9-Mavzu: Surxondayo etnografiyasi va uning voha tarixini o‘rganishdagi ahamiyati(2 soat) Reja


-Mavzu:Tarixiy o‘lkashunoslikni o‘rganishda arxiv manbalarning tutgan o‘rni (2 soat)


Download 378.39 Kb.
bet4/14
Sana03.12.2023
Hajmi378.39 Kb.
#1798368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-ma\'ruza. Surxondaryo etnografiyasi va uni voha tarixini o\'rganishdagi ahamiyati

11-Mavzu:Tarixiy o‘lkashunoslikni o‘rganishda arxiv manbalarning tutgan o‘rni (2 soat)
Reja:
1. Arxiv manbaparining o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati.
2. Arxiv hujjatlarini hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar.
3. Tarixiy jarayonlarni yoritishda va o‘lkashunoslikni o‘rganishda arxiv xujjatlarining o‘rni.
4. Hozirgi kunda O‘zbekistonda arxivlar faoliyati.


Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar

Arxiv manbaparining o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati. Arxivshunoslik to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Qadimgi va o‘rta asrlar davri arxivlari. Arxiv hujjatlarini hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Tarixiy jarayonlarni yoritishda va o‘lkashunoslikni o‘rganishda arxiv xujjatlarining o‘rni. Mustaqillik davrida arxiv xujjatlarining o‘rganilishi. O‘zbekistonning mustaqilligi davrida arxiv ishlari tizimi. 2010 yil “O‘zbekiston Respublikasi arxivlar ishi to‘g‘risidagi” qonunning o‘lka tarixini o‘rganishdagi ahamiyati.




11.1. Tarixiy o‘lkashunoslikda arxiv hujjatlari manbalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan arxiv ishlari tarixi o‘ziga xos o‘ringa ega hisoblanadi. Tarixiy davrlar mobaynida arxiv ishi va ish yuritish sohasida zarur ishlar amalga oshirildi. Arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishda ijobiy natijalarga erishildi hamda muayyan intellektual va texnologik salohiyat shakllantirildi. Arxiv fondlari, tarixiy, ilmiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv hujjatlar bilan boyitildi. Shu bilan birga, tahlil va o‘rganish natijalari arxiv ishi va ish yuritish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy qilish, davlat arxivlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini qo‘llash zarurati mavjudligidan dalolat bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat boshqaruvi va nazoratini takomillashtirish, qog‘oz shaklidagi, kino, foto va fono hujjatlarini raqamlashtirishni yanada jadallashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hukumatimiz tomonidan 2019 yil 19 oktabr oyida “Arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish to‘g‘risida” Prezident farmoni qabul qilindi. Bu esa mustaqilllik yillarida arxiv ishlari faoliyatiga bo‘layotgan e’tbordan dalolat beradi. O‘lkashunoslikda arxivshunoslikning ahamiyati masalalariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, turli davrlarda arxiv faoliyati o‘ziga xos tarzda tashkil etilgan.
Arxiv – lotincha “arxivus” – hukumat binosi so‘zidan olingan. Lekin “arxiv” atamasining hozirgi qo‘llanish ma’nosi butunlay boshqacha bo‘lib,- Arxiv bu idoralar, korxonalar, va tashkilotlar, shuningdek, tarixiy shaxslar faoliyatiga oid hujjatlar saqlanadigan muassasa hisoblanadi. Arxivlarda tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, korxonalar, jamoa va davlat xo‘jaliklarini, ayrim shaxslarning ko‘p yillik faoliyati haqida ma’lumotlar va hujjatlari saqlanadi. O‘lka tarixini o‘rganishda bu hujjatlarning ahamiyati kattadir. Arxiv hujjatlarini qidirib topish, ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlarni hayotga tadbiq etish murakkab ish.
O‘rta Osiyoda arxiv yozuv bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Arxeolog olimlar qadimgi Tuproqqal’a Harobalaridan Xorazmshohlarga tegishli III -IV asr boshlariga oid sopollarga bitilgan qadimgi hujjatlardan iborat arxiv namunalarini topishdi. 1930 yil boshlarida Mug‘ tog‘laridagi yodgorlik Harobalaridan esa Divashtich arxivi topildi. Qazishmalar natijasida Divashtich arxivi VIII asrga oid bo‘lib, u erdan 80 dan ortiq qo‘lyozma hujjatlari topilgan. Tarixiy ma’lumotlardan ma’lumki IX- XI asrlarda O‘rta Osiyoda buyuk allomalarimiz Beruniy, Ibn Sino foydalangan arxiv kutubxonalar ham mavjud bo‘lgan.
11.2.Tarix fani taraqqiyotini belgilovchi omillar orasida arxiv materiallari, ayniqsa, diqqatga sazovardir. Shuning uchun tarixiy jarayonlarni yoritishda va o‘lkashunoslikni o‘rganishda arxiv hujjatlarining o‘rni juda muhim. Arxiv hujjatlarini qidirib topish, ular ustida ishlash va olingan ma’lumotlarni hayotga tadbiq etish murakkab ish. Hozirgi kunda mamlakatimizda arxiv hujjatlarini har tomonlama o‘rganib, tarix inson va jamiyat darslarida foydalanish va yoshlarni shu yo‘l bilan har tomonlama etuk, aqlan rivojlangan qilib tarbiyalash muhim vazifalardan biri sanaladi. O‘rta Osiyo xonliklarining XIX asrgacha bo‘lgan hujjatlari, bizgacha yaxshi saqlanmagan. Bu hujjatlar o‘zoro feodal urushlar, vayronagarchiliklar natijasida yo‘q bo‘lib ketgan. Qo‘qon va Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining Qushbegi arxivi qisman saqlangan. Ularda XIX asrlarga oid hujjatlarning bir qismi saqlangan. O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi bosib olgandan keyingi davr arxivlari, ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr hujjatlari to‘la saqlangan. Qo‘qon va Xiva xonliklari arxivlari tarixi o‘ziga xosdir. Chor Rossiyasi bu xonliklarni bosib olganidan keyin ushbu arxiv materiallari 1876 yil Peteburgga-imperator kutubxonasiga olib ketiladi. Bu hujjatlar 1930-yilning oxirigacha e’tibordan chetda qolib, umumiy ishda foydalanilmay keldi. Keyinchalik olimlar tadqiqotlari natijasida Qo‘qon, Xiva arxivlari aniqlanib, ulardan keng foydalanildi.
Qo‘qon xonlari arxivi haqida tarixchi Troitskaya 1968 yilda “Katalog arxiva Kokandskix xanov XIX veka” nomli ma’lumotnomasini e’lon qildi. 1962 yilda bu xujjatlar Leningraddan Toshkentdagi Markaziy Davlat Arxiviga olib kelingan. Xiva xonlari arxivi hujjatlarini birinchi bo‘lib 1939 yilda olim P.P. Ivanov o‘rganib chiqib, ular to‘g‘risida xabar beradi. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Davlat Arxivida Qo‘qon, Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amirligining Qushbegi arxivi, Turkiston general gubernatorligi, uning barcha tashkilotlari arxivlari, shuningdek, O‘zbekistonning oktabr to‘ntarishidan keyingi davr, sobiq ittifoq davri tashkilotlarining arxiv materiallari saqlanadi. Unda bir milliondan ortiq yig‘ma jildlar bor bo‘lib, u O‘rta Osiyodagi eng katta arxiv muassasasi hisoblanadi.
Arxiv hujjatlari yozma va og‘zaki shaklda bo‘lishi mumkin. Og‘zaki tarixiy xujjatlar har xil texnika vositalari bilan yozib yoki tasvirlab olinadi. Hujjatlar maxsus joylarga, sohalarga ajratilgan va xronologik sanalarga ajratilgan. O‘zbekiston Respublikasi MDA da XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha bo‘lgan juda ko‘p sonli hujjatlar saqlanmoqda. Turkiston general-gubernatorligiga qarashli, hozirgi O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va qisman Qozog‘iston respublikalari hududidagi viloyatlar, uezdlar, volostlar, muassasa korxona va tashkilotlarning tarixiy faoliyatiga doir barcha hujjatlar ushbu markaziy arxivda mujassamlashgan.
O‘zR MDA hujjatlarida Turkiston chor hukumatining olib borgan mustamlakachilik siyosati, rus xalqi bilan O‘rta Osiyo, shu jumladan o‘zbek xalqining madaniy aloqalari xususida ma’lumotlar saqlanadi. Shuningdek, sovet davri siyosati to‘g‘risidagi boy materiallar O‘rta Osiyo xalqlari tarixini har tomonlama chuqur o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Arxivda Turkiston o‘lkasidagi chor hukumatining ma’muriy tashkilotlari faoliyatlariga oid bo‘lib, unda mahalliy aholining ayanchli ahvoli, chorizmning shavqatsiz zulmi, chorizm amaldorlarining hatti- harakatlari va ularga qarshi xalqning kurashi o‘z aksini topgan.
O‘rta Osiyo xonliklari, bekliklari, diniy boshqarmalari faoliyatiga doir hujjatlarning aksariyati yaxshi saqlanmagan. Ayrim jarayonlar xususidagi tarixiy hujjatlar esa, harbiy to‘qnashuvlar davomida yo‘q qilib yuborilgan. Akademik V.V. Bartoldning so‘zlariga qaraganda, bosib olgan joylardan xonliklarning kutubxonalari va arxiv hujjatlarini saqlab qolish uchun hech qanday chora-tadbir ko‘rilmagan, umuman ular O‘rta Osiyo xonliklarining madaniyati va tarixiy yodgorliklarini saqlab qolishga ahamiyat bermaganlar.

11.3. Turkistonda 1917 yilgacha arxiv ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yish borasida bir qator ishlar amalga oshirilgan. Undan keyin saqlanib qolgan hujjat esa O‘zbekiston Markaziy Davlat arxivining maxsus bo‘limlarida talab darajasida saqlanmagan. 1917 yilgi oktabr voqealariga qadar hujjatlar har bir idora va tashkilotlarining o‘zida saqlangan. Arxivlar tarqoq holda bo‘lib, hujjatlar bir joyda yig‘ilmagan va markazlashmagan edi. Oktabr to‘ntarishidan keyin Turkiston RSFSR tarkibida avtanom respublika sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Rossiya hukumati chiqargan qonunlar Turkiston uchun ham tegishli edi. Shuni aytish kerakki, RSFSR hukumati 1918 yil 1 iyunda “Arxiv ishini qayta ko‘rish va markazlashtirish to‘g‘risida” dekret qabul qilindi. Bu dekretda asosan barcha tarqoq arxivlar markazlashtirildi.
1924 yil 28 deqabrda maxsus qaror bilan O‘zRMIK huzurida arxiv ishlari markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. O‘zbekiston hududida tashkil qilingan barcha arxivlar, masalan, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa viloyatlarida vujudga kelgan arxiv jamg‘armalari O‘zR arxiv ishlari markaziy boshqarmasiga topshirildi.
Shuningdek, O‘rta Osiyoda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lan arxiv jamg‘armalari ham Markaziy Arxivi tuzilmaganligi uchun O‘zbekiston arxiv boshqarmasiga topshirildi. Shunday qilib, O‘zR arxivida faqat respublika tarixiga oid hujjatlar emas, balki butun O‘rta Osiyo tarixiga doir materiallar saqlana boshladi.
1925 yil 22 iyun qarori bilan “O‘zR arxiv ishlari markaziy boshqarmasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu nizomga ko‘ra respublika yagona davlat arxiv jamg‘armasi tashkil qilindi. Bu jamg‘armaga hukumat, savdo, sanoat, kooperativ, kasaba uyushmasi tashkilotlar, arxivlar, shuningdek, diniy va shaxsiy arxivlar kiritiladi, deb ko‘rsatildi.
Bu davrga kelib O‘zbekistonda ham viloyat arxiv byurolari tashkil etildi. 1925 yilda Farg‘ona, Samarqand, Toshkent, Zarafshon viloyat byurolari, 1926 yilda esa Xorazm, Qashqadaryo, Surxodaryo viloyatlari arxiv byurolari tashkil etildi.
Arxiv hujjatlarini Markaziy arxivga yig‘ish ishlari keyingi yillarda ham davom etdi. 1925-1929 yillarda 134 arxiv jamg‘armasi qabul qilindi. 1929 yili Markaziy arxivda 873 ta arxiv jamg‘armasi va 764 ming hujjat jamlangan edi. Viloyatlar arxivlarida 924 arxiv jamg‘armasi va 994 ming hujjat saqlanardi. Arxiv xodimlari kam bo‘lganligi uchun davlat arxivlaridagi hujjatlarning yarmidan ko‘pi tartibga solib, ro‘yxat tuzib, ularni davlat arxivlariga (markaziy va viloyat arxivlariga) topshirishi talabi qo‘yildi.
1930 yil 9 aprelda O‘zR arxiv ishlari boshqarmasi O‘zR markaziy arxiv boshqarmasi, deb o‘zgartirildi. Arxivlarning ko‘payib borishi bilan, 1929 yil aprelda davlat arxivi materiallari inqilobgacha va sovet davri hamda ahamiyati bo‘yicha markaziy va mahalliy arxiv jamg‘armalariga bo‘lindi.
O‘zbekiston tarkibida Qoraqalpog‘iston Avtonom Respublikasining tashkil bo‘lishi munosabati bilan 1934 yil 11 martda u erda Markaziy arxiv boshqarmasi tuzildi. 1935 yil mahalliy arxivlar tarixida katta voqea sodir bo‘ldi. Shu yili barcha tumanlarda davlat arxivlarini tuzish tavsiya qilindi. O‘zR MIKning 1935 yil 21 deqabr qaroriga binoan respublikaning barcha shahar va tumanlarida davlat arxivlari tashkil qilindi. 1936 yili respublikada 31 ta tuman va shahar davlat arxivlari tuzildi. Shunday qilib, 1925-1940 yillarda arxiv tashkilotlari tashkiliy jihatdan ancha mustahkamlandi.
Davlat arxivlari tuzimi vujudga kelib, markaziy, viloyat, tuman davlat arxivlari tashkil qilindi. 1930 -yillarda ko‘plab yangi hujjatlar davlat arxivlariga yig‘ildi va tartibga solindi. Bu hujjatlardan ilmiy tadqiqot ishlarida keng foydalaniladi.
11.4.Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Bosh Arxiv boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi huzurida arxiv bo‘limi, shuningdek, viloyat hokimligi huzurlarida 11 ta arxiv bo‘limi bor.
Respublika ahamiyatiga ega 3 ta markaziy davlat arxivi, Qoraqalpog‘iston Respublikasida MDA, 11 ta viloyat arxivi va ularning 40 dan ortiq filiallari mavjud. Shunday qilib, Respublikada arxiv tashkilotlarining tartibli tizimi amal qilmoqda. Bu tizim ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega barcha hujjatlarni ehtiyot qilib saqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish imkoniyatiga ega.
Arxiv hujjatlari qimmatini ekspertiza qilish va davlat arxivlariga hujjatlar qabul qilish va hisobga olish ular hayotida muhim o‘rin tutadi.
Hujjatlarni ekspertiza qilishdan maqsad ularni saqlash muddatini aniqlash va davlat arxivida saqlash uchun tanlab olishdir. Davlat arxivlarida saqlash uchun ilmiy, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan va kelajakda tarixchilar tomonidan tarixiy asarlar yozish uchun foydalaniladigan hujjatlar tanlab olinadi. Xo‘jalik idoralarining amaliy kundalik ishi uchun vaqtincha, masalan, 1-1.5 yil kerak bo‘ladigan hujjatlar muddati tugandan keyin yo‘q qilinadi. Hujjatlar ekspertizasini o‘tkazish, ya’ni ilm – fan uchun kerakli yoki keraksiz xujjatlarga ajratishda birinchidan ular mazmuni ahamiyati hisobga olinadi.
Arxiv jamg‘armasini tashkil qilgan idoraning ahamiyati ham ekspertiza o‘tkazishda muhimdir. Masalan, Madaniyat ishlari vazirligi yoki pochta bo‘limi va ularning faoliyati natijasida vujudga keladigan hujjatlar ahamiyati, o‘z-o‘zidan ma’lumki bir xil emas. Arxiv jamg‘armasi hujjatlarining qanday darajada saqlanganligi, jamg‘armada hamma kerakli hujjatlar to‘la saqlanmagan bo‘lsa, yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan, ikkinchi darajali hujjatlar ham arxivda saqlash uchun qoldiriladi. Masalan, idoraning yillik rejasi, hisoboti yo‘q bo‘lsa, choraklik yoki oylik reja, hisobotlar ularning o‘rniga qoldiriladi.
Hujjatlarning ahvoli ham hisobga olinadi. Yomon saqlash yoki tabiiy ofat natijasida hujjatlarning o‘qib bo‘lmaydigan darajaga kelib qolganligi, qog‘ozning chirib siyohlarning o‘chib ketganligi va boshqa hollarda ikkinchi darajali hujjatlarni yo‘q qilmay saqlab qolish talab qilinadi.
Hujjatlarning yozilgan materiali, tili va badiiy xususiyatlari, hujjatlarning mazmuni ikkinchi darajali, saqlashga arzimas bo‘lsa ham lekin qimmatli rasmlar chizilgan bo‘lsa, yoki qog‘ozga emas, teriga yozilgan qadimgi hujjat bo‘lsa, arxivda saqlash uchun qoldirish kerak bo‘ladi.
Hozirgi paytda arxivshunoslikning asosiy maqsad va vazifasi tarixchilarni va tarix bilan qiziquvchilarni arxiv muassalari bilan ishlashga, arxiv hujjatlarini qidirib topish metodikasi bilan tanishtirish hamda ulardan ilmiy-tadqiqot yohud targ‘ibot – tashviqot va amaliy ishlarda foydalanishni o‘rgatishdan iborat.
Hujjatlarning paydo bo‘lish vaqti, joyi va voqeaning ahamiyati ham muhim o‘rin tutadi. Masalan Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklari tarixiga oid ho‘jalik hujjatlari va ularning vujudga kelish vaqti, o‘rta asrlarga oidligi hisobga olinib, arxivda saqlashga qoldiriladi.
Keyingi davrda vujudga kelish vaqti, o‘rta asrlarga oidligi hisobga olinib, arxivda saqlashga qoldiriladi. Keyingi davrda vujudga kelgan xuddi shunday xujjatlar ikkinchi darajali sifatida yo‘q qilinadi.
Hujjatning qaysi muallifga tegishli ekanligi, buyuk shaxslarga tegishli xususiyatlar, masalan, A. Temur, Ulug‘bek, Navoiy yoki qatog‘onlik davri yozuvchilaridan A. Fitrat, A.Qodiriy va boshqalarga tegishli har qanday hujjatlarning ikkinchi darajalari ham arxivda saqlash uchun ajratiladi.
Ma’lumotning takrorlanishi. Qaror buyruq, hisobot, ko‘rsatma va boshqa hujjtalar bir necha idoralarda takrorlanadi. Bunday holda shu hujjat tayyorlangan idora hujjati qoldirilib, boshqa idoralardagi xuddi shunday hujjat takrorlanayotganligi uchun yo‘q qilinishi mumkin. Qaror, buyruq va boshqa hujjat bir arxiv jamg‘armasida asl nusxa va bir necha ko‘chirma holida takrorlansa, asl nusxa tanlab olinadi, qolganlari yo‘q qilinadi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston respublikasida juda ko‘p arxivlar mavjud bo‘lib, ularni shartli ravishda 2 guruhga bo‘lish mumkin: muassasa arxivlari va davlat arxivlari. Respublikamiz hududida faoliyat kursatayotgan markaziy va mahalliy boshqaruv organlari (vazirliklar, xokimiyatlar va boshkalar) turli tashkilotlar, korxona va jamoat tashkilotlari xaqida joriy arxivlar mavjud. Bunday arxivlar muassasa arxivlari deb ataladi. Muassasa arxivlarida hujjatlar ma’lum muddat saqlanadi. Shu boisdan bu arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarning tarkibi o‘zgarib turadi. Belgilangan muddatdan so‘ng muassasa arxivlaridagi hujjatlar davlat arxivlari fondlariga topshiriladi. Muassasa arxivlarining faoliyati, bu arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarning davlat arxivlariga topshirish tartibi tegishli nizomlar asosida amalga oshiriladi. Muassasa arxivlarida hujjatlar turli muddatlar davomida saqlanadi.
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda arxiv ishini tartibga solish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyunda imzolangan “Arxiv ishi to‘g‘risida” gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 9qarori va arxivlashtirish faoliyatini tartibga soluvchi boshqa bir qator hujjatlar asosida idoraviy arxivlar ishi meyorlashtirib borilmoqda. Arxiv hujjatlarini jamlash, sifatli hamda talab darajasida saqlash, saqlovdagi hujjatlar hisobini yangi texnologiyalar asosida olib borish, ijtimoiy va huquqiy toifadagi so‘rovlar yuzasidan idoralar hamda fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish izchil ta’minlanmoqda. Mamlakatimizda 103 davlat arxivi, mahalliy hokimliklar huzurida 110 idoralararo arxivlar hamda 9 mingdan ziyod idoraviy arxiv faoliyat yuritmoqda. Ularda saqlanayotgan milliy arxiv fondi hujjatlari 8,6 million saqlov birligiga, idoraviy arxivlarda 1,2 million birlikka etdi.
Sohada qadrlar tayyorlashga doimiy e’tibor berib kelinadi. Jumladan, arxiv muassasalari, arxiv ishi va ish yuritish yo‘nalishida qadrlar tayyorlaydigan o‘rta maxsus ma’lumotberuvchi muassasalar hamda 4 ta oliy o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda istiqlol yillarida sohada erishilgan yutuqlar, jumladan, arxivlar yangi bino va qo‘shimcha inshootlar bilan ta’minlangani, ularda xodimlar hamda foydalanuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratilayotgani alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda mustaqllik yillarida arxivlar faoliyati rivojlanishida yangi bosqichlar va yangi ustivor vazifalar belgilanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan arxivlar faoliyatini doimiy tarzda rivojlantirib borishda turli tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Milliy arxiv fondi davlat va nodavlat qismlardan tarkib topgan bo‘lib, unga kiritilgan hujjatlar mamlakatimiz madaniy merosining ajralmas bo‘lagi sanaladi va ularni saqlash muddati cheklanmagan. Nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek, jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlari fondning nodavlat qismini tashkil etadi. Arxiv ishlari to‘g‘risidagi qabul qilingan yangi tahrirdagi qonunning maqsadi arxiv ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan taqdirda ularning arxiv hujjatlari, shu jumladan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar davlat mulki bo‘lib qolishi hamda belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshirilishi ko‘rsatib o‘tilgan
O‘zbekiston Milliy Universitetida bugungi kunda arxiv muassasalari uchun qadrlar tayyorlash borasida yo‘nalishlar faoliyat olib bormoqda. Jumladan universitetda Manbashunoslik va arxivshunoslik kafedrasi universitetning tarix fakulteti tarkibida 1991 yili tashkil topgan. 2003 yil iyul oyidan Manbashunoslik va maxsus tarixiy fanlar kafedrasi qoshida Arxivshunoslik bakalavr ta’lim yo‘nalishi ochildi. 2007 yil iyunda arxivshunoslik bakalavr yo‘nalishi bazasi asosida Tarix-arxivshunoslik, Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti, Arxeografiya mutaxassislari buyicha magistratura mutaxassisliklari ochildi. 2011 yil iyun oyida universitetda 5320300 Arxivshunoslik bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A320301 Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti magistratura mutaxassisliklari qayta tashkil etildi. Jumladan Surxondaryo viloyati Arxivi bo‘limi, 2019 yilda zamonaviy tarzda qurilgan va jihozlangan 7-qavatdan iborat binoga ko‘chirilishi bu arxiv ishlariga bo‘layotgan e’tibordan dalolat beradi. Bugungi kunda arxiv ishlarini yanada rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi «O‘zarxiv» agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida» 2019 yil 20 sentabrdagi PQ-4463-son qarorlari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.



Download 378.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling