9-mavzu: pedagogik psixologiya fanining predmeti, tuzilmasi va muammolari


Download 28.64 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi28.64 Kb.
#1153128
  1   2   3   4
Bog'liq
9-resurs (1)


9-mavzu: PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, TUZILMASI VA MUAMMOLARI
Reja:
9.1.Pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
9.2.Pedagogik psixologiya fanining asosiy muammolari.
9.3.Pedagogik psixologiya faniga oid ilmiy bilimlarning vujudga kelish tarixi.
9.4.Pedagogik psixologiya ilmiy maktablar.
9.5.Pedagogik psixologiya fanining o’qituvchi faoliyatida tutgan o’rni.


Tayanch so’z va iboralar: Yosh davrlari psixogiyasi, psixik jarayonlar, yosh psixologiyasi fanining predmeti, tamoyillari, asosiy vazifalar, metodlari, tashkiliy, empirik, statistik, sharx.


9.1.Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
Mamlakatimizdagi mavjud barcha o’quv yurtlari ta’lim-tarbiyani to’g’ri, ilmiy asosda tashkil etish uchun bu jarayonning o’ziga xos psihologik qonuniyatlarini, uning mexanizmlarini, shuningdek, faol, mustaqil hamda ijobiy tafakkur jarayonini zamonaviy bilimlar asosida tarkib toptirishning samarali usullarini bilish lozim bo’ladi. Bu borada yosh psihologiyasi va pedagogik psihologiya-hozirgi zamon psihologiya fanining eng rivojlangan tarmog’i bo’lib, u inson psixik jarayonining tabiati va uning qonuniyatlarini o’rganuvchi sohadir.
Yosh davrlar psihologiyasi va pedagogik psihologiya fanlari bir-biriga uzviy bog’liqdir, chunki ularning har ikkisi bitta umumiy jarayonni-ulg’ayib borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning hulq-atvorini tadqiq etadi. Bu ikki fan o’z navbatida psihologiya ilmining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning har biri o’z predmet va o’z tadqiqot vazifasiga egadir.
Yosh davrlar psihologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlarining psixik taraqqiyoti umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishning o’sishini, shuningdek turli yosh davrlarining psixologik hususiyatlarini o’rganadi.
Ontogenez - (yunoncha, ontos-mavjud, jon, zot; genezis-kelib chiqish, paydo bo’lish) bo’lishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni.
Yoshning ulg’ayib borishi, psixik jarayonlarining rivojlanishidagi qonuniyatlar, undagi individning paydo yetakchi omillar hamda inson hayot yo’lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos hususiyatlar - yosh davrlar psihologiya fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Ma’lumki, shaxs tarkib toppish jarayonining psihologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta’lim va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo’lmaydi. Yosh davrlar psihologiya fani ham o’z navbatida o’ziga tegishli masalalarni tor eksperimental ravishda o’rganish bilangina cheklanib qolmay, balki o’z muammolarini inson hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlarida, bolaga beriladigan ta’lim va tarbiyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda o’rganilsa yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi tabiiydir.
Tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan inson shaxsi rivojlanishining ham o’z qonunlari mavjud. Bu qonunlar yosh psihologiyasi fanining turli tarmoqlarida o’rganiladi, bular: bolalar psihologiyasi, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psihologiyasi, o’smirlar psihologiyasi, o’spirinlar psihologiyasi, katta yoshdagi kishilar psihologiyasi va qariyalar (yoki gerontopsihologiya) psihologiyasidir.
Yosh psihologiyasi fanining nazariy vazifalari g’oyat muhim va murakkab bo’lib, u shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarining o’zaro ta’siri hususiyatlarini o’rganishdan iboratdir.
Yosh psihologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bo’lishi va taraqqiy etishi hamda inson shaxsi psihologik hususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o’rganishda qo’lga kiritilgan ilmiy dalillarni ta’lim-tarbiya sohalariga tadbiq qilish tashkil etadi.
Bu borada ayniqsa pedagogik psihologiya birmuncha ulkan yutuqlarga erishdi. Pedagogik psihologiyaning ta’limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan so’nggi yillarda qo’lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo’la oladi. Ma’lumki, keyingi o’n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni tubdan o’zgardi.
Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, interfaol ta’lim metodlari) joriy qilinmoqda.
Pedagogik psixologiya - ilmining tarmog’i sifatida, ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda boshqa ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va hatti-harakatlarining psihologik qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogik psihologiya ikki fanni, ya’ni psihologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o’rin egallagandir.
Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlari tashkil etadi. Pedagogik psihologiya ta’lim-tarbiyaning ta’siri bilan o’quvchilar psixikasida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni ham tadqiq etadi. Bundan tashqari, o’quv materiallarining o’quvchilarga mos kelishi, turli ta’lim metodlarining psihologik jihatdan samaradorligi, darsliklar, o’quv qurollari, asbob-uskunalar va
maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psihologik talablar kabi muammolarni ham pedagogik psihologiya o’rganadi.
Hozirgi vaqtda pedagogik psihologiyaning eng muhim vazifalaridan biri maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psihologik asoslarini ishlab chiqishdan iboratbo’lib, bu narsa yangi ta’lim dasturiga o’tish munosabati bilan bog’liqdir. Pedagogik psixologiya shu bilan birga o’quvchilar shaxsining tarkib topish jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning o’quvchilarga ko’rsatadigan ta’sirini o’rganadi hamda o’quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalashning psixologik asoslarini tadqiq etadi.
Pedagogik psixologiya o’qitish va tarbiyaning psihologik asoslari haqidagi fandir. Buning ma’nosi shuki, pedagogik psihologiya o’quvchilar tomonidan bilim, iqtidor va malakalarni o’zlashtirishning psihologik qonuniyatlarini va shuningdek, o’quv-tarbiya protsessida o’quvchilar shaxsining tarkib topishini o’rganadigan fandir.
Pedagogik psixologiya fani o’quvchilar shaxsining tarkib topishini va ularni o’qitish masalalarini o’rganar ekan, birinchi navbatda bolalar psihologiyasi bilan uzviy bog’liqdir, chunki bolalarning yosh va individual hususiyatlarini hisobga olmay turib, o’quvchilar shaxsining tarkib topishini, ularni o’qitish va tarbiyalashning psihologik qonuniyatlarini aniqlab bo’lmaydi.
Pedagogik psixologiya o’qitish va tarbiyaning asosini o’rganib va ishlab chiqib, o’qitishning va tarbiyaning mazmunini tashkil qiladigan darsliklarga va turli o’quv qurollariga bo’lgan talabni aniqlash, o’qitish va tarbiyaning ratsional va samarali metodlarini topish, o’quvchi yoki tarbiyalanuvchilarning bilimlarga e’tiqod qilishiga erishish qonuniyatlarini ochish; o’quvchilarni mehnat va ijtimoiy faoliyatiga tayyorlashning psihologik asoslarini ishlab chiqish imkoniyatiga egadir.
Pedagogik psixologiyaning vazifasiga, shuningdek o’quvchilar va o’qituvchilar, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o’zaro munosabati, o’qituvchi shaxsiga nisbatan qo’yiladigan talablarni o’rganish, o’qituvchilik qobiliyatining mazmunini va uning tarkib topishini ochib berish va boshqa masalalarni ham o’rganish kiradi.
Pedagogik psixologiya ta’lim muassasalarida o’qitish protsessida o’quvchilar tomonidan bilim va malakalarni egallashning qonuniyatlarini va tarbiya protsessida bola shaxsining tarkib topishini o’rganadi.
O’qitish va tarbiyalashning psihologik qonuniyatlarini o’rganish pedagogik
psixologiyaning predmetini tashkil qiladi. Bu fan o’quvchilar va tarbiyalanuvchilar tafakkurining shakllanishini tekshiradi; o’zlashtirish protsessini idora qilish, aqliy faoliyat usullari va malakalarining tarkib topish muammolarini o’rganadi, o’qitish protsessining, o’quvchi va o’qituvchi, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi munosabatlarning, ta’lim oluvchilar jamoasidagi o’zaro munosabatlarning muvaffaqiyatli bo’lishiga ta’sir qiladigan psihologik faktorlarni aniqlaydi; o’quvchilarning individual psihologik tafovutini, bolalar bilan olib boriladigan o’quv-tarbiya ishlarining psihologik hususiyatlarini o’rganadi.
Yosh psihologiyasining predmeti rivojlanayotgan inson shaxsining psihologik hususiyatlari va psixik jarayonlari ontogenezini va inson psixikasining har bir yosh davridagi o’zgarishini o’rganadi. Yosh psihologiyasining bo’limlariga quyidagilar kiradi: bolalar psihologiyasi, kichik maktab o’quvchilari psihologiyasi, o’smirlar, o’spirinlar, kattalar psihologiyasi, geronto psihologiyasi, ya’ni qariyalar psihologiyasi.
Pedagogik psihologiyaning predmeti ta’lim tarbiyaning psihologik qonuniyatlarini o’rganadi. Pedagogik psihologiya ta’lim jarayonini boshqarishning psihologik masalalarini o’rganadi. Bilish jarayonlarining rivojlanishini tekshiradi. Aqliy taraqqiyotning ishonchli mezonlarini izlaydi.
Tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar orasidagi o’zaro masalalarni o’rganadi.
Bundan tashqari pedagogik psihologiya bolalarga individual yondashuv masalalarini ham o’rganadi. Yosh davrlari psixologiyasi fanining predmeti turli yoshidagi odamlarning bolalar, kattalar, erkaklar, ayollarning ontogenezda psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o’zaro munosabati qonuniyatlarini o’rganishdan iboratdir. Yosh psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol va xk) rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini (o’yin, o’qish, mehnat kabilar), er va ayolning jinsiy tafovutlarini, shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi.
Inson ruhiyatining rivojlanish davrlarini aniqlash, shu soxadagi ma’lumotlarni tuplash ham mazkur psixologiyaning mavzu baxsiga kiradi. Bolaning tugilishidan voyaga etguncha har tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng huquqli a’zosi bo’lguncha ulgayishi va shaxsning tarkib topishi muammolarini, bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash va sharxlash yoshlar psixologiyasining muxim jihatidir.
Inson zotining turli jihatlarini o’rganish bilan bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiena, pedagogika, etnografiya kabi fanlar shug’ullangani kabi, bolaning kamol topishidagi qonuniyatlarini, uning psixikasini, ongining o’sishini belgilovchi ijtimoiy omillar hamda psixologik mexanizmlarni umuman, inson zotining tugilganidan voyaga etguncha psixik rivojlanishini psixologiya fanlari sistemasining aloxida soxasi - yosh davrlar psixologiyasi fani o’rgatadi va tadqiq qiladi.
Fanning vazifalari: - talabalarga voqelik va jamiyatdagi voqea-hodisalarning, jamiyat hayotida umumiy psixologik hodisalar, holatlar va jarayonlarning mohiyatini tahlil etishga, shaxsning kamoloti va unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, uning individual psixologik xususiyatlari, emotsional va irodaviy sifatlari, turli yosh davrlarida psixik taraqqiyot qonunlarini o’zlashtirib psixodiagnostik tadqiqotlar olib borishga, o’quvchilarga individual yondasha bilishga, pedagogik-psixologik holatlarni rejalashtira olib, ularni tahlil etishga o’rgatishdan iborat.

Download 28.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling