9-mavzu Suv oqimli nasos qurilmalari. Reja


Download 323.71 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.02.2023
Hajmi323.71 Kb.
#1149245
Bog'liq
9-maruza



9-mavzu Suv oqimli nasos qurilmalari.
Reja. 
1. 
Suv oqimli nasoslarning tuzilishi va ishlash prinsipi. 
2. 
Ularning ishlatilish sohalari. 
3. 
Suv oqimli nasoslarning kamchiliklariga 
Tayanch iboralar; diffuzor, soplo, ish suyuqligi, bosimli quvur, artezian
Transmissiya. 
Oqimli suv chiqargichlar tashqaridan keltirilgan (yordamchi) ish 
suyuqligining energiyasi hisobiga harakatga keltiriladi. Bu suyuqlik nasos bilan 
uzatilayotgan suyuqlik orqali o‘tib, u bilan aralashadi va energiyaning bir qismini 
unga berib, ketidan ilashtiradi. Ish suyuqligi tomchisimon (masalan, suv) va 
gazsimon (bug‘) bo‘lishi mumkin. 
9.1-rasmda VN-2-8 markali suv oqimli nasos o‘rnatilgan suv chiqarish 
qurilmasi ko‘rsatilgan. 2K-6 markali markazdan qochma nasosli bu kurilmaning 
uzatishi 1—4,5 l/sek (chuqurligi H, 28—8 m bo‘lganda). Quduq ostidagi erkin 
bosim-o‘rtacha 20 m. 


9.1-rasm. VN-2-8 suv oqimli nasosi bo‘lgan suv chiqarish qurilmasi 
a) suv oqimli nasos; b) umumiy qo‘rinishi; 1- dvigatel; 2- nasos; 3- zadvijka; 4 va 
5 – quvurlar; 6 – suv oqimli nasos; 7 – korpus; 8 – soplo; 9 - aralashtirgich; 10- 
diffuzor; 11 – to‘r 
VN-2-8 markali suv oqimli nasosning ishlashini ko‘rib chiqamiz (9.1-rasm). 
Ish suvi bosim ostida truba 4 buyicha soplo 8 ga keltiriladi, unda tezligi oshib, 
silindrik uchastka — aralashtirgich 9 ga o‘tadi. Bu yerda suvning 
siyraklanishidan hosil bo‘lgan kuch ta’sirida suv quduqdan so‘riladi va ish 
suyuqligi bilan birga ko‘tariladi. Shundan keyin aralashma oqimi nasosning keng 
uchastkasi — diffuzor 10 ga o‘tadi, bu yerda (tezlik pasayishi tufayli) bosim 
ko‘tariladi, bu bosim ta’sirida aralashma truba orkali nasos ga va undan keyin 
bosim trubasi bo‘yicha zadvijka 3 orqali iste’molchiga o‘tadi. 
MDXida suv oqimli VN-2-8 nasoslaridan tashqari, quduq va zovurlardan 
suv chiqarish uchun boshqa konstruksiyadagi nasoslar ham ishlab chiqarilgan. 
Suv oqimli nasoslar tuzilishi va ularga xizmat ko‘rsatishning oddiyligi bilan 
ajralib turadi, chunki uning ishqalanuvchi qismlari va klapanlari yo‘q. Bunday 
nasoslarga iflos suvlar ta’sir etmaydi, shu sababdan ular ko‘pincha pulpa, ko‘mir 
shlami, toshqin va ko‘lmak kanalizatsiya suvlarini haydab chiqarishda
ishlatiladi. 
Suv oqimli nasoslarning kamchiliklariga FIKining pastligi (ko‘pi bilan 31—
35%) va rezerv suv sig‘imini nasosga quyish uchun isitish kerakligi kiradi. 
Amalda qishloqni suv bilan ta’minlashda suv oqimli nasoslar, odatda, 
markazdan qochma nasoslar bilan birga foydalaniladi (12,1-rasm). Bunday 
qurilmalarning afzalligi shundaki, unda quduq ichida aylanadigan detallar 
bo‘lmaydi, markazdan qochma nasos va elektrdvigatel yer ustiga, kuzatish uchun 
kulay joyga joylashtiriladi.
Nazorat savollari 
1. VN-2-8 markali suv oqimli nasosning ishlsh prinsipi 
2. Suv oqimli nasoslarning FIK ti 
3. Suv oqimli nasoslar xizmat ko’rsatish 

Download 323.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling