9-Mavzu: Tafakkur va nutqning psixologik tasnifi. Reja: Tafakkur haqida umumiy tushuncha. Tafakkurning mantiqiy shakllari va turlari


Download 105.5 Kb.
bet3/5
Sana16.04.2023
Hajmi105.5 Kb.
#1359356
1   2   3   4   5
Bog'liq
9 -Mavzu Tafakkur va nutqning psixologik talqini

Abstraksiya jarayonida obvektdan ajratib olingan belgi, alomatning о‘zi tafakkurning mustaqil obyekti bo'lib qoladi. Abstraksiya operatsiyasi tahlil natijasida vujudga keladi". Masalan, sinf devorini tahlil qilish jarayonida uning faqat bir belgisini, ya’ni oqligini ajratib olish mumkin va oq devor to'g'risida emas, balki devorning oqligi to‘g‘risida, keyin esa umuman oqlik haqida fikr yuritish mumkin. Kishilar quyosh, oy, yulduz, elektr, olov, ba’zi planetalar, ayrim tosh va hokazolarning ko‘z o‘ngilarida yoritishni kuzata turib ularning bitta umumiy belgisini, ya’ni yoritishni fikran ajratib olib, umuman yoritish to‘g‘risida mulohaza yuritadi. Buyumlarni narsa va hodisalarni jism va predmetlarni bir-biri bilan taqqoslash paytida ham abstraksiyalash jarayoni yuzaga keladi. Bunda narsa va hodisalarning mavjud belgilariga, masalan, tusiga, shakliga, tezligiga, og‘irligiga, qiymatiga va shu kabi o‘xshash sifatlarga qarab taqqoslanadi.
Abstraksiya operatsiyasi bilan insonni qurollantirish intellektual jihatdan intensiv rivojlanishiga olib keladi, shuningdek, mustaqil bilim olish faoliyatini takomillashtiradi.Odam o‘zi idrok qilayotgan narsalar to‘g‘risida fikr qiladi.Shuning uchun tushunchalar narsalam ing butun bir sinfi, turkumi to‘g‘risida o‘ylaydi, ya’ni bular tafakkumning obyekti bo’ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo‘lishi mumkin emas. Psixologiyada umumlash-tirishning keng qo‘llanila-digan ikki turi:tushunchali umumlashtirish va hissiy-konkret umumlashtirish yuzasidan ko‘proq fikr yuritiladi.Tushunchali umumlashtirishda predmetlar obyektiv muhim belgi asosida umumlashtiriladi.Hissiy-konkret umumlash-tirishda esa predmetlar topshiriq talabiga binoan tashqi belgi bilan umumlashtiriladi. Umumlashtirish, abstraksiyalash operatsiyasidan ajralgan holda sodir bo‘lmaydi, har qanday umumlashtirish asosida abstraksiyalash jarayoni yotadi. Umumlashtirish jarayoni abstraksiyasiz mavjud bo’lishi mumkin, lekin abstraksiyasiz umumlash-tirishning yuzaga kelishi mumkin emas.Agar abstraksiyalash faoliyatida narsa va hodisalarning o‘xshash hamda muhim belgilari tasodif belgilardan fikran ajratib olinsa, umumlashtirishda esa ajratib olingan o‘xshash, umumiy va muhim belgilarga suyangan holda narsa va hodisalar birlashtiriladi. Umumlashtirish jarayoni so‘z ta’sirida vujudga kelgan ikkinchi signallar tizimiga asoslanadi.
Tafakkurni tadqiq etishda geshtaltpsixologiya oqimi namoyandalari tomonidan amalga oshirilgan izlanish natijalari to hozirgacha o‘z qiymatini saqlab kelmoqda.Geshtaltpsixolo-giya vakillarining mulohazasicha, har bir ruhiy hodisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va unsurlarning yig‘indisini birgalikda aks ettirishdan, ko‘lam jihatidan keng, mazmun jihatidan rang-barangdir. Bu yo‘nalishning markaziy nazariyasi har qanday psixologik jarayonlarning bosh mohiyati ularning sezgilarga o‘xshash alohida unsurlarga emas, balki konfiguratsiya, shakl yoki geshtaltlarning yaxlit yaratilishidan iboratligi.Ushbu yondashuv tafakkurni tadqiq etishda xilma-xillikni vujudga keltiradi, uning yangi qirralarini ochishga xizmat qiladi.

Download 105.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling