9-Mavzu: Surxondayo etnografiyasi va uning voha tarixini o‘rganishdagi ahamiyati(2 soat) Reja


Download 378.39 Kb.
bet10/14
Sana03.12.2023
Hajmi378.39 Kb.
#1798368
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-ma\'ruza. Surxondaryo etnografiyasi va uni voha tarixini o\'rganishdagi ahamiyati

DALVARZINTEPA – Sho‘rchi tumanidagi arxeologik yodgorlik. Dastavval 1949 yilda arxeolog L.I.Albaum tomonidan o‘rganilgan. 1967 yildan boshlab G.A.Pugachenkova, B.Turg‘unov, E.V.Rtveladze, singari olimlar tomonidan Dalvarzintepada keng ko‘lamli tadqiqot ishlari olib borildi. Ma’lum bo‘lishicha, Dalvarzintepa mil.av. III asrda vujudga kelgan. Kushonlar davrida gullab-yashnagan, uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi hisoblangan.
Dalvarzin so‘zining ma’nosi haqida turli xil fikrlar bildiriladi. Afsonalarga ko‘ra, qadimda Dalvarzintepa o‘rnida gullab-yashnab turgan shahar bo‘lgan ekan. Shaharni Dol (yoki Zol) ismli dono, lekin musulmon bo‘lmagan majusiy hukmdor boshqarar ekan. U sehrgarlik ilmidan ham xabardor ekan. Uning yakka-yu – yagona qizi bor ekan. Shu davrda Surxon vodiysiga payg‘ambarning kuyovi va jiyani Ali boshchiligidagi arab qo‘shinlari bostirib kirishadi. Ular avval Termizni, so‘ngra Jarqo‘rg‘onni olishibdi. Keyingi navbat Dalvarzinga kelibdi. Arab qo‘shinlari harchand urinishmasin, shaharni egallay olmabdilar. Handak ichidagi suvni yopish uchun harakat qildilar. Ammo qasrdandir suv kelib, handakni to‘ldirar edi. Shunda Ali hiyla ishlatishga qaror qilibdi. Qo‘rg‘on devori qarshisida ikki ustun qo‘yilib dor tortilibdi. Har kuni mohir dorboz singari uning ustidan yura boshlabdi. Dalning qizi unga mahliyo bo‘libdi. Ali kamon o‘qiga xat yozib, uni sevib qolganligini ma’lum qilibdi. Qiz ham unga oshiq bo‘lib, anor po‘stiga javob xati yozadi va handakning narigi tomoniga tashlaydi. Shu tariqa ular o‘rtasida yozishma paydo bo‘libdi. Bir kuni Ali qizdan handakdagi suv nima uchun qurimasligini so‘raganda, qiz unga To‘palang daryosiga borish lozimligi, u erda katta erosti suv yo‘li borligi va uni bekitsa suv kelishi to‘xtashini ma’lum qilibdi. Ali zudlik bilan u erga odamlarini jo‘natib suv yo‘lini berkitibdi. Suv kelishi to‘xtagach, shahar egallanibdi. Shaharga kirishgan vaqtda birorta ham odam yo‘q, o‘rniga faqat jonivorlar, tuyalardan tortib mayda mushuklargacha yurgan ekan. Ali bildiki, bu sehrgar Dolning ishi. Jonivorlar orasida Dolning o‘zi ham bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, ularning hammasini o‘ldirishni buyuradi. Dahshatli qirg‘in boshlanadi. Askarlar holdan toyishadi. Shunda Ali podshoning yirik hayvonlar orasida bo‘lishi mumkinligi o‘ylab mayda jonivorlarni o‘ldirmaslikni buyuradi. Kichik jonivorlar darvoza va devor teshiklari orqali qochishga tushishadi.
Ali ko‘handizga kirgan vaqtda saroydan uning quchog‘iga qiz otilib chiqadi. Qiz otasidan o‘zining qiyofasini o‘zgartirmaslikni so‘raganini aytadi. Shahardagi jonivorlarning hammasi ham o‘ldirilmaganligini eshitib, otasini xunuk it qiyofasida G‘uzorga qochib ketganligini ma’lum qiladi. G‘uzor bu vaqtda yaxshi mustahkamlangan qal’a bo‘lib, atrofi qamishzor bilan o‘ralgan edi. Qiz qamishga o‘t qo‘yilsa, shahar yo‘li ochilishini aytadi. Ali unga qarata: «Albatta shunday qilaman», deydi va askarlariga qarata uni boshini olishni buyuradi va «agarki u o‘z otasini sotgan bo‘lsa, ertaga meni ham sotishdan qaytmaydi», deydi. Shundan so‘ng Ali G‘uzorni oladi va Dolni o‘ldiradi. Surxondaryo va Qashqadaryo havzasida esa musulmonchilikni o‘rnatadi .
Albatta bu bir afsona. Ammo unda Dalvarzintepaning qadimda yirik shahar bo‘lganligi hamda arablar istilosi natijasida inqirozga uchraganligi aytib o‘tiladi.
Respublikamizda Dalvarzin nomi bilan ataluvchi ko‘pgina toponimlar mavjud. Toshkent viloyatidagi cho‘l, Bekobod tumanidagi qishloq, Andijon viloyatidagi qishloq va arxeologik yodgorlik shular jumlasidandir. Dalvarzin degan etnonim qayd etilgan. A.R.Muhammadjonov Dalvarzinni dal (tal) – «tepalik», var – «qal’a, qo‘rg‘on», zi(n) – «er» deb izohlaydi . T.Nafasovning fikricha, Dalvarzin so‘zi ham forscha tall so‘zi bilan bog‘liqdir . S.Qoraevning izohlashicha, Dalvarzin asli mo‘g‘ulcha do‘lbo‘rjin so‘zidan kelib chiqib, «to‘rtburchak» degan ma’noni anglatadi.
DARBAND– Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi qadimiy aholi punkti va temir yo‘l stansiyasi nomi. Shuningdek, Turkmaniston Respublikasining Gavars, BaHardan tumanlaridagi daralar, Afg‘onistondagi Panjsher o‘lkasidagi dara va qishloq, shuningdek, Kaspiy dengizining g‘arbiy sohili – Dog‘istondagi shahar Darband deb nomlanadi.
Darvoza qo‘riqchilari uchun bunyod etilgan manzil Darband deb atalgan. Bugungi kunga kelib ushbu devorning ozgina qismi saqlangan bo‘lib, devorlaridagi pahlaviy yozuviga ko‘ra, milodiy 567 yilda barpo etilgan .
Surxondaryodagi Darband qishlog‘i yaqinida, ya’ni Suvsiz va Sarimas tog‘lari orasidagi tor o‘tish yo‘li Temir darvoza deb ataladi. Bu erda qadimda muhim chegara punkti joylashgan. Temir darvozadan ko‘pgina hukmdorlar, lashkarboshilar, savdogarlar va sayyohlar o‘tishgan. Ular o‘z xotiralarida Darband va Temir darvoza haqida qimmatli ma’lumot qoldirib ketishgan. Xususan, Samarqand-Termiz yo‘llaridan milodiy 630 yili yurgan xitoylik monax Syuan Szyan Samarqanddan janubi-g‘arb tomon yo‘l yurib bir daraga kiradi. Uning so‘ziga qaraganda o‘ng va chap tomondan ancha baland ikki yondosh tog‘ orasidagi daradan tor yo‘lak o‘tadi. Temir rangiga o‘xshagan tosh devorlardek bu tog‘larning tor joyida temir bilan qoplangan ikki tabaqali yog‘och darvozada ko‘plab qo‘ng‘iroqlar o‘rnatilgan. Bu daradan o‘tishning noqulayligi va yaxshi himoyalanganligi uchun unga Temir darvoza nomi berilganligi aytib o‘tadi. Syuan Szyan Temir darvozani Tuxolo (ToHariston) mamlakati chegarasida deydi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, darband so‘zi bevosita chegara bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchadir. Qadimda ikki davlat yoki ikki viloyat o‘rtasidagi tabiiy to‘siq yoki mustahkam devor bilan himoyalangan chegara punktlari, shuningdek, davlatlar yoki viloyatlararo chegaradagi muhim karvon yo‘llari o‘tadigan va kuchli himoya qilinadigan daralar Darband deb atalgan. Hozirgi Darband qishlog‘i o‘rnida bo‘lgan qadimgi qo‘rg‘on Baqtriya va So‘g‘diyona chegarasida joylashgan Temir darvozani himoya qilishdek muhim vazifani o‘tagan. Shu bois bu joy Darband, ya’ni «darvoza oldi manzilgohi» deb atalgan.

Download 378.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling