Lobar Yoqubjonova
Toshkent sh., Firdavs mavzesi, Shahrisabz ko'chasi 7-uy.
Tel: +998902220000; Lobar yoqubjon @mail.uz
Qisqacha mazmun: 6 yillik tajribaga ega loyiha tuzish va boshqarish mutaxassisi. Ingliz va rus tillarini mukammal bilaman. 2008 yilda Biznesni boshqarish yo'nalishi bo'yicha Magistraturani oliy darajada tamomlagan va ilmiy darajaga egaman.
Ma’lumot:
2006-2008 Magistr, Biznesni boshqarish. O'zbekiston Milliy Universiteti. Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Universitet-4 ko'chasi. www.nuu.uz. Fanlar: Loyiha tuzish va boshqarish (22 soat) Makroiqtisodiyot (25 soat)
2002-2006 Bakalavr, Menejment. Farg'ona Politexnika Instituti. Farg'ona shahri, Farg'ona ko'chasi 86-uy. www.ferpi.uz
Ish tajribasi:
25.01.2011 – 10.02.2014 Loyiha mutaxassisi, “Yoshlarda ish ko'nikmalarini rivojlantirish loyihasi”. NNT “Faol yoshlar”, Toshkent sh., Shaxrisabz ko'chasi 1-uy. Tel: 267-00-00
· Yoshlar uchun 5-kunlik treninglarni tashkil qilganman: trening rejasini tuzish; trenerlarni jalb qilish; joy va kerakli jihozlarini tayyorlash; ishtirokchilarni taklif qilish; trening paytida barcha ishlarni koordinatsiya qilish; trening hisobotini yozish.
· BMTD va “Kamolot” bilan hamkorlikda o'tkazilgan “Yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolari” mavzusi bo'yicha izlanishlarni olib borishda va yakuniy hisobotini yozishda ko'maklashganman.
· Loyihaning chorak hisobotlarini yozish, loyiha bo'yicha prezentatsiyalar berish.
01.06.2008 – 28.12.2011 Dastur yordamchisi, Mahalliy rivojlanish markazi, Toshkent sh., Navoiy ko'chasi 165-uy, Toshkent. Tel: 237-90-00
· Farg'ona, Namangan va Andijon viloyatlarida mahalliy tadbirlarni tashkil qilishda yordam berish: tarqatma materiallarni tayyorlash; treninglar uchun o'quv zallarini tayyorlash;
·Tadbirlar va yangi loyihalar uchun yoshlarning ijtimoiy ehtiyojlari to'g'risida axborot yig'ish va kichik izlanishlar olib borish;
· Uchrashuvlarning hisobotini yozib borish.
|