9-mavzu: Prokariot va eukariot hujayra ribosomasi. Genetik kod va uning xususiyatlari. Reja Oqsillar biosintezi (translyаtsiya) Aminokislotalarning faollashuvi va rekognitsiyasi Genetik kod


Nuklein kislotalar nukleotidlardan, oqsil esa aminokislotalardan tashkil topgan


Download 0.6 Mb.
bet7/7
Sana11.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1260215
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Genomika 2-mavzu slayd

Nuklein kislotalar nukleotidlardan, oqsil esa aminokislotalardan tashkil topgan:

  • Nuklein kislotalar nukleotidlardan, oqsil esa aminokislotalardan tashkil topgan:
  • n1-n2-n3..............nm nuklein kislota
  • 1-2-3............n oqsil
  • Oqsildagi aminokislotalarning ketma-ket joylanish tartibi, nuklein kislotalardagi nukleotidlarning muayyan joylashgan o`rniga bog`liq. Nuklein kislotadagi nukleotid o`rni o`zgarsa, oqsildagi aminokislota qatori ham o`zgaradi. Ko`pchilikka ma'lumki, Morze alifbosi orqali xabarlar va telegrammalar shaharlardan shaharlarga uzatiladi. Morze alifbosining harflari qisqa va uzun belgilardan, ya'ni nuqta, tirelardan iborat.

Sintezlanadigan oqsil molekulasidagi aminokislotalarning joylanish tartibi to`g`risidagi informatsiya DNK molekulasidagi 4 xil mononukleotidlar yordamida ifodalanishiga genetik kod deb ataladi.

  • Sintezlanadigan oqsil molekulasidagi aminokislotalarning joylanish tartibi to`g`risidagi informatsiya DNK molekulasidagi 4 xil mononukleotidlar yordamida ifodalanishiga genetik kod deb ataladi.
  • DNK molekulasidagi nukleotidlar soni faqat 4 ta bo`lganligi uchun bitta nukleotid yagona aminokislotani ifoda eta olmasligi ma'lum. Xuddi shunga o`xshash, ikkita nukleotiddan tashkil topgan juft to`plami ham (dupletli) 20 ta aminokislotani ifodalash uchun kifoya qilmaydi. Shuning uchun G.Gamov (AQSh) genetik kod 3 ta nukleotid to`plamidan (tripletli koddan) tashkil topgan bo`lishi kerak degan g`oyani ilgari suradi.

Ingliz olimi F.Krik kod hosil bo`lishida 3 ta nukleotid qatnashishi mumkinligini nazariy hisoblab, triplet kodini kodon deb atashni taklif etgan. 1961 -yilda M.Nirenberg o`z shogirdlari bilan birgalikda sintetik polinukleotid matritsa-poliuridin kislotadan foydalanib, triplet kodini tasdiqlagan. Bunday matritsa E.coli hujayra shirasi yordamida faqat polifenilalaninni sintezlashi kuzatilgan. Polisitidil esa poliprolinni, poliadenil esa polilizinni sintezlar ekan. Shu sababli UUU tripleti fenilalaninni, CCC prolinni, AAA lizinni kodlashini aniqlangan.

  • Ingliz olimi F.Krik kod hosil bo`lishida 3 ta nukleotid qatnashishi mumkinligini nazariy hisoblab, triplet kodini kodon deb atashni taklif etgan. 1961 -yilda M.Nirenberg o`z shogirdlari bilan birgalikda sintetik polinukleotid matritsa-poliuridin kislotadan foydalanib, triplet kodini tasdiqlagan. Bunday matritsa E.coli hujayra shirasi yordamida faqat polifenilalaninni sintezlashi kuzatilgan. Polisitidil esa poliprolinni, poliadenil esa polilizinni sintezlar ekan. Shu sababli UUU tripleti fenilalaninni, CCC prolinni, AAA lizinni kodlashini aniqlangan.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling