Sotuv tizimini tashkil etish va nazorat qilish (kontrolling).
Tijorat kommunikatsiyada ishtirok etuvchi korxona, tashkilot vashaxslar, tovar sotish tizimida quyidagi vazifalarni bajaradi:
Tovar va xizmatlarni tarqatishda strategik va taktik rejalarni tuzish ularni marketing tadqiqotlari va axborotlarni to’plash;
Sotuvni rag’batlantirish;
Potensial iste’molchilarga o’zaro ta’sir;
Iste’molchilar talabini o’rganish, ularning talablariga tovarni moslashtirish;
Mahsulotlarning potensial iste’molchilarini o’rganishda aloqalarni tashkil etish;
Tovar harakatini tashkil etish va rejalashtirish (transport, saqlash, nazorat);
Tanlangan taqsimlash kanali bo’yicha tovar oqimini harakati uchun moliyalashtirish;
Bo’lishi mumkin bo’lgan xavflarni oldini olish va kafolatlash.
Yuqorida sanab o’tilgan funksiyalarni ishlab chiqaruvchi firma yoki vositachi sotuvchi tashkilot orqali ham bajarilishi mumkin. Tovarlarni tarqatish kanallarini tanlash muhim bo’lib, ko’p jihatdan samaradorlik shu omillarga bo’g’liq. Sotish kanallarini samaradorligi u yoki bu kanaldan foydalanganda kutilishi mumkin bo’lgan samarani, bu kanalni tashkil qilish va eksplutatsiya qilishga sarf qilingan xarajatlarga nisbati bilan aniqlanadi.
Tovarlarni sotish jarayonida qarorlarni qabul qilish juda murakkab jarayon hisoblanadi.Taqsimlash qismining dastlabki muhim ko’rsatkichlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1)iste’molchilar hatti-harakati;
2) mahsulotni xususiyatlari (saqlash, muddati, sinish-sinmasligi, hajmi);
3) raqobatchilarni xususiyatlari (kuchli, kuchsiz tomonlari);
4) ishlab chiqaruvchi korxonaning ko’rsatkichlari;
5) huquqiy ekologik omillar tahlili muhim hisoblanadi. (10.1.-jadval).
9.1-jadval. Sotish tizimini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |