9-mavzu. Patentga loyik konstruktsiyalarni aniklash
Download 32.69 Kb. Pdf ko'rish
|
9-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: Patentga loyiq konstruksiyalarni aniqlash Patent
Reja: 1.Patent tushunchasi va turlari. 2. Patentga loyiq konstruktsiyalarni aniqlash. 3. Intellektual va sanoat mulki. 4.Patent tozaligi. Patent tozaligining shartlari. MAVZU: Patentga loyiq konstruksiyalarni aniqlash Patent ( lotincha : patens — ochiq, aniq, ravshan) — texnik yechim yoki ixtironing davlat tomonidan eʼtirof etilganligini va ixtirochining oʻz ixtirosiga olgan mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat. Patent olish jarayoni, patent oluvchining maʼsuliyatlari va eksklusiv huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir. Shunday boʻlsa ham, har bir patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing biror-bir yangilik kiritayotgani haqida maʼlumot boʻlishi kerak. Koʻp mamlalakatlarda berilgan eksklusiv huquqlar boshqalar patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qoʻllanishi, sotishi yoki tarqatishi oldini oladi. Ixtirolar uchun patent olish tartibi -“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida”gi Qonunga ko’ra, ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma topshirish tartibi quyidagilarni o’z ichiga oladi: patent olish uchun talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning vorislari tomonidan Agentlikka taqdim etiladi; patent olish uchun talabnoma shaxsan, patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali berilishi mumkin. -Ixtiroga talabnoma quyidagilardan iborat bo’ladi: ixtiro muallifi (hammualliflari) yoki patent olish so’ralayotgan shaxs nomi, shuningdek, ularning turar joylari yoki manzillari ko’rsatilgan holda yozilgan patent berish to’g’risidagi ariza; ixtiro mohiyatini to’liq ochib beruvchi, uni amalga oshirish uchun yetarli bo’lgan bayoni; ixtironing mohiyatini ifodalovchi va bayoniga to’liq mos tushuvchi formulasi; agar ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur bo’lsa, chizma va boshqa materiallar; ixtiro referati. Download 32.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling