9-Mavzu: Surxondayo etnografiyasi va uning voha tarixini o‘rganishdagi ahamiyati(2 soat) Reja


Download 378.39 Kb.
bet9/14
Sana03.12.2023
Hajmi378.39 Kb.
#1798368
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-ma\'ruza. Surxondaryo etnografiyasi va uni voha tarixini o\'rganishdagi ahamiyati

BANDIXON – Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi joy nomi. 1992-2010 yillarda tuman nomi bo‘lgan. N.A.Maev tomonidan Bandixon tizmasi va darasi qayd etilgan25.
Bandixon nomi izofali ikki so‘z: band+i+xon dan tashkil topgan. Birinchi komponent eroniy tillarga oid. Mahmud Koshg‘ariyning izohlashicha, bandi so‘zi «bog‘landi» ma’nosini beradi26. Fors-tojik tillarida band so‘zi: 1) «bir narsaning ushlanadigan qismi», «dasta», «tutqi»; 2) «bo‘g‘ov», «bog‘lam», «tugun»; 3) «asirlik», «tutqunlik» ma’nolarini beradi27.
Bandixon qishlog‘i atrofidagi qadimgi manzilgohlar bu hududda mil.av. I ming yillikdan to so‘nggi o‘rta asrlar davriga qadar dehqonchilik bilan shug‘ullanilganligini ko‘rsatadi. Bu erga suv O‘rgulsoydan kanal qazish orqali olib kelingan. Kanal to‘silib, bir necha tarmoqqa bo‘linadigan joy Bandixon, ya’ni «band qilingan, to‘silgan ariq, kanal» deb atalgan28. Bu erdagi hayot uzoq vaqtlar davom etganligi bois Bandixon nomi bizning zamonamizga qadar etib kelgan.
BARLOS—Sariosiyo tumanidagi qishloq. Barlos – etnonim. Barloslar Sariosiyo, Denov, Boysun tumanlarida, Qashqadaryoning Chiroqchi, Kitob, Shahrisabzning tog‘li tumanlarida istiqomat qilishadi. Qishloq barlos urug‘i nomidan kelib chiqqan.
Barloslar qadimgi turkiy qabila. Hazrati Mir Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonida barloslarning boshqa turkiy xalqlar qatorida Eron shohi Doroga qarshi janglarda ishtirok etganligi yoziladi. IX-XIII asrlarda mo‘g‘ullar orasida ham barlos urug‘i bo‘lgan. «Mo‘g‘ullarning yashirin tarixi»da yozilishicha, mo‘g‘ullarning nirun avlodidan bo‘lgan Xachiun ismli shaxsning o‘g‘lini Barulas deb qo‘yishdi. Uning avlodi barulas (barlos) deb ataldi. Xachulaning o‘g‘illari ham barulas urug‘iga asos solishdi
VAXSHIVOR – Oltinsoy tumanidagi tog‘li qishloq. Afsonaga ko‘ra, bu erlar ilgarilari Vaxshimor (ilonlar shahri) deb atalgan. Keyinchalik bu erga So‘fi Olloyor kelib, duolar bilan ilonlarni Bobotog‘ga haydab yuboradi. Qishloqqqa suv keltirib masjid qurdiradi. Shundan keyin qishloq Vaxshivor deb atalgan ekan29.
I.M.Steblin-Kamenskiyning izohicha, Vaxsh so‘zi «yoyilib oquvchi, marhamatli» degan ma’noni beradi30. Aslida oaxsho/oxsho qadimgi turkiycha o‘kuz so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, «suv» degan tushunchani anglatadi. Ko‘p xudolilik davrida bu atama «suv xudosi» degan ma’noni orttirgan.
Demak, vaxsh, vax so‘zining eng qadimgi ma’nosi «suv» bo‘lib, keyinchalik «xudo» degan tushunchani anglatgan. Qadimgi baqtriyaliklar nazdida Vaxsh «suv piri» yoki «suvlar xudosi» bo‘lgan.

Download 378.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling