9-Mavzu: Surxondayo etnografiyasi va uning voha tarixini o‘rganishdagi ahamiyati(2 soat) Reja


Download 378.39 Kb.
bet1/14
Sana03.12.2023
Hajmi378.39 Kb.
#1798368
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-ma\'ruza. Surxondaryo etnografiyasi va uni voha tarixini o\'rganishdagi ahamiyati


9-Mavzu:Surxondayo etnografiyasi va uning voha tarixini o‘rganishdagi ahamiyati(2 soat)
Reja
1.Surxondaryo etnografiyasi fanining bahs mavzusi.
2. Surxondaryo etnografiyasini o‘rganish tarixi.
3. Surxondaryo etnografiyasi fanining manbalari.
Mavzuga oid tayanch so‘zlar:
Surxondaryo etnografiyasi fanining maqsad va vazifalari. Surxondaryo etnografiyasining o‘rganilishi. Boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi. Etnografik tadqiqot usullari. Etnograf olimlar. Etnografik manbalar.


9.1. Surxon vohasi tarixi, etnografiyasi va ilk shaharsozlik madaniyatlari qadim davrlarga borib taqaladi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2009 yil 25-avgustda Termiz davlat universitetiga tashrifi jarayonida, Surxon vohasi moddiy va ma’naviy madaniyatiga alohida e’tibor berib, “Surxondaryo – etnografik makon” deya- ta’kidlagan edi.
Markaziy Osiyo aholisini qadimdan turli etnik urug‘lar tashkil etib, ularning moddiy va ma’naviy madaniyati o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Surxondaryo etnografiyasining turli jabhalarini ilmiy tarixiy jihatdan tadqiq etish, hamda o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, uni to‘laroq yortish imkonini beradi. Xalqimiz mustaqillikka erishgach, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi bu fanning dolzarbligidan dalolat berib, har jihatdan ilmiy o‘rganish dolzarbligini ko‘rsatmoqda. Jamiyatning turli rivojlanishi bosqichlarida va turli mintaqalarda etnografiya o‘zining tarixan shakllangan xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan. Shu jihatdan etnografiyani turli davrlardagi xususiyatlarini o‘rganish har bir jamiyatda qay tarzda rivojlanganligi hamda rivojlanish bosqichlarini aniqlashda muhim ilmiy, ijtimoiy va amaliy ahamiyatga egdir. O‘zbek xalqi etnografiyasini tarixiy-etnografik jihatdan har tomonlama alohida ob’ekt sifatida mukammal o‘rganish, respublika aholisining moddiy va ma’naviy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlariga bir qadar aniqlik kiritish imkonini beradi. Surxon vohasida qadim tarixga ega yurt sanaladi. Aynan davlatchiligimizning asoslarini shakllanishida ham voha muhim o‘rin egallaydi. Surxon vohasi ayni paytda betakror tabiati, moddiy boyliklari hamda aholisining o‘ziga xos turmush tarzi, urf-odatlari va an’analarining lokal xususiyatlari bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Surxon vohasi aholisi fe’l atvori, turmush tarzi, urf-odat va an’analari mamlakatimizning boshqa mintaqalaridan o‘ziga xosligi bilan alohida ajralib turadi. Shu boisdan Surxon vohasi etnografiyasini o‘rganish nihoyatda dolzarb mavzu ekanligidan dalolat beradi.
Surxon vohasi hududi qadimiy tarixga ega bo‘lib, ko‘plab manbalarda voha o‘tmishini aks ettiruvchi voqea-hodisalar haqida fikr yuritilgan. O‘tmish madaniyatni yaratgan ajdodlarimiz, ularning ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzi aks ettirilgan yilnomalar, tarixiy, adabiy-badiiy asarlar, dostonlar, rivoyatlar, xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari saqlanib qolgan. Olib borilgan arxeologik qazish ishlari davrida bu hududdan Yunon-Baqtriya tanga pullari, O‘rta Osiyoga xos xudolar va sanamlar (Anaxit, muqaddas hayvonlarning suratlari, san’at buyumlari, aslaha-anjomlarni bezash uchun ishlatiladigan taxtacha-falarlar, sanamlarning suratlari o‘yilgan oltin tovoqlar) dan iborat topilmalar aniqlandi. Miloddan avvalgi I-ming yilliklar oxiri milodimizning boshlarida Surxon vohasida yashagan qabilalar, urug‘lar haqida, ularni mahalliy o‘troq, yarim ko‘chmanchi, ko‘chmanchi urug‘lardagi madaniy hayot xususida bir qator ilmiy asarlar yaratilgan. Mashhur alloma Abu Rayhon Beruniyning Tohariston hududidagi xalqlarni tarixi, joylashuvi, shaharlari haqidagi asarlari, yirik turkshunos olim Mahmud Qoshg‘ariyning (XIasr) «Devonu lug‘atit turk» asarida qayd qilingan turkiy urug‘larni ma’lum qismi Tohariston hududida istiqomat qilib, katta siyosiy nufuzga ega ekanligi borasidagi fikri, etuk alloma, tarixchi Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida turkiy va fors-tojik xalqlarining e’tiqodlari, bayramlari to‘g‘risidagi manbalari bebaho ilmiy xazinadir. Shuningdek, Rashididdin, Mirzo Ulug‘bek, Abulg‘ozi Bahodirxon va boshqa olim hamda tarixnavislarning asarlari o‘ziga xos o‘ringa ega.O‘zbekiston hududida xususan, Surxon vohasiga Chor Rossiyasidan turli maqsadlar bilan kelgan o‘lkashunoslar, olimlar va rus ma’murlarining asarlari, yozma yodgorliklari muhim manbalar guruhiga kirib, aholining iqtisodiy siyosiy hayoti, etnik tarkibi shuningdek, moddiy va ma’naviy madaniyati haqida to‘xtalib o‘tganlar.


9.2.Surxon vohasi aholisining etnik xususiyatlari tarixi ilmiy adabiyotlarda shuningdek, turli davrlarda mintaqaga kelgan sayyoh olimlar, tadqiqotchilar tomonidan yozib qoldirilgan. Xususan, 1863 yilda Samarqand, Buxoro, Xiva hamda boshqa yirik shaharlarni o‘rgangan major sayyohi va sharqshunos X. Vamberi 32 ta o‘zbek urug‘i ro‘yxatini keltiradi1.
O‘zbeklarning etnik tarkibi masalasida mulohaza yuritgan rus tadqiqotchisi A.D. Grebenkin Zarafshon vodiysida yashovchi o‘zbek va tojiklar, xususan, mang‘it, ming, nayman, yuz, jaloyir, tuyoqli, qirq kabi yirik urug‘larning kelib chiqish tarixi, antropologik va etno-hududiy xususiyatlari borasida qator diqqatga sazovor mulohazalarni bildirgan2. O‘z navbatida ta’kidlash kerakki, ushbu urug‘larning kelib chiqish tarixi va an’anaviy madaniyati Shimoliy Surxon vohasidagi o‘zbek urug‘lari bilan o‘zaro umumiylikka ega bo‘lgan.
N.A. Maev 1875 va 1878 yillarda Hisorda o‘tkazgan ekspeditsiyasi ma’lumotlari asosida yozgan tadqiqotida Surxon vohasida yashovchi qo‘ng‘irot, do‘rmon, qatag‘on, yuz, laqaylar va mintaqadagi tojiklarning etnik xususiyatlari hamda turli etnografik guruhlar voha bo‘ylab joylashishining o‘ziga xosliklari borasida etnografik ma’lumotlarni bayon qilgan.
Buxoro amirligida harbiy maqsadlarda tadqiqotlar olib borgan D.N. Logofet esa vohada yashagan o‘zbek urug‘lari hamda ularning geneologiyasi haqida to‘xtalgan. Shuningdek, vohadagi etnografik guruhlarning tutgan mavqeiga qarab ketma-ketlikdagi ro‘yxatini keltirgan. Ro‘yxatda bayon qilingan etnografik guruhlardan qo‘ng‘irot, qatag‘on, yuz, do‘rmon, turk, qarluq, jaloir, laylagan, mang‘it kabi urug‘lar Surxon vohasida istiqomat qiladi3.
XX asrning birinchi choragidan boshlab O‘rta Osiyo xalqlari, xususan, Surxon vohasi etnografiyasini o‘rganish borasida ayrim jiddiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Xususan, O‘rta Osiyoni rayonlashtirish bo‘yicha maxsus komissiya 1924 yil sentabrdan 1925 yilning fevraligacha ish olib borgan. Bu komissiya materiallarida I.P. Magidovich tomonidan tayyorlangan Surxon vohasining ma’muriy tuzilishi statistik ma’lumotlar asosida berib o‘tilgan bo‘lib, aynan mazkur ma’lumotlar tadqiqotimiz uchun ahamiyatlidir.4
Rus etnograf olimi L.P. Potapov 1928 yil O‘zbekistonning janubiy hududlari bo‘ylab o‘tkazgan ekspeditsiyasi davomida yiqqan ma’lumotlari asosida chop qilgan maqolasida voha aholisining etnik tarkibi, moddiy va maishiy turmush tarzi kabi masalalarga to‘xtalib o‘tgan. Uning bu ekspeditsiyada to‘plagan dala materiallari olim vafotidan so‘ng to‘laligicha Germaniyada nashr qilindi. Aynan mazkur asar Surxon vohasi aholisining etnik tarkibi va turli etnografik jamoalarning mintaqada joylashish xususiyatlarini yoritishda muhim manba bo‘lib xizmat qildi.
9.3.Surxon vohasini etnografik yo‘nalishda o‘rganish borasida o‘ziga xos davr bo‘lgan deb aytish mumkin. Chunonchi bu borada janubiy O‘zbekiston va Tojikiston hududlari aholisining etnik tarixi masalalari yuzasidan 1945 yildan boshlab to XX asrning 80-yillarigacha ilmiy tadqiqotlar olib borgan elshunos olima B.X. Karmisheva tadqiqotlari muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Aynan mazkur muallif tomonidan qariib qirq yil davomida olib borilgan etnografik kuzatuvlar natijasi tarzida e’lon qilingan monografiyada voha aholisi etnik guruhlaridan qo‘ng‘irot, yuz, qatag‘on, turk kabi etnografik guruhlar, shuningdek, turkman, tojik, arab va boshqa etnoslar tarixiga oid muhim ilmiy materiallar bayon qilingan5.
XX asrning 50-yillarida Surxon vohasi aholisini antropologik jihatidan o‘rgangan Q. Najimovning ilmiy tadqiqotlarida voha aholisining antropologiyasi bilan bir qatorda Surxon vohasida yashovchi yuz, qatag‘on, turk, do‘rmon kabi urug‘larning etnik tarixi kabi masalalarga ham e’tibor qaratilgan6.
Umuman olganda, voha aholisining etnik tarixiga bilvosita va bevosita aloqador bo‘lgan ushbu tadqiqotlar bir-biridan nafaqat turli davrlarda yozilganligi, balki turi, manbaviy asosi, hajmi, tadqiqot hududlaridagi etnoslarni qamrab olish darajasi bilan ham farqlanib turadi.
Surxon vohasining qadimgi va o‘rta asrlar davriga oid doimiy turar-joylarini ilmiy asosda tadqiq qilishda arxeolog va tarixchi olimlardan G.A. Pugachenkova, E.V. Rtveladze, A.A. Asqarov, S.N. Tursunov, T. Annaev, SH. Shaydullaevning tadqiqotlari tahsinga sazovordir7.. Aynan mazkur mutaxassislar uzoq yillar davomida olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida o‘zbek xalqining tog‘ me’morchiligiga bag‘ishlangan bir necha ilmiy asarlar yozgan. Jumladan, D.Nozilovning Janubiy O‘zbekiston uy-joylari me’morchiligiga bag‘ishlangan ishlarida Surxondaryoning tog‘li tumanlaridagi Por, Pushtibarak, Karsak, Chosh, Nilu, Xufar, Sangardak, Maland kabi qishloqlardagi uy-joylarning qurilish uslubi, tarhi, dizayni xususiyatlari, xalq me’morchilik an’analari va qurilish-texnikaviy usullariga oid qimmatli ma’lumotlar bayon qilingan.
O‘zbekistonning turli hududlari aholisi an’anaviy turarjoylari K. Zadixina, B. Karmisheva, K. Shoniyozov, H. Ismoilov, O. Ibragimov, I. Jabborov, O. Bo‘riev, G. Zununovalar tomonidan ham tadqiq etilgan. K. Zadixina Quyi Amudaryo vohasida joylashgan o‘zbeklarning turarjoylariga to‘xtalgan bo‘lsa, B. Karmisheva esa Janubiy Tojikistonda yashovchi o‘zbeklarning turarjoylari masalasini yoritib bergan va o‘zbeklar orasida ko‘chma uylarning turlari haqida to‘xtalib o‘tgan. Aynan mazkur tadqiqotlar o‘lka tarixini o‘rganishda o‘ziga xos muhim manbalardan biri hisoblanadi.
Termiz davlat universiteti professori S.N. Tursunov tomonidan Surxondaryo viloyati Boysun, Sherobod, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Termiz tumanlari tarixiga bag‘ishlangan monografiyalarida, shuningdek, Surxon vohasi etnografiyasi va aholining etnik xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlari voha tarixini yoritishda muhim manbalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu tadqiqotlarda ham masalani qiyosiy o‘rganishda va bir-birini to‘ldiruvchi material sifatida ma’lum ma’noda tarixiy o‘lkashunoslik fani uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir8. Ushbu ilmiy asarlarda Surxon vohasi tarixi, etnografik jihatlari, an’anaviy turar-joylar, moddiy turmush tarzi va madaniyati xususida keng qamrovli ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

Download 378.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling