9-Mavzu: Surxondayo etnografiyasi va uning voha tarixini o‘rganishdagi ahamiyati(2 soat) Reja
-Mavzu: Surxondaryo tarixini o‘rganishda toponimikani o‘rni (2soat)
Download 378.39 Kb.
|
2-ma\'ruza. Surxondaryo etnografiyasi va uni voha tarixini o\'rganishdagi ahamiyati
13-Mavzu: Surxondaryo tarixini o‘rganishda toponimikani o‘rni (2soat)
Reja: 1.Surxondaryo toponimikasi 2.Arab manbalarida voha toponimikasiga oid manbalar. 3.Joy nomlariga oid toponimlar. Мавзуга оид таянч сўз ва иборалар: Surxondaryo toponimikasi. Arab manbalarida voha toponimikasiga oid manbalar. At-Ta’bariy asarlarida Termiz tarixiga oid ma’lumotlar. Surxondaryo toponimikasi о‘rganilishi.Joy nomlariga oid toponimlar. Amudaryo, Basand, Boysun, Bandixon, barlos. 13.1.Surxondaryo viloyati nomi gidronimdan kelib chiqqan. Surxondaryo irmoqlaridan biri o‘tmishda «Surxod», «Qizil daryo» deb atalgan. Surxondaryo esa tarixiy manbalarda viloyatning hududlarini o‘z tasarrufiga birlashtirgan Chag‘oniyon (arabcha Sag‘oniyon) o‘lkasi nomi bilan «Chag‘onrud», «Chag‘oniyon daryosi» deb yuritilgan. Surxondaryo viloyati qadimda (miloddan avvalgi VII-VI asrlardan milodiy 383 yilgacha) Baqtriya o‘lkasining tarkibiy qismi. Milodiy 383 yildan VIII asrning 40- chi yillariga qadar bu voha Tohariston o‘lkasi tasarrufida bo‘lgan. (Baqtriya- Tohariston o‘lkalari va ular tarkibidagi mulkliklar nomlari etimologiyasi oldingi bo‘limlarda yoritildi). VIII-IX asrlarda ya’ni vohani Arab xalifaligi tarkibiga batamom qo‘shib olganidan so‘ng Termiz va Chag‘oniyon o‘lkalari yuksaladi va amalda Surxon- Sherobod vohasida ikki yirik madaniy markaz to‘liq shakllanadi. Bu jarayon Chag‘oniyonda al- Muhtoj asos solgan Muhtojiylar sulolasi hukmronligi davrida yanada jadallashadi. Arabnavis mualliflar asarlarida Termiz nomi ilk bora, «Tirmiz» shaklida VIII asrdan boshlab uchraydi. (At-Tabariy va h.k mualliflar asarlarida). 1X-X asr oralig‘ida Termiz Jayxun- Amudaryoning o‘rta oqimidagi eng yirik shaharga aylanadi. Shu bois Termizdan «Temir darvoza»gacha, Termizdan Chag‘oniyongacha, Termizdan Qobadiyongacha va Termizdan Jayhun bo‘ylab Marvga yo‘nalgan karvon yo‘llaridagi manzillar o‘rtasidagi oraliq masofa Termizdan hisoblangan. Manbalarda Termizdan 5-6 farsax uzoqlikda Chag‘oniyon yo‘lida Charmangan, Sarmangan (arabchada) yoki Jarminkon shahri tilga olingan. Jarminkon- daryo bo‘yida joylashgan qal’a. Bu shahar Jarqo‘rg‘on tumanining Minor qishlog‘ida mavjud bo‘lgan. VIII-IX asr voqealari munosabatlari bilan at- Tabariyda Termiz va «Temir darvoza» oralig‘ida Xushvara (bu shahar shuningdek manbalarda Xashura yoki Bxshura deb ham o‘qiladi). Xushvara «vara», qadimgi «Avesto» tilida «qal’a», «bino». Etnonim xush, ajoyib yoki shinam qal’a ma’nosini beradi. Xushvara shahri arxeologlar T.Annaev, E.Rtveladzelar tomonidan Qulluqsho qishlog‘i yaqinidagi Kattatepa (Xosiyattepa) o‘rnida mavjud bo‘lgan. 13.2.IX-X asr yozma manbalarida Basand nomli qal’a tilga olingan. Arxeolog olimlar E.V.Rtveladze, T. Annaevlar bu qal’ani Boysun o‘rnida joylashtiradilar. Boysun nomi esa ilk bora (Boysun shaklida) XVII asrida tilga olingan. Boysunning «Boy- shin» tarzida xalq etimologiyasi talqini ham bor. Boyshin – «boy- badavlat insonlar yurti». Surxondaryo viloyatining oronimlaridan yana biri – Kuhitang tog‘i tarixiy manbalarda «Kuxtan» tarzida «Boburnoma»da tilga olingan. Sherobod tarixiy manbalarda XVIII asrdan boshlab uchraydi. Shahar nomi XVIII asrda qo‘ng‘irot urug‘i vakili Sheralixon ismi bilan bog‘liq. Muzrabot (tuman). Bu nomdagi hudud qadimda Surxon (qadimda Baqtriya-Tohariston o‘lkasining tarkibiy qismi) vohasining chegara qismida joylashgan. Muzrabot ikki tarkibiy qismda Muz va rabotdan iborat. Rabot – «karvonsaroy», muz so‘zi fikrimizcha «Marz» (marzbon-sosoniylar Eroni davlatida davlat chegarasi bilan shug‘ullanuvchi «chegarabon»). Shu bois Muzrabot «chegara raboti» deb talqin etilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Denov ilk bora tarixiy manbalarda XVII asrda Mahmud ibn Valining «Sirlar dengizi» asarida tilga olingan. Dehi- nau «yangi qishloq». XVI asrdan boshlab Chag‘oniyon o‘lkasi markazi Chag‘oniyon shahri o‘z ahamiyatini asta- sekin yo‘qotishi bois, o‘lkaning markazi hozirgi Denov o‘rniga ko‘chadi. Surxondaryo – tojik tilidan olingan bo‘lib, “surx” – qizil, ya’ni qizil daryo demakdir. Tog‘ jinslarida qizil ranglar mavjud. Suv bu jinslarni o‘zi bilan oqizib kelganligi sababli qizil tusli tuyuladi. Shuning uchun erli xalq – qizil daryoni tojik tilida “Surxondaryo”, deb atashgan. Amudaryo – Markaziy Osiyodagi eng yirik daryolardan biri. U Vaxsh va Panj daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘lib, Orol dengiziga borib qo‘yiladi. Qadimda Amudaryo turli nomlar bilan atalgan. Avestoda Vahvi Daitya12, yunon manbalarida Araks, Oks, Oksus, turkiycha O‘kuz, xitoy manbalarida Guy-shuy, Uxu, Pakshu, armancha Vexrod, hindcha Vaxshu, o‘rta asrlar davrida Jayxun, ispan elchisi Klavixoning esdaliklarida Viadme kabi nomlar bilan atalgan. Bundan tashqari, joy nomlari bilan Balx daryosi13, Termiz daryosi, Kalif daryosi, Urganch daryosi, Xorazm daryosi kabi nomlari ham bo‘lgan. Mil.av. V asr yunon tarixchisi Gerodot o‘zining «Tarix» nomli asarida Amudaryoni Araks deb ataydi. Uning yozishicha, bu daryo Matiena tog‘laridan boshlanadi. Aleksandr Makedonskiy boshchiligida qadimgi Baqtriya va So‘g‘diyona erlariga bostirib kirgan yunonlar Amudaryoni Oks (Oksus) deb ataganlar. V.I.Masalskiyning fikriga ko‘ra, yunoncha Oks so‘zi Vaxsh nomidan kelib chiqqan. Xuddi shu fikr V.V.Bartold tomonidan ham bildiriladi. Ammo atoqli o‘zbek olimi Yahyo G‘ulomov bu nom qadimgi turkiycha o‘kuz so‘zidan kelib chiqqanligini ta’kidlaydi14. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, «o‘kuz – Jayxun, Firot kabi daryolarga berilgan nom. O‘g‘uzlar bu so‘zni o‘zlarining shaharlari joylashgan Banokat vodiysi ma’nosida qo‘llaydilar. Mil.av. II-I asrlar xitoy manbalarida Amudaryo Guy-shuy deb ataladi15. Ushbu so‘zdagi guy so‘zi bizningcha, kushon qabilasiga aloqadordir. Chunki xitoy yilnomalarida Daxya (Baqtriya)ni zabt etgan yue-chji qabilalari ichida guyshuan urug‘ining nomi ham keltiriladi. Keyinroq, Daxyani zabt etganidan yuz yil o‘tgach, guyshuan hukmdori Kiotszyukyu yuechjilarning beshta qabilasini bo‘ysundirib, o‘zini guyshuan podshosi deb e’lon qiladi16. Olimlarning aniqlashi bo‘yicha, guyshuan – «kushon» so‘zining xitoycha transkripsiyasi ekan. Shuy so‘ziga to‘xtalsak. Xitoy tilidagi shuy – «suv» ma’nosini beradi17. Ammo bu so‘z turkiy tillarda ham uchraydi. Turkiy tilda suy so‘zi «daryo»18, o‘zbek, qirg‘iz tillarida soy – «jilg‘a, tog‘ daryosi»dir. Shunga ko‘ra, Guy-shuy so‘zi «Kushonlar daryosi» degan ma’nolarni anglatadi. O‘rta asrlar davridagi arab manbalarida Amudaryo Jayxun nomi bilan atalgan. V.V.Bartoldning fikricha, Jayxun Tavrotdagi Gixon daryosi nomining arablashtirilgan shakli bo‘lib, arablar tomonidan kiritilgan. XIII asr mo‘g‘ul manbalarida daryo Amu deb ataladi19. «Boburnoma»da ham Amu deyiladi20. Ammo daryo bu nom bilan ancha oldin atalgan. Arman muallifi Vardanning «Geografiya» asarida Amu-su nomi bilan tilga olinadi. XI asr forsiy tildagi izohli lug‘atlarda Amuy ham shahar, ham daryo nomi sifatida ishlatiladi. S.Qoraevning fikriga ko‘ra, Amul shahrining nomi daryo nomidan olingan bo‘lishi mumkin21. M.Koshg‘ariyning izohlashicha, amul – «har bir tinch va barqaror, turg‘un, qimirlamaydigan narsa» demakdir22. YO.Xo‘jamberdievning ta’kidlashicha, «Aslida sho‘xligi bilan mashhur bo‘lgan Amudaryoning bir qismi tinch oqish xususiyatiga qarab (daryo Turkmaniston hududidan o‘tganidan keyin to quyilishigacha nisbatan tinch, sekin oqadi) uni mahalliy kishilar shunday deb atagan bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas»23. Fikrimizcha, Amudaryoning Chorjo‘yga yaqin joyga kelib tinch, osuda, barqaror oqishi, bu erdagi kechuv nomini Amul deb qo‘yilishiga sabab bo‘lgan. Kechuv nomi bilan shahar atalgan. 13.3.ANGOR – Surxondaryo viloyatidagi tuman va uning markazi. Angor so‘zining ma’nosi haqida turli fikrlar bor. Mahalliy aholining izohicha, angor – hosili yig‘ishtirib olingan g‘alla maydoni. Bunda Angorni qadimda Termiz va uning atrofidagi o‘troq aholining lalmikor dehqonchilik qiladigan g‘allazori bo‘lganligi nazarda tutiladi. Angar/angor so‘zi ishtirok etgan toponimlar Osiyoning turli hududlarida uchraydi. Masalan: Angara – Sibirdagi daryo, Eniseyning o‘ng irmog‘i, Anqara – Turkiya poytaxti va hokazolar. YO.Xo‘jamberdievning fikricha, angor so‘zi eroniy tillardan o‘tgan va u «aholi markazi» degan tushunchani beradi24. Qadimdan Angor hududi orqali Buyuk Ipak yo‘lining bir tarmog‘i o‘tgan. Bu erdagi Tozlartepa, Bolaliktepa, Zartepa, Qizqo‘rg‘on, Kuyovqo‘rg‘on, Xayrobodtepa singari qo‘rg‘onlar yo‘ldan o‘tayotgan karvonlar uchun qo‘nalg‘a vazifasini o‘tar edi. Ana shunday to‘xtash joyi Angor deb atalgan. Angor – «karvonlar to‘xtaydigan joy», «mustahkam qo‘rg‘oni bor qo‘nalg‘a», «karvonsaroy» ma’nosini anglatadi. Download 378.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling