9-Mavzu: Surxondayo etnografiyasi va uning voha tarixini o‘rganishdagi ahamiyati(2 soat) Reja
Download 378.39 Kb.
|
2-ma\'ruza. Surxondaryo etnografiyasi va uni voha tarixini o\'rganishdagi ahamiyati
MUZEYLAR (yun,musion — muzalarga bag‘ishlangan joy) — tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni to‘plash, saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy-ma’rifiy muassasalar. Muzey xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, san’at asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha bo‘lgan tarixiy qimmatga ega qo‘lyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi.
Zamonaviy muzeyning ko‘plariga tadqiqot va ta’lim-tarbiyaviy vazifalarning bir butunligi xos. Muzeyning o‘ziga xos ilmiy ommaviy va tarbiyaviy shakllari — ekspozitsiya, qo‘rgazmalar. Zamonaviy ilmiy tasnifda muzey tur va sohalar bo‘yicha farqlanadi. Ijtimoiy vazifasiga ko‘ra ilmiy tadqiqot-ma’rifiy masalalar muzeyning asosiy qismini tashkil etadi, ba’zan ular xalq muzeyi, ommaviy muzeylar deb ham ataladi), tadqiqot (ilmiy tadqiqot institutlari qoshida o‘ziga xos labarotoriya vazifasini o‘tovchi) va o‘quv turidagi muzeylarga bo‘linadi. Sohalar bo‘yicha tarix, tabiatshunoslik, san’atshunoslik, adabiyot, texnikaga oid va boshqa muzeylarga bo‘linadi. Shuningdek, muzeylarning memorial muzeylar, hamda o‘lkashunoslik kabi turlari bor. Muzeyshunoslik deganda odatda «muzey ishi xaqidagi fan», «muzeylar xaqidagi fan» yoki qisqa kilib aytganda «muzey nazariyasi» tushuniladi. Muzeyshunoslik (XVI asrdan boshlab) tajribalarni umumlashtirish va materiallarni jamlash hisoblanadi. Shularga qaramasdan hozirgi kunda muzeyshunoslik muzeylarning Xalqaro Kengashi (IKOM) tomonidan to‘la tan olindi. Shunday qilib, muzeyshunoslikka ta’rif beradigan bo‘lsak, Muzeyshunoslik- bu ijtimoiy fan bo‘lib, sotsial informatsiyalarni to‘plash, saqlash jaraѐnlarini, va turli ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda ularning amalga oshirish formalarini o‘rganadi. Endi muzey predmeti tushunchasiga aniqlik kiritish kerak. Bu masalaga olimlar XVII asrdaѐq aniqlik kiritishga harakat qilishgan. I. D. Mayorning urinishlari bunga misol bo‘la oladi. U muzeyda saqalanadigan predmetlarga real, to‘la, haqqoniy, qudratli va uzoq vaqt saqlanadigan narsalar sifatida qaragan. XIX asrga kelib fanning ixtisoslashuvi shunga olib keldiki, muzeylarda saqlanayottan predmetlarga ko‘proq turli fanlarning manbalari sifatida san’at asarlari, tabiat parchalari sifatida qarala boshlandi. Bularning barchasini umumlashtiruvchi «kolleksion predmet» degan tushuncha paydo bo‘ldi. Hozirgi paytda muzey predmeti deganda asl nusxadagi hujjat ahamiyatiga ega bo‘lgan va muzey sohasiga mos tushadigan inson faoliyatining natijasi tushuniladi. Aytilganlardan xulosa qilib muzeyga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Muzey- bu sotsial axborotlarning tarixan o‘zaro bog‘lovchi ko‘p funksiyali institut bo‘lib, madaniy- tarixiy va tabiiy - ilmiy boyliklarni saqlashga, axborotlarni to‘plashga va muzey predmetlari orqali tarqatishga mo‘ljallangandir. Albatta fanning rivojlanishi bilan u qo‘llanadigan uslublar ham ko‘paya boraveradi. Muzeylar ko‘p asrlik tarixga ega. Misol tariqasida qadimgi Yunon muzeylarini keltirish mumkin. Muzeylarning dastlabki vatani Yunonistondir. Yunonistonda Gelikon tog‘i atrofida muzalarga bag‘ishlab har besh yilda bir marta bayramlar o‘tkazilib. unda shoirlar, rassomlar, va haykaltaroshlarning o‘zaro musobaqalari bo‘lib turgan. Muzeylar ayniqsa Evropada Uyg‘onish davrida rivojlangan. 15 asrda Italiyada ilk marotaba ommaviy muzey ochilgan. Londondagi Britaniya muzeyi (1753), Parijdagi Luvr muzeyi (1793) va boshqalar ham Evropadagi ilk ommaviy muzeylardan hisoblanadi. O‘rta Osiѐ, xususan O‘zbekiston muzeylari haqida gapiriladigan bo‘lsa, san’at asarlari, badiiy boyliklar, muzeylar eksponatlarini to‘plash XIX asr oxirlaridan boshlab faol tarzda olib borildi. Muzey katta ilmiy tadqiqit va tarbiyaviy ishlarni olib boradi: to‘plamlarni butlaydi va o‘rganadi; ilmiy hujjatlarni tayyorlaydi, muzey ashyolarini saqlash va ta’mirlash tartibini yaratadi, monografiya, katalog, yo‘l ko‘rsatkichlar nashr etadi; zamonaviy, muzeyshunoslik ishlab chiqqan ilmiy usul va metodologiya asosida ekspozsiyalarda ilmiy tashviqotlar olib boradi. Tomoshabinlar bilan ishlashning eng muhim shakli ekskursiyadir. Muzeyshunoslik haqidagi muhim ma’lumotlar: 1.Muzey grekcha “muza”—“ma’buda” degan ma’noni anglatadi. 2.Muzey dastlab – Qadimgi Gretsiyada paydo bo‘lgan. 3.1998 yil 12 yanvarda—“Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘z Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingan 4.O‘zbekistonda hozirgi kunda vazirliklar, idoralar, muassasalar tizimida 1200 ga yaqin muzeylar bor. 5.Madaniyat va sport ishlari tasarrufida—87 ta davlat muzeyi,( 3ta muzey qo‘riqxona, 37 ta muzey, 47 muzey filiallari): Shundan: 50 tasi tarixiy va o‘lkashunoslik 10 tasi badiiy 12 tasi yodgorlik 10 tasi badiiy yodgorlik 3 tasi adabiy 2 tasi tabiiy va tabiiy-me’moriy muzeylar hisoblanadi. 375 ta maktab va 234 tasi akademik litsey va kollejlarda muzey ko‘rgazmalari tashkil qilingan. 14.2. Siyosiy, ilmiy, madaniy, iqtisodiy ehtiyojlarni qondiruvchi muzeylar ning paydo bo‘lish tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. Muzeylarning o‘tmishdoshlari tabiat va ijtimoiy hayotdan olingan asl buyumlarni xo‘jalik maqsadlarida va moddiy boylik sifatida emas, balki memorial ko‘rgazma va estetik qimmatli asl narsalar sifatida saqlana boshlagan davrda yuzaga kelgan. Qadimgi Gretsiya hududidagi Krit orolida Knos saroy xazinasi (mil. av. XYI asrda), Vanlar saroyi va ink kohinlarining arxivi (mil. av. XIII- XII asrlar, Xitoy), Nineviya saroy kutubxonasi (mil. av. YII asr..) shular jumlasidandir. Qadimdan ibodatxona, keyinroq xususiy to‘plamlarda (mil. av. III asrdan) asosan san’at asarlari jamlangan (Varres, Sulla galereyalari, Serviliy, Krass, Lukull, Pompey, Sezar to‘plamlari). Vizantiya sobor va monastirlarida, qeyinroq Fransiya, ItaliY. Germaniya va boshqa mamlakatlar soborlarida turli xil to‘plamlar saqlangan. Evropada ilmiy vazifalar yuklatilgan muzeyning paydo bo‘lishi buyuk geografik kashfiyotlar, amalga oshayotgan davr - Uyg‘onish davriga to‘g‘ri keladi; bu davrda hayvonot va o‘simlik dunyosi namunalari, minerallar, geodeziya va astronomiya asboblari, etnografik ahamiyatga ega narsalar jamlangan. Dunyo tarixida dastlabki muzeylar va ular haqidagi dastlabki tavsiflar, shuningdek, muzeyshunoslik haqidagi nazariy asarlar ham shu davrda paydo bo‘la boshlagan. Florensiya (L. Medichi, XVasr.), Rim (Vatikan muzeyi, XVI asrda), Drezden (Avgust Saksonskiy, XYI asrda) va boshqa joylardagi antik davr yodgorliklari to‘plamlari shu davrga mansub. O‘zbekistonda muzeyshunoslik ishlari XIX asrning 2 yarmida tashkil etila boshlagan. XX asr boshlarida O‘zbekistonda faqat 3 muzey — Toshkent o‘lkashunoslik muzeyi (1876 yil, hozirgi O‘zbekiston tarixi muzeyi), Samarqand xalq muzeyi (1896 yil, hozirgi A. Ikromov nomidagi O‘zbekiston halqlari, madaniyati va san’ati tarixi muzeyi), Farg‘ona xalq muzeyi (1899 yil, hozirgi Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi) bor edi. Ularning to‘plamlari kam, ekspozitsiyalarining aksariyati tarixiy materiallardan tashkil topgan. XX asrning 20 yillaridan turli sohadagi muzeylar tashkil etila boshladi. Muzeylar va madaniyat yodgorliklari davlat ixtiyoriga o‘tkazilib, muhofaza qilina boshlandi. Ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirilib, muzey uchun kolleksiyalar to‘plash ishi yo‘lga qo‘yildi, ko‘plab muzey tashkil etildi. Hozir O‘zbekistondagi muzeylarning asosiy qismi O‘zbekiston madaniyat ishlari vazirligi qaramog‘ida. O‘zbekiston tarixi muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston san’at muzeyi (1918), A. Ikromov nomidagi O‘zbekiston xalqlari madaniyati va san’ati tarixi muzeyi, O‘zbeqiston tabiat muzeyi (1876) va boshqa muzeylar faoliyati bugungi kunda tobora rivojlanib bormoqda. Muzey ta’lim-tarbiya va ilmiy vazifalarga ega bo‘lgan muzey tizimi taraqqiyotiga ob’ektiv ehtiyojlar ortib bormokda. AQSH. ItaliY. FransiY. Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya va boshqa mamlakatlar eng taraqqiy etgan muzeylar mavjud bo‘lib hisoblanadi. Muzeyning xalqaro maydonga chiqishi bilan ularning ta’sir doirasi kengayib bormoqda. Bunda ko‘rgazmalar ayirboshlash birinchi o‘rinda turadi. Muzey jahonning turli mamlakatlariga o‘z xazinalarini yuboradi, ayni paytda chet mamlakatlarning ko‘rgazmalarini o‘zlarida qabul qiladi va ko‘rgazma hamda muzeylarda namoyish etiladi. Muzey xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirishga yordam bermoqda. Milliy madaniyatlarning o‘zaro boyishi va xalqlar o‘rtasida hamfikrlikni rivojlantirishga katta hissa ko‘shmoqda. Jahon Muzey xalqaro tashkilotga birlashgan, YUNESKO tarkibida Muzeylar xalqaro kengashi (IKOM) mavjud. Uning tarkibiga milliy muzeylarning qo‘mitalari kirgan. Download 378.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling