9-mavzu: Soha bo'yicha belgilangan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib borish jarayonlari. Reja


Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat


Download 74.16 Kb.
bet3/8
Sana02.06.2024
Hajmi74.16 Kb.
#1836911
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-mavzu

Rezyumening asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Shaxsiy ma’lumot
a. Ism-sharif (talab qilinadi)
b. Murojaat manzillari: telefon, email, yashash joyi (talab qilinadi)
c. Jins (majburiy emas)
d. Millat (majburiy emas)
e. Tug'ilgan sana (majburiy emas)
2. Qisqacha mazmun va/yoki professional maqsad (ixtiyoriy)
a. Bir yoki ikki gap bilan qisqacha eng muhim jihatlarini sanab o'tish.
Misol: 6 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish mutaxassisi. Ingliz va rus tillarini mukammal biladi. 2008-yilda Biznesni boshqarish yo'nalishi bo'yicha Magistraturani oliy darajada tamomlagan va ilmiy darajaga ega.
3. Ma’lumot
a. Ilmiy daraja/diplom, mutaxassislik, o'qigan yili (yoki daraja berilgan yil), o'quv yurtining nomi, manzili (shart)
b. Topshirilayotgan ishga taaluqli fanlar nomi va soati (shart emas)
c. Agar a’lo darajada bitirgan bo'lsa, shuni ham bildirib o'tish kerak
Misol: 2006-2008 Magistratura, Biznesni Boshqarish. O'zbekiston Milliy Universiteti. Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Universitet-4 ko'chasi. www.nuu.uz.
Taaluqli fanlar: Loyiha tuzish va boshqarish (22 soat); Markoiqtisodiyot (25 soat)
4. Tajriba
a. Ishlagan sana, lavozim, tashkilot nomi, manzili, qisqacha vazifalari va yutuqlari
b. Eng oxirgi ish joyidan boshlab yoziladi
Misol: 25.01.2008 – 10.02.2011 Loyiha mutaxassisi, “Yoshlarda ish ko'nikmalarini rivojlantirish loyihasi”. NNT “Faol”, Shaxrisabz ko'chasi 1-uy, Toshkent. Tel: 267-00-00
· Yoshlar uchun 5-kunlik treninglarni tashkil qilganman: trening rejasini tuzish; trenerlarni jalb qilish; joy va kerakli jihozlarini tayorlash; ishtirokchilarni taklif qilish; trening paytida barcha ishlarni koordinatsiya qilish; trening hisobotini yozish.
· BMTD va “Kamolot” bilan hamkorlikda o'tkazilgan “Yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolari” mavzusi bo’yicha izlanishlarni olib borishda va yakuniy hisobotini yozishda ko'maklashganman.
· Loyiha chorak hisobotlarini yozish, loyiha bo'yicha prezentatsiyalar berish.
5. Qo'shimcha ma'lumotlar:
a. Xorijiy tillar
b. Kompyuter darturlari to'g'risida bilimlar
c. Yutuqlar (sport bo'yicha, stipendiyalar va boshqa muhim yutuqlar)
d. Qo'shimcha treninglar va kurslar
e. Tajriba orttitirsh (stajorlik) paytlari
f. Qiziqishlar
g. Ilmiy maqolalar
h. Konferensiyalardagi ma’ruzalar

Download 74.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling