul qilish; ♦ Davlatning markazlashgan ijtimoiy sug‘urta fondini tashkil etish; ♦ Ko‘rsatilgan xizmatlar va samarali mehnatlari uchun davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar; ♦ Ish haqi va pensiya minimumining davlat tomonidan kafolatlanishi; ♦ Ko‘p bolali oilalarga to‘lanadigan nafaqalar; ♦ Kam ta’minlangan aholi tabaqalariga moddiy yordam ko‘rsatish; ♦ Bolalikdan nogiron va boshqa mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; ♦ Talabalar uchun to‘lanadigan davlat stipendiyalari; ♦ Ishsizlik nafaqasi; ♦ Eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari turlarini belgilangan narxlarda sotilishini ta’minlash; ♦ Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjet hisobidan qoplash; ♦ Ijtimoiy sohaning eng muhim tarmoqlari (sog‘liqni saqlash, ta’lim, jismoniy tarbiya, sport va madaniyat) moddiy bazasining rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash. Demak, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan. Buni ijtimoiy sohadagi islohotlarni amalga oshirish orqali ta’minlash mumkin. Chunki, har qanday jamiyatning rivojlanganlik darajasi ijtimoiy masalalarning qay darajada hal etilayotganiga bog‘liq. Ijtimoiy masalalar mamlakat taraqqiyotining muhim omili sifatida iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etadi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasida davlat ijtimoiy siyosati ijtimoiy islohotlarni davomli amalga oshirib borish orqali aholi turmush darajasini barqaror o‘stirib borishdan iboratdir. Download 57.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling