9-Mavzu: Surxondayo etnografiyasi va uning voha tarixini o‘rganishdagi ahamiyati(2 soat) Reja


Tole’i yo‘qki jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi


Download 378.39 Kb.
bet3/14
Sana03.12.2023
Hajmi378.39 Kb.
#1798368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-ma\'ruza. Surxondaryo etnografiyasi va uni voha tarixini o\'rganishdagi ahamiyati

Tole’i yo‘qki jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,
Har ishnikim, ayladim xatolig‘ bo‘ldi,

O‘z erin qo‘yib Hind sori yuzlandim,

Yorab, netayin, ne yuz qorolig‘ bo‘ldi.

Bobur lirik she’rlari va tarixiy «Boburnoma»sidan tashqari, islom qonunshunosligi va boshqa sohalarda ham asarlar yaratgan. 1522 yilda o‘g‘li Humoyunga atab yozgan «Mubayyin» nomli asarida o‘sha zamon soliq tizimini, soliq yig‘ishning qonun-qoidalarini, shariat bo‘yicha kimdan qancha soliq olinishi va boshqa masalalarni nazmda izohlab bergan. «Xatti Boburiy» deb atalgan risolasida arab alifbosini turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili nuqtai nazaridan birmuncha soddalashtirib berishga harakat qilgan. Bobur tajriba sifatida «Xatti Boburiy» alifbosida Qur’oni Karimni ko‘chirgan. Boburning aruz vazni va qofiya masalalariga bag‘ishlangan «Mufassal» nomli asari ham bo‘lganligi ma’lum, biroq bu asar bizgacha etib kelmagan.

10.4. Markaziy Osie, ayniksa, Movaroupnahr va Xuroson xalqlari tarixida XIV- XV asrlar ulug‘ sarkarda, davlat arbobi Amir Temur va uning avlodi Temuriylar sulolasi hukmronligi bilan bog‘liq katta siyosiy o‘zgarishlar va ayni bir vaqtda iqtisodiy va madaniy, ma’naviy - jamiyat hayotining barcha sohalariga daxldor rivojlanishlar davri bo‘ldi. Shuning uchun ham bu davrni dunyo ilmiy tadqiqotlarida Markaziy Osiyo tarixidagi buyuk yuksalish davri deb baholab kelinmoqda.
Ana shunday yozma yodgorliklarning eng dastlabkilaridan biri Amir Temurning bevosita topshirig‘i bilan mohir adib va tarixnavis Nizomiddin Shomiy tomonidan yozilgan "Zafarnoma” nomli asardir. Asar muallifi Nizomiddin Shomiyniig tug‘ilgan yili noma’lum. Uning kelib chiqish joyiga nisbat berilib, u aslida Tabriz chekkasidagi Shanbi- G‘ozon deb atalgan mavzedan bo‘lgan, deb taxmin kilish mumkin. Muallifiing o‘zi haqida "Zafarnoma"da keltirgan ma’lumotlari uning Amir Temur bilan uchrashuvlari va asarning yozilish tarixi haqidagi ayrim qisqa-qisqa lavhalardai iborat, xolos. Jumladan, mavlono Nizomiddin 1393 yil avgust oyida Amir Temur askarlari Bag‘dod shahrini zabt etganliklari haqidagi voqealarni qalamga olar ekan, uning o‘zi birinchi bo‘lib shahardan chiqqanligi, xazrat Sohibqiron bilan uchrashib, suhbatda bo‘lganligini eslatib o‘tadi. Mavlono Shomiyning o‘zi bergan ma’lumotga ko‘ra 804 hijriy yili (milodiy 1401 yil 11 avgustdan 1402 yil 1 avgust oralig‘i) Amir Temur uni huzuriga chorlab, o‘z yurishlari bitilgan yirik bir asar yaratishga undagan. Yozilajak asar avom xalqqa tushunarli sodda, ravon tilda va ayni paytda ma’rifatli kishilar e’tiboriga ham loyiq tarzda yozilishi lozimligini uqtirgan.
Tabiiyki, bu uchrashuvdan so‘ng_Nizomiddin Shomiy saroy tarixchisi sifatida Amir Temurning keyingi barcha yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Bunga dalil "Zafarnoma"ning o‘zida uchraydi: 806 yil muharram oyida (1403 yil, iyul-avgust) Gurjistondagi Birpgis qal’asi zabt etilishini yozar ekan, Nizomiddin Shomiy bu voqeani o‘zi kuzatganligini yozadi. Shu vaqtda yoxud bir necha hafta keyin Mavlono Nizomiddin Sohibqiron yurishlarini 1404 yil bahorigacha etkazib, asarni tamomlagan va uni Ozarbayjondan Samarqandga qaytish taraddudida bo‘lgan Amir Temurga taqdim etgan. Bundan keyingi Amir Temur vafotigacha (1405 yil 18 fevral) kechgan voqealar keyinroq muarrix Hofizi Abru tomonidan "Zafarnoma"ga "Zayl"—"ilova" tarzida yozilgan. Zafarnoma" tarixiy asar sifatida XIV va XV asr boshida Temur va temuriylar xukmronligi davridagi O‘rta Osiyo, Oltin O‘rda xonligi, Ozarbayjon, Eron, Afg‘oniston, Iroq, Suriya, Misr, Turkiya va boshqa mamlakatlar tarixiga oid voqealarni o‘z ichiga olgan. Asar muqaddimasida Amir Temur tarix sahnasiga chiqqan 1360 yilga qadar O‘rta Osiyoda hukmronlik qilgan chingiziy xukmdorlar haqida qisqa ma’lumot berilgan. So‘ngra Amir Temurning XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning boshida qilgan yurishlarning batafsil bayoni keltirilgan. Sohibkiron Amir Temur davlatining XIV asr oxirgi choragi va XV asr boshlaridagi tarixiga doir asarlar sirasiga Ibn Arabshohning "Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur", ispan sayyohi Rui Gonzales de-Klavixoning safar xotiralarini ham kiritish mumkin. Lekin ular xotiralar, safar taassurotlari sifatida rasmiy solnomalardan uslub va mazmun jihatidan farq qiladi va tarixiy manbalar orasida o‘ziga xos o‘ringa ega.
Shomiy "Zafarnoma"sining faqat ikki qo‘lyozma nusxasigina saqlanib qolgan. Birinchisi, Amir Temurga taqdim etilgan qo‘lyozmaning 1425 yilda ko‘chirilgan nusxasi bo‘lib, u Istanbuldagi "Nuri Usmoniya" masjidi kutubxonasida 3367 inventar raqamida saqlansa ikkinchisi, muallif tomonidan Amir Temurning nabirasi Mirzo Umar Baxodir ibn Mironshoh (vafoti 1409 yil)ga takdim etilgan qo‘lyozmadan 1434 yil ko‘chirilgan nusxa bo‘lib, u Londondagi Britaniya muzeyi" kutubxonasida 23980 inventar raqami bilan saqlanib kelmoqda. 1969-1972 yllar orasida Shomiyning "Zafarnoma"sini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayxon Beruniy iomidagi Sharqshunoslik institutida birinchi marta o‘zbek tilida to‘la nashrga tayyorlashga kirishilgan va bu ishni institut katta ilmiy xodimi Y.Xakimjonov (1974 yili vafot etgan) o‘z zimmasiga olgan edi. Biroq, o‘sha yillarda "Temur shaxsiga sig‘inish" masalasining ko‘tarilishi bilan Amir Temur davriga doir asarlarni chop etishning iloji bo‘lmay qolgan va shu sababli Y. Hakimjonov tarjimasi dastlabki qoralama xolida qolib ketgan edi. Keyingi yillarda Respublikamiz mustaqillikka erishishi sharofati bilan qadriyatlarimizni, merosimizni chuqur o‘rganishi, tariximizni haqqoniy yoritish uchun zaruriy yozma manbalarni chop etib, ommalashtirish borasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida amalga oshirilayotgan ishlar qatorida Amir Temur va Temuriylar davri tarixiy manbalarini ham o‘zbek tilida iashrga tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda. Jumladan ulardan biri, Nizomiddin Shomiyning "Zafarnoma" asari bo‘lib, nashrga Y. Hakimjonovniig tarjimasi asos qilib olindi. "Zafarnoma"ga Hofizi Abru tomonidan yozilgan "Ilova" ham O. Bo‘riev tarji-masida izohlari bilan kiritildi. Bunday samarali ishlar natijasida buyuk Amir Temur tarixiga oid manbalar yana bir karra ortganligini guvohi bo‘lmoqdamiz.

Download 378.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling