Tekshird: Bektemirov A Bajardi: Uchqunov T Guruh: IK-S-519 patent - Eng avvalo muhofaza hujjati (patent, guvohnoma) berishga tegishli talabnomani tuzish va uni Patent idorasiga taqdim etish zarur. Bunda masalan, ikki ixtirochi bir–biridan mustaqil ravishda bir–biriga o‘xshash ixtiro yaratgan bo‘lsa, bu bir xil ob’ektga egalik huquqi kim birinchi bo‘lib to‘g‘ri tuzilgan talabnomani Patent idorasiga taqdim etsa, o‘sha kishiga tegishli bo‘ladi. Unda ustuvorlik bor deb hisoblanadi.
Litsenziya - Litsenziya (lot. licentia — ruxsatnoma, huquq) — 1) vakolatli davlat organlari tashqi savdo harakatlarini olib borish uchun beradigan ruxsatnoma. Eksport va importni, valyuta sarflarini nazorat qilish usullaridan biri. Odatda, 1 yilga beriladi; 2) texnikaviy, iqtisodiy, ilmiy yangiliklar egasining ularni ishlatish uchun shartnoma asosida beradigan ruxsati. Odatda, L. patent olingan yoki patent olish uchun talabnoma berilgan ixtirolarga nisbatan qoʻllaniladi. Ammo ixtirolarga, texnika yangiliklariga, ishlab chiqarish tajribasi, ishlab chiqarish sirlari, tijorat axborotlari uchun patentsiz ham berilishi mumkin. L. beruvchi litsenziar, L. oluvchi litsenziat deb yuritiladi.
Sertifikat - Sertifikat (lot. sertum — aniq va facere — qilmoq) — 1) davlat organlarining moliyaviy majburiyati, zayomi; 2) sugʻurta S.i — sugʻurta shartnomasi shartlarini ifodalaydigan hujjat; sugʻurta polisi oʻrniga oʻtadi; 3) omonat (depozit) S.i — bankka qoʻyilgan omonat summasini tasdiqlovchi qimmatdor qogʻoz va belgilangan muddat oʻtgach, omonatchi (S. saqlovchi)ning omonat summasini va Sdan shartlashilgan foizlarni S. bergan bankda yoki uning boshqa istalgan shoxobchasida olish huquqi; 4) mahsulot sifatiga guvohlik beruvchi hujjat, unda mahsulotning sifati, xuyeusiyatlari, foydalanishta oid baʼzi koʻrsatmalar, mahsulot ishlab chikarilgan joy yoki firma nomi, shuningdek, mahsulotning xavfeizligi va yarokliligiga oid maʼlumotlar aks etgan boʻladi. Shuning uchun ham koʻp hollarda sifat S.i deb ham ataladi
Qonunga muvofiq patent olish uchun quyidagilar talabnoma berishi mumkin: - -sanoat mulki obyekti muallifi (mualliflari) yoki uning merosxo‘ri;
- -muallifning vorisi, ya’ni muallif shartnoma asosida o‘z huquqlarini bergan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs;
- -muayyan ixtiro, foydali model va hokazo xodim o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda yaratilgan hollarda muallifning ish beruvchisi (firma, korxona). Yana bir marta qayd etib o‘tamizki, huquqlarning berilishi muallif hamda ish beruvchi o‘rtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Patent idorasi intellektual mulk obyektlariga talabnomalarni ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi va davlat ekspertizasini o‘tkazadi. Davlat ekspertizasini o‘tkazish ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, unda talabnoma berilgan obyektning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. - Patent idorasi intellektual mulk obyektlariga talabnomalarni ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi va davlat ekspertizasini o‘tkazadi. Davlat ekspertizasini o‘tkazish ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, unda talabnoma berilgan obyektning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
Qonunga muvofiq ko‘rsatilgan obyektlar uchun quyidagi mezonlar belgilangan: - Qonunga muvofiq ko‘rsatilgan obyektlar uchun quyidagi mezonlar belgilangan:
- -ixtirolar uchun- uning yangiligi, ixtiro darajasi va sanoatda qo‘llanilishi;
- -foydali model uchun- uning yangiligi va sanoatda qo‘llanilishi;
- -sanoat namunasi uchun- uning yangiligi, o‘ziga xosligi va sanoatda qo‘llanilishi.
Faoliyat turiga qarab litsenziyani olish uchun hujjatlar davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. - Faoliyat turiga qarab litsenziyani olish uchun hujjatlar davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtaTISH HAQIDA - Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish:
- litsenziyalovchi organ tomonidan 10 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda;
- sud tomonidan 10 ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga amalga oshirilishi mumkin.
- Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatiladigan holatlar:
- litsenziya talablari va shartlari buzganligi aniqlanganda;
- litsenziyalovchi organning aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chiqargan qarori litsenziat tomonidan bajarilmaganda.
Do'stlaringiz bilan baham: |