9-Mavzu: Pedagogik ta’limotlar tarixi Mavzu rejasi


Download 172.09 Kb.
bet1/10
Sana10.11.2023
Hajmi172.09 Kb.
#1763222
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-MAVZU PEDAGOGIK TA’LIMOTLAR TARIXI


9-Mavzu: Pedagogik ta’limotlar tarixi
Mavzu rejasi:

  1. Pedagogik tizimni boshqarishning predmeti, prinsiplari va vazifalari. Maktab – pedagogik tizim va boshqarishning ob’ekti sifatida. Maktabning ichki boshqaruvi, uning tuzilishi va vazifalari.

  2. Pedagogik Kengash va uning vazifalari. Metodik Kengash va uning vazifalari. Maktab direktorining vazifalari. Rahbar madaniyati. Direktor o‘rinbosarlarining vazifalari. Sinf rahbarining vazifalari. Pedagogik jamoaning o‘ziga xosligi.

  3. Pedagogik diagnostika va maktab faoliyatini tahlil qilishning mazmun, maqsadi, turlari va vazifalari. Maktabda ichki nazorat va pedagogik faoliyatni tashkil qilish.

  4. Maktabni ichki nazorat qilish prinsiplari: tizimlilik, xolislik, harakatlilik, to‘ldiruvchilik.


Tayanch tushunchalar: boshqaruv, ta’lim boshqaruvi, pedagogik jamoa, ishchanlik, iqtisodiy, , omillar, rejalashtirish, nazorat qilish pedagogik kadrlar, malaka oshirish, maqsadlarni shakllantirish, strategik rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish, rag‘batlantirish, nazorat qilish.
14.1. Pedagogik tizimni boshqarishning predmeti, prinsiplari va vazifalari.

“Boshqaruv” so‘zi odatda aniq bir maqsadga erishish uchun boshqariluvchi tizim (yoki boshqaruv ob'ekti)ga faol ta'sir ko‘rsatish to‘g‘risida gapirilganda qo‘llaniladi. Zamonaviy adabiyotlarda boshqaruvning ma'nosi bo‘yicha uch xil yo‘nalishda tushunchalar mavjud.


Birinchisiga ko‘ra, boshqaruv ma'nosi faoliyat deb keltirilgan. Masalan, boshqaruv jarayoni bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan, o‘z vaqtida boshqaruv fanining rivojlanishiga salmokli hissa ko‘shgan, boshqaruv nazariyasi asoschilaridan biri fransuz olimi A.Fayol' boshqarishni:
- kelajakni ko‘ruvchi;
- faoliyatni tashkillashtiruvchi;
- tashkilotni idora qiluvchi;
- faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi;
- karor va buyruklarning bajarilishini nazorat qiluvchi kuchli kurol deb ataydi.
Ikkinchi yo‘nalish vakillari boshqaruvni bir tizimning ikkinchisiga, shaxsning ikkinchi bir shaxsga yoki guruhga “ta'sir etishi” deb xisoblaydilar. Bu yo‘nalish tarafdorlari boshqaruv - maqsadga yo‘naltirilgan ta'sir etish bo‘lib, sub'ekgning ob'ektta ta'siri natijasida ob'ektning o‘zgarishi, deb ta'riflashadi.
Uchinchi yo‘nalishga ko‘ra, boshqaruv - bu sub'ektlar o‘rtasidagi o‘zaro ta'sir, ya'ni to‘g‘ri va teskari ta'sirlarning uzluksizligi, bir-biriga ta'sir etuvchi sub'ektlar o‘zgarishining organik bog‘likdigi degan qarashlar mavjud.
S.N.Tidor boshqaruv ma'nosini quyidagicha tavsiflaydi:
- maqsad yo‘nalishida ob'ektni muvofiqlashtirish;
- maqsadga erishish uchun ob'ektga ta'sir etish;
- maqsadga erishish yo‘nalishida tizimni tashkil etuvchi- lariga ta'sir etishni vertikal muvofiqpashtirish.
A.I.Kitovning ta'rif berishiga ko‘ra: “Boshqaruv - bu insonlarni boshqarish, ular bilan ishlash”.
Mamlakatimizda menejment fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan olimlardan M.Sharifxo‘jaev, Yo.Abdullaevlar boshqaruv - bu o‘ziga xos yuksak san'at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror kabul qilish va uning bajarilishini nazorat kilishdir deb ta'kidlab, quyidagicha ta'rif beradi: “Boshqaruv - bu tanlov, qaror kabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir”’.
Hozirgi zamon amaliyotida boshqaruv insonlarning xatti- harakatini tartibga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat sifatida izoxdanadi.
Kuprina adabiyotlarda “menejment” so‘zining ma'nosi bilan “boshqaruv” tushunchalariga ta'rif berilganda, xuddi bir xil ma'noni anglatadi degandek, menejment bu - boshqaruv deb yozilganligi ko‘pchilik o‘quvchilarni chalg‘itishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, “menejment” so‘zi “boshqaruv” tushunchasidan farqli ravishda boshqaruv faoliyatini tashkil etish degan ma'noni anglatib, u fan sifatida boshqarishning sir- asrorlarini o‘rganadi va taxdil qiladi. “Boshqaruv” atamasi nisbatan kengroq ma'noni anglatadi, mazkur tushuncha orqali ma'lum bir shaxe tomonidan biron-bir ob'ektning boshqarilishini, ya'ni nafaqat insonlarni, balki mashina, dastgoh yoki texnologik qurilmalarni boshqarishni, shuningdek, mazkur boshqaruvchilarni ham boshqarishni tushunish mumkin.
Boshqaruv funksiyalari
Ta'lim muassasasi rahbari boshqaruv faoliyatining asosiy vazifasi ta'lim jarayonini tashkil etishda ijobiy natijalarga erishish uchun jamoada zaruriy sharoitlarni yaratish, raqobatbardosh bigiruvchilar tayyorlash va ta'lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish hisoblanar ekan, ular o‘z boshqaruv faoliyatlarida ta'lim muassasasida mavjud barcha jarayonlarni tartibga solib turish uchun boshqaruv funksiyalarining mazmun va mohiyatini bipish zarur hisoblanadi.
A.T.To‘xtaboev mazkur funksiyalarning faqat ma'muriy ekanligini ta'kidlab, ma'muriy boshqaruv funksiyalarining uch guruhini ajratib ko‘rsatadi:
1. U mumiy funksiyalar;
2. Ijtimoiy-psixologik funksiyalar;
3. Texnologik funksiyalar.
Umumiy funksiyalar - boshqaruv jarayonining asosiy bosqichlari mazmunini anglatadi. Barcha tashkilotlarda muvaffaqiyatli boshqarish quysdagi umumiy funksiyalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi:
- maqsadlarni shakllantirish;
- strategik rejalashtirish;
- tashkil qilish;
- tartibga solish (muvofiqlashtirish;
- rag‘batlantirish;
- nazorat qilish (hisob-kitob yuritish va tahlil qilish).
Boshqarishning ijtimoiy-psixologik funksiyalari - jamoadagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar xarakteri bilan bog‘langan. Ular ikki xil funksiyalarni o‘z ichiga oladi: vakolatlar taqsimoti va motivasiya (undash).
Mamlakatimiz olimlari boshqarish faoliyatining turlariga ko‘ra quyidagi funksiyalarni ajratib ko‘rsatishadi:
* boshqarishning iqtisodiy funksiyalari, ya'ni: mablaglarning doiraviy aylanishini amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, marketing xizmatini uyushtirish, foyda olishni ta'minlash va x.k.;
• boshqarishning sosial funksiyalari, ya'ni: mehnat sharoitini yaxshilash, xodimlarning sosial madaniy-ma'naviy extiyojlarini qondirish, moddiy rag‘batlantirishni ta'minlash, ijtimoiy ximoyani ta'minlash va h.k.;
• boshqarishning ma'naviy-ma'rifiy funksiyalari, ya'ni: xodimlarni insoniylik, yaxshilik, mehr-shafqatli va o‘zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo‘lish ruhida tarbiyalash, xodimlarni vatanga muhabbat, insonparvarlik ruxida tarbiyalash, xalollikni, adolat tuyg‘usini, bilim va ma'rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilish va h.k.;
• boshqarishning tashkiliy funksiyalari, ya'ni: ishlab chiqarishni tashkil qilish, o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va muvofiqpashtirish, barcha bo‘g‘in va bo‘limlar o‘rtasida vazifalar taksimoti, vakolat va boshqarish apparata xodimlari o‘rtasida mas'uliyatlarni belgilash, boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qilishda ish tartibi izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va h.k.



Download 172.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling