9-mavzu: Shaxsning individual xususiyatlari. Reja: 1
Download 148.86 Kb.
|
9-мавзу
Flegmatik - senzitivligi sust, hissiy qo’zg’aluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko’ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. qayrati ishchanligi bilan ajralib turadi. Yuksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik qiladi. Chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilish bilan ajralib turadi. harakatlarining
tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to’playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko’chiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. Yangi odamlarga qiyinchilik bilan qo’shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi. Melanxolik - yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko’ra, ko’zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig’laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. o’ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug’iladigan bo’lsa, ho’lini yuvib qo’ltig’iga urib g’o’ya qoladi. G’ayratsiz qatiy emas. Diqqati tez chalg’iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega. Shunday qilib, asab tizimi bilan bog’liq individual sifatlarni bilish shart, chunki ular bevosita mehnat va o’qish jarayonlarini har bir inson tomonidan, uning manfaatlariga mos tarzda tashkil etishga xizmat qiladi. Asabga bog’liq bo’lgan tabiiy xususiyatlarmizni ham umuman o’zgarmas deb aytolmaymiz, chunki tabiatda o’zgarmaydigan narsaning o’zi yo’q. Shuning uchun ham oxirgi yillarda o’tkazilayotgan tadqiqotlarda shaxs tizimida shunday ma’qul, «hayotiy ko’rsatgichli» xususiyatlar tizimini o’rganilmoqda va unda temperamentga aloqador sifatlar ham nazarda tutilmoqda. Masalan, V. S. Merlin temperamentning psixologik tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda namoyon bo’lishini boshqarish masalasida ko’p ishlar qilgan. Uning fikricha, insonda mavjud bo’lgan faollik, bosiqlik, emosional tetiklik, hissiyotlarning tezda namoyon bo’lishi va o’zgaruvchanligi, kayfiyatning turg’unligi, behalovatlilik, ishchanlik, yangi ishga kirishib ketish, malakalarning tez hosil bo’lishi kabi qator sifatlar asosida shaxsdagi o’sha ekstroversiya va introversiya xossalari yotadi va ularni ham o’zgartirish va shu orqali temperamentni boshqarish mumkin. Shulardan kelib chiqqan holda shaxsning mehnat qilish uslubini tanlash va professional mahoratni o’stirishda ayni shularga e’tibor berish kerak. Masalan, ba’zilar xoleriklarga o’xshash qiziqqon, tezkor bo’lishadi. Uning mehnat jarayonidagi ishini kuzatadigan bo’lsak, faollik, ishni tez bajarishga layoqat ijobiy bo’lsa, uning sifati, chala tashlab ketish havfi, ba’zi tomonlariga yuzaki qarashi kishini o’ylantiradi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, hayotda sof temperament ham bo’lmaydi va u yoki bu temperament tipi juda yaxshi ham emas. Har bir tipning o’ziga xos nozik, kuchsiz tomonlari va shu bilan birga kuchli, ijobiy tomonlari ham bo’ladi. Download 148.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling