Oqsillar tarkibiga kiruvchi har bir aminokislotaning nuklein kislotalarda ketma-ket joylashgan uchta nukleotid (triplet, kodon) yordamida ifodalanishi genetik kod deyiladi. DNK tarkibida 4 ta har xil nukleotid bo‘lishi nazarda tutilsa, 43=64 ta kod hosil bo‘ladi. Bitta aminokislota 2, 3, 4, 6 ta kod yordamida kodlanar ekan. Genetik kod 1962-yili amerikalik bioximiklar M. Nirenberg va S. Ochaolar tomonidan aniqlangan. - Oqsillar tarkibiga kiruvchi har bir aminokislotaning nuklein kislotalarda ketma-ket joylashgan uchta nukleotid (triplet, kodon) yordamida ifodalanishi genetik kod deyiladi. DNK tarkibida 4 ta har xil nukleotid bo‘lishi nazarda tutilsa, 43=64 ta kod hosil bo‘ladi. Bitta aminokislota 2, 3, 4, 6 ta kod yordamida kodlanar ekan. Genetik kod 1962-yili amerikalik bioximiklar M. Nirenberg va S. Ochaolar tomonidan aniqlangan.
Genetik kodning xususiyatlari: 1.Har bir aminokislotani nukleotidlar tripleti kodlaydi. 2. Har bir triplet (kodon) bitta aminokislotani ifodalaydi. 3. Bitta aminokislotani bir necha triplet kodlashi mumkin. 4. Genetik kod barcha tirik organizmlar uchun universal. 5. Genetik kodning 61 tasi «ma’noli», ya’ni ma’lum aminokislotalarni ifodalovchi tripletlardir. UGA, UAA, UAG aminokislotalarni ifodalamaydi.Ular polipeptid zanjirining tugallanishini bildiruvchi terminator kodonlardir - Genetik kodning xususiyatlari: 1.Har bir aminokislotani nukleotidlar tripleti kodlaydi. 2. Har bir triplet (kodon) bitta aminokislotani ifodalaydi. 3. Bitta aminokislotani bir necha triplet kodlashi mumkin. 4. Genetik kod barcha tirik organizmlar uchun universal. 5. Genetik kodning 61 tasi «ma’noli», ya’ni ma’lum aminokislotalarni ifodalovchi tripletlardir. UGA, UAA, UAG aminokislotalarni ifodalamaydi.Ular polipeptid zanjirining tugallanishini bildiruvchi terminator kodonlardir
Transkripsiya (RNK sintezi). Bu jarayonda DNK matritsa hisoblanadi. Oqsil tuzilmasi to‘g‘risidagi axborot yadroda, DNK da saqlanadi. Oqsil sintezi esa sitoplazmada, ribosomalarda o’tadi. - Transkripsiya (RNK sintezi). Bu jarayonda DNK matritsa hisoblanadi. Oqsil tuzilmasi to‘g‘risidagi axborot yadroda, DNK da saqlanadi. Oqsil sintezi esa sitoplazmada, ribosomalarda o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |