9-mavzu. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobi Reja


Soliq to’lovchilar hisobotni o’z xohishlariga ko’ra quyidagicha taqdim etishga haqli


Download 41.96 Kb.
bet2/3
Sana21.06.2023
Hajmi41.96 Kb.
#1645328
1   2   3
Bog'liq
9-mavzu. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobi

Soliq to’lovchilar hisobotni o’z xohishlariga ko’ra quyidagicha taqdim etishga haqli:
*shaxsan olib borib berish tartibida;
*pochta orqali buyurtma xat bilan;
*telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida.
Hisobotni davlat soliq xizmati organiga taqdim etish sanasi quyidagilardir:

  • shaxsan olib borib berilganda - hisobot davlat soliq xizmati organi tomonidan qabul qilib olingan sana;

  • pochta orqali buyurtma xat bilan taqdim etilganda - aloqa tashkilotining tamg’asida ko’rsatilgan, pochta jo’natmasi jo’natilgan sana;

  • elektron hujjat tarzida taqdim etilganda - elektron hujjat davlat soliq xizmati organi tomonidan olingan sana.

3-Misol: «FARM GLASS» qo’shma korxonasiga asosiy vosita (yengil avtomobil) 2012 yil dekabrda qabul qilindi. Uning qiymati 24 000 000 so’m. Foydalanish muddati 5 yil, amortizatsiyaning me’yori 20 foiz. Soliq solish maqsadi uchun amortizatsiya me’yori hisob siyosatida 12 foiz belgilangan. 2013 yil uchun amortizatsiya summasi va vaqtinchalik farq hisoblanadi.
1–jadval. “FARM GLASS” qo’shma korxonasida asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmasini hisoblashda vaqtinchalik farqni hisoblash.
(so’mda)

Т/r

Ko’rsatkichlar

Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun

Foyda solig’i bazasini aniqlash maqsadi uchun

1

Asosiy vositaning (yengil avtomobil) boshlang’ich qiymati

24 000 000

24 000 000

2

2012 yil uchun amortizatsiya summasi

2 880 000

4 800 000

3

2013 yil yanvar holatiga asosiy vositaning qoldiq qiymati

21 120 000

19 200 000










1-jadvalga asosan Buxgalteriya moliyaviy hisob bo’yicha amortizatsiya 2 880 000 so’mni tashkil qilgan bo’lsa, soliq bazasini aniqlash maqsadi uchun esa - 4 800 000 so’mni tashkil qildi.
Vaqtinchalik farq: 4 800 000 – 2 880 000 = 1 920 000 so’m
Kechiktirilgan foyda solig’i: 2006 yilda foyda solig’ining stavkasi 12 foiz.
1 920 000 x 12% : 100 = 230 400 so’m
Yuqoridagi hisob-kitoblarga asosan vaqtinchalik farqlar moliyaviy hisobda quyidagicha aks ettiriladi:

DEBEТ:

schyot 0950

“Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i”

- 230 400 so’m



KREDIТ:

schyot 6410

“Budjet to’lovlar bo’yicha qarz turlari bo’yicha”

- 230 400 so’m



Keyinchalik, ya’ni har oyda soliqning tegishli qismi uzoq muddatli qismdan joriy qismga o’tkaziladi:



DEBEТ:

schyot 3210

“Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i”

- 19 200 so’m



KREDIТ:

schyot 0950

“Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i”

- 19 200 so’m



Amaliyotda xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida bu holatlar juda ko’p bo’lib, ular summasi katta miqdorni tashkil qiladi. Bu esa foyda solig’i bo’yicha soliq bazasini aniqlashda va uning real bo’lishiga ta’sir qiladi. Lekin amaliyotda ko’p hollarda buxgalterlar tomonidan doimiy va vaqtinchalik farqlar e’tiborga olinmaydi. Natijada, soliqqa tortiladigan foyda summasi real bo’lmaydi.
4-misol. “Alfa Pilot” korxonasi 2015 yil 20 yanvarda Farg‘onat shahrida ro‘yxatdan o‘tgan va umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchisi hisoblanadi. Korxonada 2019 yil 31 dekabr holatiga quyidagi operatsiyalar amalga oshirilgan (keltirilgan ma’lumotlar bilvosita soliqlarni hisobga olmagan holda keltirilgan):

        1. Korxona qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. 2019 yil dekabr holatiga korxona sotishdan umumiy 950 000 000 so‘m daromad olgan. Shu jumladan foizlar ko‘rinishidagi daromadlari 4 500 000 so‘mni tashkil etgan.

        2. Korxona dekabr holatiga xarajatlari quyidagicha bo‘lgan:

  • mahalliy fermer xo‘jaliklaridan olingan qishloq xo‘jalik mahsulotlari 325 600 000 so‘mni tashkil qilib, tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha kamomadi 1 750 000 so‘mni tashkil qilgan.

  • Korxona ishchi-xodimlariga ish haqi hisoblandi (yagona ijtimoiy to‘lov bilan birga) 372 950 000 so‘m.

  • Amortizatsiya xarajatlari 102 000 000 so‘m, shu jumladan soliq kodeksining 144-moddasida o‘rnatilgan me’yorlardan ortiqcha hisoblangan amortizatsiya xarajatlari 7 800 000 so‘m.

  • Xizmat safari xarajatlari 15 821 000 so‘m, shu jumladan soliq kodeksining 145 moddasida o‘rnatilgan me’yorlardan ortiqcha xarajatlar 4 293 000 so‘m.


Download 41.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling